UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ertaga yo'lga chiqamiz.
Munisa dastlabki kunlarda juda suyunayotgan edi. Lekin kechadan beri unda allaqanday ma'yuslik ko'rina boshladi.
Goho ko'zlarini uzoq-uzoqlarga tikib olib o'ylar, so'ragan narsalarimga parishonxotirlik bilan javob berar edi.
- Munisa, men bilan ketging kelmasa, mayli, tashlab ketay, - degan edim, u apil-tapil:
- Xudo ko'rsatmasin, opajonim, o'zimni quduqqa tashlayman-a! - dedi.
- Aka-ukalaringdan ajralishingga xafamasmisan?
- Xafa emasman, opajonim.
- Bo'lmasa otangni ko'rging kelayotgandir-da?
- Otamga achinaman, lekin unchalik yaxshi ko'rmayman uni, opajon.
- Juda soz, unday bo'lsa darding nimada?
Ko'zlarini yerga tikib olib indamay o'tiradi, qattiqroq talab qilsam bo'ynimga osilib olib, yolg'ondakam kula boshlaydi. Lekin men bu soxta xushchaqchaqlikka ishonmayman. Munisaning haqiqiy suyunchini bilmaymanmi? Men uning tiniq ko'zlarida hammavaqt bir qayg'u, mung borligini ko'rib yurardim. Aytgin, deb har qancha qistasam ham harakatlarim behuda ketardi.
Bugun yuz bergan bir hodisa bu qizchaning qalbida yashirinib yotgan dardni menga ayon qilib qo'ydi. Kechqurun Munisa anchagacha yo'q bo'lib ketdi. Holbuki, o'sha dam o'ziga muhtojligimni bilardi - yo'l taraddudi uchun menga qarashishi kerak edi.
Bir necha marta chaqirdim. Javob bo'lmadi. Albatta bog'chada bo'lsa kerak edi. Derazani ochib: «Munisa! Munisa!» - deb chaqirdim.
Ingichka tovushi bilan uzoqdan, Zayni ota sag'anasi yonidan: «Afandim, hozir boraman», - deb javob berdi.
Oldimga kelganda, u yerda yolg'iz nima qilib yurganligini so'radim. Javobida shoshar, bema'ni bahonalar bilan meni aldashga tirishar edi.
Yuziga diqqat qilib qaradim. Ko'zlari qip-qizil. Xiyol so'liqqan betlarida yangi qurigan ko'z yoshlarining izlari bor. Birdan vahm bosdi meni. U yerda nima qilganini, nega yig'laganii ayttirish uchun qattiq qistovga oldim. Bilakchalari qo'llarimda, yuzini yashirish uchun boshini solintirgan, lablarida yengil bir titroq bilan sukut qilib turardi.
Men uni har nima qilib bo'lsa ham gapirtirishga qaror qilgan edim. Agar haqiqatni mendan yashiradigan bo'lsa, uni bu yerga tashlab ketishimni aytdim. Ana shundan keyin chidayolmadi. Katta bir gunohni bo'niga olayotganday, boshini solintirib, uyala-uyala gapira boshladi:
- Oyim meni ko'rgani kelibdi. Ketishimni eshitibdi-da... Achchig'ing kelmasin, opajon.
Bu kattakon gunohni aytib turganda butun vujudi titrar, ko'zlari yoshga to'lib borar edi.
Tushundim. Kichik, mitta ko'nglining alamini mendan umid etishi mumkin bo'lgan darajadan ortiqroq tushundim.
Yuziga tushgan sochlarini tuzatdim, yonoqlarini sekin-sekin silab turib, yumshoq, bosiq tovush bilan:
- Buning uchun nega qo'rqasan, nega yig'laysan? Oying-ku, albatta, ko'rasan-da, - dedim.
Bechora hanuz ishonmas, qo'rqa-pisa tikkan ko'zlarini mendan ololmasdi. Hamma nafrat, la'nat bilan qaraydigan u xotinni yaxshi ko'rmaganligiga meni ishontirish uchun bolalarcha sabablar qidirar edi. Lekin oyisini shu qadar yaxshi ko'rar, shu qadar jondan sevardiki...
- Bolam, onangni yaxshi ko'rmaydigan bo'lsang, men seni juda yomon ayb qilaman, - dedim. - Onani ham yaxshi ko'rmagan bormi? Yugur, chop, chaqirib kel. «Opam seni albatta ko'rishim kerak, deyapti» degin. Men sag'ananing oldiga boraman.
Munisa tizzamga yopishib etaklarimni o'pdi, keyin yugurganicha bog'chaga chiqib ketdi. Bu ishim juda yomon ehtiyotsizlik edi, bilaman. Agar shu xotin bilan gaplashganimni ko'rib qolishsa, yomon gaplar tarqaladi, balki otimni bu yerda la'nat bilan tilga olishadigan bo'ladi. Mayli, nima bo'lsa bo'ldi!
Sag'ananing pastida, daraxt butalari orasida ularni anchagina kutdim. Mushtipar xotin uzoq ketib qolgan ekan. Munisa uni yo'ldan qaytarib kelish uchun qamishzorning orqasiga o'tib ketgan bo'lsa kerak.
Nihoyat, ko'rinishdi. Ona-bolaning yonma-yon kelishi shu qadar g'amgin, shu qadar hazin bir manzara kasb etgandiki... Bir-birlaridan tortinayotganday, uyalayotganday ayri-ayri yurib kelishar, botqoqlarga botib qolishayotganday jo'rttaga sustkashlik qilishardi. Bu xotinga muhabbat, shafqat to'la narsalar aytishga tayyorlangan edim. Lekin, negadir uchrashganimizdan keyin bir-birimizga aytadigan so'z topolmay qoldik.
Uzun bo'yli, nozikdan kelgan bir juvon ekan. Orqasidan yamoq tushgan eski chodra, yuz pardasi o'rnida binafsharang harir durra, oyoqlarida tovonlari tushgan, mayishgan, yirtiq-yamoq kavush. Birovdan qo'rqayotganday qaltirayotganini sezib turibman. Iloji boricha vazmin, bosiq ko'rinishga tirishib:
- Yuzingizni ochsangiz, - dedim.
Bir oz ikkilanib turgandan so'ng yuz pardasin ko'tardi. Nihoyatda tozaligi ochiq-oshkor ko'rinib turardi. Juda borsa o'ttiz-o'ttiz besh yoshlarda. Lekin sarg'imtir chehrasi shu qadar horg'in, tolg'in ko'rinardiki...
Bunday xotinlarni men juda bo'yalib yurishadi, deb o'ylar edim. Holbuki, yuzida bo'yoqdan asar yo'q. Menga qattiq ta'sir qilgan narsa uning Munisaga juda ham o'xshashligi edi. Birdan Munisa o'sgan, shu yoshga kelib qolganday tuyulib ketdi... Keyin, keyin...
Bolani g'ayriixtiyoriy bir
Maqola nomi : Rashod Nuri Guntekin - Choliqushi (5-qism roman)
Vaqti : 09.11.2014|09:22
Ko'rilgan : 11517
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 326/330
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :35 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика