UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Nikola Tesla, fizika fanlari doktori va xozirda uyimizda elektr toki bo`lishining asosiy sababchisi. Uning ko`pchilik tajriba va ixtirolari xozirgi vaqtga kelib yo`q bo`lib ketgan. Qolgan narsa faqat elektr toki va uni keng ko`lamda tarqatish usuli :). Lekin uning eng zo`r ixtirolari o`zi bilan birga ko`milik ketgan degan fikrlar ham yo`q emas. Keling shularni ko`rib chiqamiz:
1. Elektr tokini simsiz uzatish. Bundan 120 yil muqaddam 1893 yilda Chikagodagi ko`rgazmada Tesla elektromagnit induksiya orqali elektr tokini simsiz uzatish usulini namoyish etdi. Bu ixtiro kelajak uchun qanchalik muhim ekanligini ta`kidlab o`tishiga qaramay unga ko`pchilik e`tibor bermadi. Xozir esa Intel va Sony kompaniyalari simsiz telefon batareyasini quvvatlash haqida bosh qotirishmoqda
2. Rentgen. Xa azizlar bu ixtiro Vilgelm Rentgen ga tegishli dersiz lekin unday emas. 1880 yilda Tesla Rengenni ixtiro qiladi va ommaga havola etadi. Ushbu qurilma insonni ichini yormasdan turib uning ichki ko`rinishini tasvirga olar edi. Afsuski buning inson to`qimalariga zarari borligini eshitgan odamlar ixtiroga nafrat bilan qaray boshladilar. 8 yildan so`ng ixtiro Vilgelm Rentgen qo`lida qayta tirildi
3. O`lim nuri. Tesla o`z ixtirolari orasida harbiy yo`nalishda xam katta surilish amalga oshirgan. Uning yangi mashinasiz barcha nur parchalarni bir yerga yeg`ib uning ma`lum bir ko`rsatgichga yuborish edi. Shu yo`l orqali dushmanlarning samolyotlarini yer tishlatish mumkin edi. Lekin ixtiro qayerga ketgan hech kim bilmaydi
4. Robotexnika. Ma`ruzalarning birida Tesla "Kelajakda hamma ishni robotlar amalga oshiradi" deya bashorat qilgan. O`zi esa usha davrda radioboshqaruvli kater ixtiro qilgan. Bu robotexnikaga qo`yilgan birinchi qadam edi
5. ZilZila mashinasi. 1898-yilda Tesla Zilzila hosil qila oladigan mashina yaratadi. Ushbu mashina to`lqinlarni kuchaytira oladigan qobiliyatga ega bo`lib, uning kuchi bilan katta binoni yo`q qilib yuborish mumkin edi. Mashinani og`irligi 1 kg. Uni tekshirganda xaqiqatdan xam ish berib zilzila bo`ladi. Buni bilgan Tesla "Agar bu boshqalarni qo`liga tushsa oqibati yomon bo`ladi" deya bolg`acha bilan qurolni mayda bo`laklarga bo`lib tashlaydi va yordamchilariga "Odamlarga zilzila tabiiy ravishda bo`ldi deb ayting" deya buyruq beradi.
Maqola nomi : Nikola Teslaning g`aroyib ixtorolari
Vaqti : 06.04.2014|23:12
Ko'rilgan : 5486
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 958/555
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :49 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика