UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Romanda “–“ belgisi bilan ajratib ko'rsatilgan so'zlar ma'nolari:

So'r (Soeur) - opa (fransuzcha). Bu yerda fransuz katolik tarbiyaxona murabbiyasi.
Diyorbakir - Turkiya shaharlaridan biri. Musul, Bag'dod va Karbalo - Iroq shaharlari; birinchi jahon urushigacha Iroq Usmonli imperiyasida edi.
Chorshaf - arab, turk, eron xotinlari yopinadigan chodira, paranjining bir xili.
Husayn pis, Husayn chirkin, edepsiz... oo - Husayn yomon, Husayn yaramas, adabsiz... oo.
Choliqushi - butazor qushi, chittak.
Ma soeur (fransuzcha) - mening opam, opa.
Hazrati Ayyub qudugl - Istambulda Muhammad payg'ambar sahobalaridan Abu Ayyub Ansoriy dafn etilgan mashhur qabriston.
Pardon (pardon) - kechirasiz (frantsuzcha).
Qyag'itxona - Istambul atrofidagi bir tuman va soy nomi.
Mersi (mersi) - rahmat (frantsuzcha).
Grand (grande) - katta (fransuzcha).
Suvenir (souvenir) - esdalik, hadya (fransuzcha).
Lamoure - sevgi. Souvenir d'amore - sevgi esdaligi.
Musyo Segen - Fransuz bolalar ertagi nazarda tutiladi.
Shamsiya - zontik.
Bonjur - salom (fransuzcha).
Xalfa - bu yerda shogird ma'nosida. Bundan tashqari, peshqadam oqsoch, xizmatkor ma'nolarida ham keladi. Erkak va ayollar ismiga qo'shib aytiladi.
Nozir - ministr.
Istido - ariza, iltimosnoma (arabcha).
Xojonim - muallima, ayol o'qituvchi.
Dorulmuallimot - xotin-qizlar bilim yurti.
«Dames de Sion» - 1843 yilda Alfons va Tador Ratistonlar tomonidan yahudiylarni katolikka aylantirish uchun tashkil qilingan qizlar diniy maktabi.
Rushdiya - Turkiyada to'rt sinfli boshlang'ich maktab.
Hamshira - opa yo singil (forscha).
Fondan - ichiga likyor joylangan shokoladli konfet.
Nagila - qalyon, chilimning bir turi.
Valiul-ne'mat - ne'matini beruvchi (arabcha).
Idodiya - Otaturk islohotigacha Turkiyada mavjud bo'lgan yuqori sinfli maktab.
Hurriyat - Bu yerda yosh turklarning 1908 yilgi revolyutsiyasi nazarda tutilayotgan bo'lsa kerak. Shu revolyutsiyada Turkiya konstitutsiyali monarxiya deb e'lon qilingan va 1876 yil dagi konstitutsiya qaytadan tiklangan edi.
Majidiya - yigirma qurushli tanga.
Rumeli - Usmonli Turkiyaning Yevropa qismi.
Samatiya - Istambul tumani.
Meret - lapashang, anqov (turkcha).
Abo - dag'al mato yoki kigizdan tikilgan uzun kiyim, chopon.
Fili Mahmud - mamont.
Oldi qisqa, orqasida uzun yirmoch etakli, smokingga o'xshash erkak pidjagi.
Per Loti - fransuz yozuvchisi; dez-an-shan-te (desenshantes) - umidi puchga chiqqanlar.
Toliba - o'quvchi qiz (arabcha).
Organ - cholg'u asbobi.
Jumba - qadimiy turk uylarida tashqariga chiqarib qilingan darcha. Ichkaridan turib qaragan kishi tashqaridan ko'rinmaydi.
Beyo'g'li - Istambulning bir rayoni.
Nishonli - unashilgan kishi.
Katta xalfa - xizmatkor xotinlar boshlig'i, oqsoch.
Qaymaqom - uezd, shaharcha boshlig'i.


Birinchi qism

To'rtinchi sinfda edim. Yoshim o'n ikkilarda bo'lishi kerak. Fransuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi. «Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Ko'raylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo'ladi», - degan edi u.
Hech esimdan chiqmaydi: sho'xligimdan, sergapligimdan bezor bo'lgan murabbiyalarim meni o'rtoqlarimdan ayirib, sinf burchagidagi bir kishilik kichkina partaga o'tqazib qo'yishgan edi.
Mudira aytgandek, men «dars paytida qo'shnilarimni gapga tutmaslikni, o'qituvchimizning so'zlarini odob bilan tinglashni o'rgangunimga qadar» u yerda surgun hayot kechirishga mahkum edim.
Bir yonimda kattakon yog'och ustun bor: nimaiki qilinsa pinagini buzmaydigan va ora-sira pakkimning uchi bilan u yer-bu yeriga ozor berganimda mardona chidab turadigan vazmin, uzun, gung qo'shni.
Narigi yonimda esa monastir tarbiyasiga mos salqin va g'amgin olaqorong'ilikni saqlash uchun yasab qo'yilganga o'xshagan, darpardalari hech mahal ochilmaydigan uzun deraza. Men soz narsa kashf qildim: ko'ksimni partaga suyab, iyagimni bir oz ko'tarsam, deraza darpardalari tirqishidan osmonning bir bo'lagi-yu, akatsiya shoxlari orasidan bitta uy derazasi bilan balkon panjarasi ko'rinar edi.
To'g'risini aytganda, manzara unchalik chiroyli emasdi. Deraza hamisha yopiq turar, balkon panjarasida esa har doim chaqaloqning yo'rgaklari yoyib qo'yilgan bo'lar edi.
Lekin men shu narsalarni ko'ra olganim uchun ham xursand edim.
Dars paytlarida qo'llarimni iyakka tirab, o'qituvchilarimga nihoyatda xudojo'y ko'rinish uchun lozim bo'lgan bir alfozda ko'zlarimni ko'kka - deraza eshigi tirqishidan ko'ringan haqiqiy osmonga tiksam, ular meni insofga kira boshlabdi, deb suyunishardi. Men murabbiyalarimni shu zaylda aldar, ular bizdan yashirmoqchi bo'lgan hayotni tomosha qilayotgan kishiday quvonar, aldaganim va intiqom olayotganim uchun huzur qilardim.
Aleksi opa vazifani tushuntirib bo'lgandan so'ng bizni yozishga qo'yib berdi.
Oldingi partalarga husn berib turgan og'ir tabiatli peshqadam o'quvchi qizlar allaqachon ishni boshlab yuborishdi. Ularning yonida o'tirmasam ham, nimalar yozayotganlarini kiftlari
Maqola nomi : Rashod Nuri Guntekin - Choliqushi (1-qism roman)
Vaqti : 09.11.2014|09:19
Ko'rilgan : 11068
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 331/273
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :14 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика