UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Anvar karaxt bo‘lib o‘tiribdi. Tushimi o‘ngimi? Nimalar bo‘layapti??? ...Unashtirilib qo‘yilgan paytlari Mohirani bir marta arazlagani hayolidan o‘tardi. Nimadir sabab bilan uchrasholmagandi. O‘sha kuni tungi soat 02:00 larda sms keldi. "Yo‘lingizga zor intizor bo‘lib kelishingizni bu kecha ham kutdim, begim. Qadrdon joylarimizda sizni axtarib topolmadim bugun. Aylanib aylanib qaytdim siz bosgan izlarni. Nega kelmadingiz? Nega aytib qo‘ymadingiz? Uzimni aldoqchiginam, ertaga kelarsiz gulingizni sog‘inib?!" Anvar smsni ikki martalab o‘qidi. Keyin soatga ham qaramay o‘rnidan turib Mohirani bog‘lari tomon shoshildi. O‘sha eski qadrdon joyida o‘tirib, qo‘liga telefonini oldi. Tezda sms yozdi. "Vaslingni bir ko‘rmay kunim o‘tmas, Ko‘zlaringa bir boqmay tunim o‘tmas... ". Yana nimalarnidir yozishni o‘ylagandi, shoshilinchda tiliga qofiya so‘z kelmasdi, davomiga "Sani kutib ikki soatdan beri bog‘da o‘tiribmanu" deb yozib jo‘natdi. Ikki minutga bormay javob sms keldi. "Yolg‘onchi ))) " Anvar Mohirani derezadan bog‘ tomon qarayotganini bilardi. Shuning uchun telefonini yoqib "man shu yerdaman" derdi. Keyin Mohira sekin chiqib oldiga tushib kelgandi, "aldoqchi" deya... Anvar tushimi o‘ngimi, hozir ham bilolmay, faqat "man shu yerdaman" deb usha gapini takrorlardi. Qancha o‘tirganini bilmaydi, kimdir yelkasiga qo‘lini qo‘ydi: - Bo‘ldi Anvarjon, bandalik, Xudoni irodasi ekan, - derdi opasi. Qarshisida onasi nevarasini bag‘riga bosgancha yum-yum yig‘lar, yonida qaynota qaynonasini ham ko‘zlaridan yosh duv-duv oqib kelardi. Anvar Mohirani qo‘lidan tutib silkitar, "Mohi... Mohiraaaa" degancha baqirmokchi bo‘lardi. Tovushi bo‘g‘ilib chiqmasdi. Qaynotasi qo‘ltig‘idan oldi: - Bo‘ldi o‘g‘lim. Mohirani Alloh huzuriga chorlabdi, endi tinchgina orom olsin, - deb Anvarni turgizdi... Moxirani bu dunyodan so‘nggi manziliga kuzatishib, dafn qilishdi. Bundan bir yilu ikki oylar chamasi oldin bu hovlida to‘ylari bo‘lib Mohira orzu- niyatlari ila hayotga yangi qadam qo‘ygan, kelinlik libosda malikadek oilasiga kirib kelgandi. Bugun Anvarning hovlisidan bu hayotni qorong‘u qilib suyuklisini tobuti chiqdi. - Keng dunyo sanga tor bo‘ldimi, bu dunyolarga sig‘may yosh ketgan qizginameyeyey... Onasi bilan qaynonasi jo‘r bo‘lib yig‘lashar, bir chetda esa hayotning achchiq chuchugini tortaverib ko‘ngli tosh bo‘lib qotib ketgan qaynotasi ham yolg‘iz farzandini o‘limiga bardoshsiz, kuzyoshlarini yashirolmay yig‘lardi... Mohira Anvarni yolg‘izlatib ketdi bu tor dunyoga. Suyuklisidan yodgor bo‘lib birgina qizalog‘i qoldi. Anvar ko‘p ezildi... Siqildi... Unsiz yig‘ladi... Ishiga borsa uyiga shoshadi, uyiga kelsa ishiga yoki ko‘chaga oshiqadi. Uyda hamma narsa Mohirani yodiga solaveradi. U xonadan bu xonaga kiradi, hovlidan ayvonga chiqadi. Nimanidir, kimnidir izlaydi. Topolmaydi...
Maqola nomi : Uzilmas rishtalar (5-qism)
Vaqti : 09.11.2014|07:30
Ko'rilgan : 2060
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 368/437
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :82 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика