UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Darslarda o‘tirsa xam, yo‘lda ketsa xam, tundayam, kundayam Moxira ko‘z o‘ngidan ketmay qoldi uni. O‘ylay-o‘ylay ikki kunni xam o‘tkazdi. A’zam qishloqdan qaytdi. Lekin... Anvar do‘stiga shirin dardini doston qilgisi kelardi. Bugun albatta unga aytaman deb yurgan paytida A’zamning o‘zi unga Mohira haqida gap boshladi. Yoqtirishini aytib qoldi. Mahkam polvonni qizini qishloqda ko‘ribdi. Dugonasi bilan yurgan ekan, Mohiraga ko‘zi tushibdiyu hayoli ketibdi... A’zam uni ko‘rib es-xushidan ayrilganini, shu ikki kunda faqat Moxira haqida o‘ylaganini to‘lib toshib gapirardi. Huddi Anvar unga aytib bermoqchi bo‘lganlarini. Anvar karaxt bo‘lib o‘tirardi. Quloqlariga ishonmasdi. Do‘sti gapirgan sari uni ichi yonardi. Do‘sti sevib qolganini shunday zavqlanib gapirardiki... Gapini bo‘lmadi. Anvarni shirin dardi achchiq bo‘lib ichida qoldi... Avvaliga A’zamni hazillashayapti deb o‘ylagandi. Lekin... ming afsus... Muhabbatdan tug‘yon urgan qalbidagi hislari dilida qotdi. Tiliga ko‘chmadi, tili ojizlik qildi... Bugun u arosatda qoldi. Kutilmaganda qalbiga kirib kelgan ishqning sarhush, quvnoq onlari ko‘pga cho‘zilmadi. Sevgisidan shod ko‘nglining zavqlari tark etdi. Iztirobli kunlari boshlandi... Goh Mohirani, goh A’zamni o‘ylardi. Uzoq ikkilanmadi, do‘stiga aytmoqchi bo‘lgan dilidagilarni diliga ko‘mdi. Do‘sti uchun sevgisidan voz kechishni afzal bildi... Endi ko‘ngliga do‘stining xazillariyam sig‘mas, xayoli parishon edi uni. Bo‘sh vaqtlaridayam xonadan xech qayerga chiqmas, o‘rnida bedor yotardi. Hamdardi faqat naushnik bo‘lib qoldi... Dam olish kunlari qishloqqa ketsayam opasinikidan boshka joyga bormasdi. So‘nmagan sevgisi ishqida yonib, sog‘inib, yuragi qo‘umsasada Mohira bilan uchrashmadi. Undan yiroqlasha boshladi. O‘zini olib qochadigan bo‘ldi... Ikkalasi shunday qishloqqa kelib yurgan kezlari A’zam yana bir ikkita do‘stlariga Mohira haqida ichidagilarni oshkor qilibdi. A’zam Mohira bilan ko‘rishishni va dil izhorlarini aytishni hohlardi. Yo‘lini poylayverib bir kun ko‘chada uchratdi. Do‘stining sevgisidan bexabar bo‘lgan A’zam dilidagilarini Mohiraga izhor qildi o‘shanda. Eshitib Mohira ham Anvar kabi karaxt bo‘lib qolgandi A’zamning dil so‘zlaridan.. Keyin qattiq arazladi. “Ikki do‘st meni kalaka qilib, ustimdan kulishmoqchimi?!” deb o‘yladi... Mohirani dili pora, ko‘ngli vayron bo‘ldi. Kechalari yig‘lab chiqdi. Qalbi ozor chekdi. Anvar hayolidan ketmasdi. Faqat uni o‘yladi. Ozgina bulsada lekin xotiralarga boy kunlarini eslayverdi. Nahot!? Nahot Anvar undan voz kechsa??! Nega kelmayapti? Qishloqqa necha marta kelib ketdiku, nega bir marta xabar olmayapti? Unutdimi?! Yo‘q! Bo‘lishi mumkinmas, Anvar aka bir so‘zli yigit! Keladilar bir kun. Albatta keladilar... Mohira ko‘p uyladi. Oxiri chidolmadi. Ezilib ketdi, yaqin dugonasiga shuncha vaqtgacha sir saqlagan sevgisi, sevgilisi haqida gapirib berdi. Yig‘ladi, yig‘lashdi. Dardlashdi... Dugonasi bilan maslahatlashishdi... So‘ng Moxira nima uchun Anvarni undan uzoqlashganini tushunib yetdi. U bilan o‘zi uchrashdi. "Bilaman, kadrdon dustingiz uchun xamma narsangizdan voz kechishingizni. Lekin... lekin bilib qo‘ying menda yurak bitta... Agar istaganingizcha bo‘lishini hohlasangiz men umuman yetti yot begonaga tegaman...". Ko‘zlari to‘la yosh bilan shu so‘zlarni aytdi, ketdi. Chunki boshqa gapirolmasdi, alam- iztiroblaridan ko‘ngli to‘lib yig‘layverardi. Moxirani alamli bu so‘zlari Anvarni qulog‘i ostida hamon jaranglaydi... Azobini ichiga yutib yurgan g‘amlari ustiga katta qayg‘u qo‘ndi. Mohirani kulishlarini, jilmayishlarini, nozlarini ko‘rgandi. Endi yig‘lashlariga guvoh bo‘ldi. Sababchi bo‘ldi. Ko‘z o‘ngida suyuklisini oldingi quvnoq porlagan ko‘zlari emas, yig‘idan qizargan yosh to‘la ko‘zlari turibdi endi... Nimalar bo‘lyapti o‘zi? Nega hayot bunaqa???... Shaharga borib o‘qishda yursayam, qishloqqa qaytib uyiga kelsayam tinchi yo‘q. O‘zidan qochib ketolmadi. Yuragi bo‘zladi, bo‘zlayverdi... Kunlar Anvar bilan Mohirani ezib o‘taverdi...
Maqola nomi : Uzilmas rishtalar (4- qism)
Vaqti : 09.11.2014|07:28
Ko'rilgan : 2081
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 278/318
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :46 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика