UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ikkinchi qism

#80FF80 (B..., 19... yil, sentabr) #def
#white - Kelgan kuningdan beri kechani kecha, kunduzni kunduz demay yozganing yozgan. Hech bitmaydigan nima yozuv bu? Xatmi desam, xat daftarga yozilmaydi. Kitobmi desam, bilamiz, kitobni soch-soqoli bor odamlar yozadi. Sen bo'lsang mushtumday bolasan. Mundog' gapirsang-chi, nima balo yozyapsan?
Menga bu savolni musofirxonaning qari xizmatkori Hoji xalfa berdi. U bir soatdan ortiqroq tashqarida o'zicha ashula aytib yurib pol artdi, endi charchab, men bilan picha valaqlashgani kirdi.
Hoji xalfaning avzoyini ko'rib o'zimni tutolmadim, xaxolab kulib yubordim.
- Bu qanaqa kepata, Hoji xalfa?
Hamma vaqt oq fartug' tutib yuradigan Hoji xalfa bugun eski zamon xotinlar kiyimini kiyib olib, yalang oyoqlari bilan polni ishqab tozalayotgan, yiqilib ketmaslik uchun qo'lida kattakon tayoq ushlab olgan edi.
- Na chora, xotin kishining ishini qilganingdan keyin xotincha kiyinishing kerak-da, - dedi.
Men ahyon-ahyonda gaplashib turadigan kasalmand qo'shnimdan tashqari, nomerimga kirib-chiqib yuradigan birdan-bir kishi Hoji xalfa edi. Dastlabki kunlarda tortinardi. Bir ish bilan nomerimga kiradigan bo'lsa, eshikni taqillatib: «Boshingni berkit, otin qizim, men kiryapman», - deyardi.
Men ham hazillashib:
- Kiravering, otajon, ishingiz bo'lgandan keyin kirasiz-da. Yo oramizda takallufga ehtiyoj bormi? - deyardim.
U tirish yuzini yana beshbattar tirishtirib:
- O', o', o', ish - sen bilganday oson emas, qizim. Islom «muhoddarotlari» yoniga bunday ochiq-sochiq kirib bo'lmaydi, - deb meni koyir edi.
«Muhoddarot» degani harholda xotin-xalaj bo'lsa kerak. Lekin muallimalik g'ururim ko'tarmagani uchun buni Hoji xalfadan so'ramas edim. Axiyri, hazil qila-qila, bu xil andishaning o'rinsiz ekanligini Hoji xalfaga tushuntirdim. Endi esiga kelsa, eshikni taqillatadiyu, tortinmasdan kirib kelaveradi.
Hoji xalfa kulgim hadeb tiyilavermaganiga avval qizishsa ham, keyin parvo qilmay qo'ydi.
- Jo'rttaga jahli chiqsin deb kulyapsan-da, foydasi yo'q, - dedi. Keyin ko'zlarida g'alati bir mung bilan ilova qildi:
- Qafasdagi qush singari nomeringda yolg'iz siqilib qolding, mayli, hazillash, kul, hechqisi yo'q. Do'stligimiz ortaversa, hali senga o'yinga ham tushib beraman, ko'ngling ochilsin deb, uqdingmi, afandim?..
Nimalar yozayotganimni Hoji xalfaga aytib bo'lmas edi.
- Xatim juda xunuk, mashq qilyapman, Hoji xalfa, - dedim. - Indinga ertalab dars boshlayman. Bolalar ayb qilib yurishmasin tag'in.
Hoji xalfa suratga tushayotgan odamday tayog'iga suyanib, ko'zlarida shirin bir tabassum bilan javob berdi:
- Aldaysan, bola! Hoji xalfa ilonning yog'ini yalagan, bilasanmi? Hali ular xushxat bo'ldi-yu, sen badxatmi? Ularning yozganlari ikki chaqaga arzimaydi. Bilamiz: chumolining oyog'iga o'xshatib egri-bugri qilib yozishadi, nima qilishsa o'shalar qilishadi. Biz mahkamalarda xo'p pishgan odammiz, ne-ne amaldorlarni ko'rganmiz, bildingmi? Bir darding bor sening, bor, ha! Ammo-lekin bilmay qolmasmiz. Ha, aytmoqchi, yozayotganingda barmoqlaringga siyoh tegmasin, shunga hazir bo'l, bo'lmasa bolalar oldida chindan ham uyatga qolasan. Ha, bo'pti, sen yozuvingni yoz, men ham chiqib polimni tozalay.
Hoji xalfani kuzatganimdan so'ng yana stol yoniga keldim. Lekin yozishga o'tirmadim. Cholning ba'zi so'zlari meni o'yga soldi.
Boyoqish to'g'ri gapiradi. Haqiqatan ham, men kap-katta odamman, indinga ertalab ish boshlaydigan muallimaman. Bunday bo'lgandan keyin o'zimda bolaligimdan hech bir iz, hech bir asar qoldirmaslikka tirishishim kerak. Hoji xalfa hali lablarimdagi siyohni aytgani yo'q, holbuki, bu siyoh, barmoqlarimdagi siyoh nimasi? Ha, daftarimni to'ldirib o'tirgan kechlarimda o'zimni maktabda ko'rishim, ortiq hech mahal ko'rmaydigan odamlarimning tevaragimda parvona bo'layotganday tuyulishi, ajabo, shu siyoh dog'lari sababidan emasmikan?
Hoji xalfaning «Qafasdagi qush singari nomeringda yolg'iz siqilib qolding» degan so'zlari miyamdan hech ketmaydi.
Qafaslarning hammasidan qutulgan shu bugungi kunimda birovning meni qafasdagi qushga o'xshatishi to'g'ri emas. Innaykeyin, qush so'zida eski «Choliqushi»niki singari singan qanoti, yumilgan tumshug'i bilan yiqilgan joyidan turish mayli ham bor. Hoji xalfa hadeb shu xilda gapiraversa, oramizning buzilib qolishidan qo'rqaman.
Endi daftarimni chala qoldirib ketmaslik uchun yana bir marta g'ayrat qilishim, orqada qolgan jirkanch dunyoga yana bir karra boqishim kerak.
O'sha oqshom begona xotindan biladiganimni bilib, hujramga qaytib kelayotuvdim, tashqarida xolamga duch kelib qoldim. O'zimni qorong'i bir burchakka olmoqchi bo'ldim. Lekin xolam meni ko'rib:
- Kim u? - deb so'radi. - Senmisan, Farida? Nega bekinyapsan?
Javob bermasdan oldida turar edim. Bir-birimizning yuzimizni ravshan ko'rolmasdik.
- Nega boqqa bormayapsan?
- ...
- Hech shumliging qolmas ekan-da!
Ko'rinmas bir qo'l bo'g'zimni qisar, nafasim bo'g'ilib borar edi.
- Xola, - dedim.
Xolam shu dam menga bir og'iz shirin so'z aytsa, sekingina yonog'imni
Maqola nomi : Rashod Nuri Guntekin - Choliqushi (3-qism roman)
Vaqti : 09.11.2014|09:21
Ko'rilgan : 11749
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 326/312
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :22 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика