UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kitob o`qish inson organizmi uchun judayam foydali va bu foydalarni sanog`iga yetib bo`lmaydi. Lekin bulardan eng keraklilari va kitob o`qishning ijobiy ahamiyatlari quyida keltirilgan:
1. Fikrlashni kuchaytiradi
Kitob o`qishning eng asosiy foydasi bu fikrlashni kuchaytirishida. Biz kitobni o`qiganda uning mohiyatini tushunish uchun fikrlaymiz, o`ylaymiz va ba`zida taxmin qilamiz(detektiv kitoblarda). Shu orqali zehnimiz o`tkirlashaveradi.
2. Stressni tushiradi.
Stress xozirga kelib eng katta muammolardan biri bo`lib qolmoqda. Fantastik kitob o`qish stressni oldini oladi. Qanday qilib deysizmi ? Fantastik kitobni mutolaa qilish vaqtida sizning hayolingiz bu dunyodan chiqib kitobdagi dunyoga moslashadi, tabiiyki kitobda sizning muammolaringiz bo`lmaydi va siz huddi yangi hayot kechirayotgandek bo`lasiz.
3. So`z boyligini orttiradi.
Albatta kitobdagi siz uchun notanish bo`lgan har bir so`z keyinchalik oz miqdorda bo`lsa ham hotirangizda saqlab qolinadi. Siz bilgan so`zlarni sinonimi esa kelajakda o`z gaplaringizni yanada go`zallashtirishga yordam beradi
4. Uyquni muvozanatga keltiradi.
Agar siz uxlashdan oldin doim kitob o`qib tursangiz, kitob o`qish miyya uchun maxsus "uyqu" uchun signaldek bo`ladi. Kitob mutolaasi davomida miyya sekin asta uyquga tayyorlanadi va siz oldingiga nisbatan tinch uyquda bo`lasiz.
5. Miyya faoliyatini yaxshilaydi va tasavvurni boyitadi.
Kitob o`qiyotgan vaqtda har xil buyum yoki personajlarni siz tasavvuringiz orqali ko`ra olasiz. Kitobdagi voqealar esa ko`z oldingizda huddi kinodek o`tib boradi. Bu esa miyya uchun eng yaxshi mashq. Kitob o`qish orqali dunyoqarash va tasavvuringiz boyib boradi.
Yaxshi kitob doimo foyda bo`lgan. O`qing, izlaning, ishga kirishing.
Maqola nomi : Kitob o`qishning foydalari
Vaqti : 06.04.2014|20:32
Ko'rilgan : 5361
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 654/570
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :34 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика