UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bahrom akaga o‘zimni tutishim yoqmadi, shekilli, qovog‘i solindi. So‘ng bizga hukm bilan qarab:
-Mana, Shavkat aka, sazangiz o‘lmasin. SHerali bo‘lsa SHerali-da, -deya tugmachani bosdi. Bizning tumshayib qolganimizni ko‘rib:
-Shundan boshqasi yo‘q-da. Biror joydan sotib olamiz, -dedi. Derazadan kirayotgan shamol mashina tezlashgani sayin ko‘z
ochirmasdi. Sochlarim yuzimga tushib, badimga urar, Sittini rangi oqarib turganini, oynani tushirsam, qayt qilib yuborishi mumkinligini
o‘ylab, zo‘rg‘a chidab kelardim. Mashina dasht yo‘llaridan o‘tayotganda zerikkanidan qizlar uxlab qoldi. Men esa, uxlab qolishdan
uyalardim. Sababi, ayamning aytishlaricha, og‘zimni ochib uxlarmishman. Ko‘nglim tubida hali chertilmagan torlar bordek, Bahrom akaning
qarashlariga dosh berolmay ketardim. Nimadir ilk bora yuragimni yoqimli, muloyim qitiqlardi. Nima balo, qaylig‘imni sevib qolyapmanmi?
Beixtiyor oynachaga qarab, jilmayganimni sezmay qoldim. Ikki yanog‘im uyalganimdan lov-lov yonib ketdi. Uyalganimdan kaftlarim bilan
yuzimni to‘sib, barmoqlarim orasidan oynachaga sekin mo‘raladim. Bahrom akaning boyagi tundligidan asar ham qolmagan, oppoq
tishlari sal ko‘rinib, iyagini ko‘tarib, mamnun holda rulni boshqarardi.
Ko‘zim biroz ilingandek bo‘ldi. Mashina to‘xtaganda uyg‘onib ketdik. Yo‘lning ikki girdidagi chinorlar bir-biriga chirmashib ketgan
joyda to‘xtabmiz. Salqin shabada uyquni qochirib, tetiklik baxsh etdi.
-Tushinglar, qizlar, Samarqandni tomosha qilmasdan bosib o‘tib ketish gunoh. Butun dunyo odamlari bir ko‘rishga orzumand
afsonaviy shaharni sayr qilamiz, -dedi Shavkat aka yuk sumkasi orasidan raqamli videokamerani chiqararkan.
-Biz bilan aylanib, to‘y maslahatiga kech qolmaysizmi, -Sitti iddao bilan unga gap qotdi.
-Sitora, gapga juda balo ekansan-ku, -deya Bahrom aka Sittini yelkasiga qoqib qo‘ydi. Biroz jahlim chiqdi-yu, ular mahalladoshligi
uchun o‘zimni bosdim.
Biroz piyoda yurganimizdan so‘ng shahar bor bo‘yi bilan quchoq ochib kutib olgandek, asriy minoralari bilan qarshiladi.
Men endigina yorishgan tongda yengil tumanlar orasidan chiqqan maftunkor ziyoratgohga suqlanib qarardim. Xuddi ertaklar olamiga
o‘xshaydi. Bolaligimda Siyob bozoriga kelganda uzoqdan ko‘rgandim. Endi esa baland minoralar qarshisida o‘zimni musichadek kichik his
qilardim. Biz kechgacha hamma qadamjolarni ziyorat qilib chiqdik. Bahrom aka duolarni o‘qidilar. Unga bo‘lgan hurmatim yo‘l davomida
osha bordi. Ora-sira Potti orqada qolib, yigiti bilan telefonlashardi. Bu qaylig‘imga yoqmayotgani o‘qtin-o‘qtin unga xumrayib qarab
qo‘yayotganidan sezilib turardi. Kun botar chog‘i biz yana bir bor ovqatlanib, yo‘lga tushdik. Kecha oqshom yo‘l tadorigi bilan
uxlolmaganimizdanmi dong qotib uxlab qoldik. Ora-sira yonimizdan o‘tgan mashinalarning farasi yorug‘ida uyg‘onib ketardim. Ular sokin
suhbatlashib ketardilar. Tun yarmida biz Toshkentga yetib keldik. Dadam qayerga tunashimizgacha belgilab, tayinlab qo‘ygan
ekanlar. Qarshida yashab, keyinchalik ko‘chib kelgan Davlat amakining darvozasiga kelib to‘xtadik. Ular uxlamasdan kutib o‘tirgan ekanlar.
Ayoli dasturxonni bezab qo‘yibdi. Erkaklar ovqatlanishdi. Biz esa uyqusirab, ishtahasiz termulib turardik.
-Qizlarimni uyqusi kelibdi. Uzoq yo‘l tortishgan. Ularga joy solib beray, -deb bizni alohida xonaga olib kirdi. Joylashib, o‘zimiz xoli
qolganimizdan so‘ng uyquyam qochib ketdi. Pottining yigiti ertaga uchrashaylik, deb tinmay qo‘ng‘iroq qilardi.
-Guli, Gulya seni telexranitellaringni deb Toshkentday joyga kelib, bir qadam qolganda u bilan uchrashmay ketamanmi? -dedi u
yuztuban yotib. -Anovi erchang har telefonim jiringlasa, yeb qo‘yguday qaraydi. Asli o‘sha bilan uchrashaman, deb kelgandim.
-Sen-chi, dedim Sittiga.
-Ajalimdan besh kun burun o‘lmoqchi emasman. Mengayam tinimsiz uchrashaylik, deyapti. Ammo seni "shpion”laring qo‘ymaydi,
qo‘ysayam mahallada gap-so‘z qiladi. Keyin dadam bilan ayam meni tiriklay yeydi.
-Payt poylab birrov uchrashaylik. Uch kishimiz-ku! Nimadan qo‘rqamiz. Qarimi, yoshmi, chiroylimi, xunukmi bilib olardim-da.
Kelishgan yigit bo‘lsa, afrikalik bo‘lsayam tegib ketardim, -dedi Potti o‘tirvolib.
-Uxlaylik, bozor qilishga, shahar aylanishga keldik-ku.
-Seni qaylig‘ing bor. Hademay to‘ying bo‘ladi. Nima g‘aming bor? Bizni tushunarmiding, deb Potti chapga qarab yotdi.
-To‘g‘risi, Bahrom akadan ham, Shavkat akadan ham qo‘rqaman. Ular bir daqiqa meni yolg‘iz qo‘ymasliklari aniq. Endi uxlaylik.
Ertaga bir gap bo‘lar, -deya boshimni yostiqqa tashladim.
Tush ko‘rdim. Tubsiz jarlikka qulab ketdim. Sitti bilan Lattiyam men bilan birga pastga qulayotgandi. Birozdan so‘ng daryo
ko‘rindi. Daryoda uchta qayiq turibdi. Har birimiz bittadan qayiqqa o‘tirib, qochmoqchi bo‘layapmiz. Birozdan so‘ng dugonalarim ko‘rinmay,
bir o‘zim qolib ketdim. Bir oyog‘im qayiqda, biri suvda.
Maqola nomi : Aldangan qizlar (7 qism)
Vaqti : 08.11.2014|14:34
Ko'rilgan : 2900
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 298/307
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика