loading...

UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Diplomini olgan zahoti, shu yoz uzatib yuboramiz,
deb gapni tugatdilar. Men o‘zimni oqlashgayam,qarshilik ko‘satishgayam iloj topolmadim. To‘rt
qator she’r hayot-mamotimni hal qilgandek edi.
Bitiruv kechamiz ham yaxshi o‘tdi. Hammamiz tarqadik. Dadam aytgandek, meni
do‘stining o‘g‘liga unashtirishdi. Dadamga achchiq qilib «sotka»ni ishlatmay qo‘ygandim. Puli
ham tugagandi. Unashtirilgan yigitim - Bahrom raqamimni so‘rab, o‘zi pul tashlab qo‘ydi.
Birdaniga dugonalarimdan ajralganim, u bilan gaplashmayotganim meni zerikarli dunyoga
boshlagandek bo‘ldi. Har kuni suzishga qatnay boshladim. Ikki soatcha vaqtim suzish bilan
o‘tdi. Yuragimda paydo bo‘lgan norozilik o‘tini shu bilan pasaytirib, uyga qaytardim. O‘zimdan
sakkiz yosh katta bo‘lgan Bahrom aka bilan nimani gaplashishni ham bilmasdim. Uchrashuvga
chaqirsa bormasdim.
-Qizim har zamon gaplashib turinglar. Bir oy ichida to‘ylaring bo‘ladi. Bir-birlaringni
yaxshiroq bilib olasilar.
-Yaxshiroq bilib aynib qolsam-chi? Undan ko‘ra gaplashmaganim ma’qul. Bir umr
gaplashishim ham yetadi. Qarib, erkakka o‘xshab yotibdi. Gaplashishgayam uyalaman. Tengim
bo‘lsaykan.
-Ibi yigitning qarisi bo‘ladimi? Binoyidek yigit. Qosh-ko‘zlari qop-qora, bo‘y-basti
kelishgan.
-Shunchalik ekan, o‘zingiz tegvoling.
-Qiz bo‘lmay, qizil kesak bo‘lgir. Og‘zingdan chiqqan gapingni ma’ni-matrasi yo‘q.
-Boshidan zar o‘girib ichinglar endi topgan kuyovlaringni. Menga yoqmaydi.
-Menam dadangni yoqtirib tekkanim yo‘q. Oydaygina ro‘zg‘or tebratib o‘tiribmiz. Kimdan
kam joyimiz bor.
-O‘qishga qo‘ymadinglar. Dugonalarim Toshkentga aylanishga ketyapti.
-Toshkentni ko‘rmay yuruvdingmi, qizim? Turkiyaga, Qozog‘istonga borib kelding-ku!
-Shuyam borishmi, dadamni biznesi uchun bozorini ko‘rdim, xolos.
Dugonalarimning bariboryapti. Men esa allaqachon uy qamog‘idaman. Birgina basseynga
borishimga qo‘yasilar. Qanchalik marhamatlisilar. Uy bekalari uchun berilayotgan seriallarni
ko‘rib, umrim o‘tib ketyapti. Shu uchun aytarkanlar: "Yoshligimda o‘ynamadim-kulmadim” deb.
-Kim boryapti?
-Ana, Potti bilan Sitti "Ippodrom”dan sep qilishga borishyapti.
-Unday bo‘lsa, dadangga aytaman. Sen ham kerakli narsalaringni xarid qilishga borasan.
Bahromjon bilan borsang, yanayam yaxshi. Unga kastyum-shim olib berishimiz kerak.
-Endi o‘shasiz nafas olishgayam ruxsat bermaysila shekilli.
Ichkariga kirib o‘yga botdim. Kechki ovqatga chiqmasam, dadam ham rozi bo‘ladilarov.
Suzish rosa ezib yuborgan ekanmi, dong qotib uxlab qolibman. "Ona qizim, eshikni och” degan
dadamning yo‘g‘on ovozidan uyg‘onib ketdim. Uyqusirab eshikni ochsam, dadam, ayam xavotir
bilan yuzimga tikilishdi.
-Sal qoldi eshikni buzishimga. Toshkanga borsang, o‘zim mashina qilib beraman.
Dugonalaring bilan aylanib kel. Ular shunchalik tez taslim bo‘ladi, deb o‘ylamagandim.
Juda xursand bo‘ldim. Men ikkinchi marotaba arazlash evaziga ota-onamni
bo‘ysundirgandim. Ammo dadam otdan tushsalar-da, egardan tushmay, dugonalaring bilan
birga seni Bahrom akang aylantirib keladi, deb shart qo‘ydilar. «Falonchining qizi avtobusga
osilib poytaxtga borib kelibdi», degan gapni ko‘tarolmas ekanlar. Aslini olganda, bizda
unashtirilgan qiz quda tarafning roziligi bilangina to‘ygacha ostona hatlab, ko‘chaga chiqishi
mumkin. Gap-so‘zlarning oldini olish uchun Bahrom aka bilan kelishib olgan ko‘rinadilar.
-Mayli, roziman,- dedim. Qushdek uchib narigi xonada chang bosib yotgan "sotka”mni olib
keldim. Ana, xolos. Quvvati ham tugagan-ku. Artib-surtib tokka uladim. Potti bilan bazm kuni
arazlashganimizcha gaplashmay yurgandik. Avval o‘zim gap qotib, uzr so‘radim. U ham mensiz
qiynalganligini aytdi. Birozdan so‘ng darvozamiz oldiga yetib keldi. Ha, u mendan erkinroq,
qorong‘udan qo‘rqmaydi.
-Voy, Gulya, shunday seni sog‘indimki, tong otmadi, kun botmadi men uchun.
-Yigiting haliyam qo‘ng‘iroq qilyaptimi? -dedim gap topolmay.
-Kechasi bilan "soobshena” yozib chiqamiz. Shunga rangi-ro‘yim ham bir ahvolda bo‘lib
qoldi. Kun bo‘yi uyqudan qolganim uchun munkib yuraman. O‘zing-chi,gaplashib turibsanmi?
-Ey, telefonimni hozir qo‘shdim-ku. Unashtirilgan bo‘lsam, gaplashib zaril keptimi?
-Bahrom akayam sal yoshi katta demasa, yigitmisan-yigit. Seni o‘rningda bo‘lsam,
shunday insonga tegayotganim uchun do‘ppimni osmonga otardim. Uy-joyi tayin, kasbi-kori bor,
eng muhimi, ichmaydi,chekmaydi. Dadang ham rosa puxta odam-da.
Ko‘nglim sal yorishgandek bo‘ldi. Dugonalarimning havasi kelibdi-yu, men noz qilib
o‘tiribman.
-Bilmasam, negadir yuragim bo‘m-bo‘sh. Yaqinda to‘yim bo‘ladi. Aytgancha, Toshkentga
qachon ketamiz? Mashina dadamning hisobidan. Sittigayam ayt. Tez tayyor bo‘lsin. Balki
ko‘nglimdagi g‘ashlik Toshkentda tarqar.
-Ertalab Sittinikiga boraman. Hozir kech bo‘ldi. Aytgancha, suzish bo‘yicha musobaqa
bo‘larmishmi,
Maqola nomi : Aldangan qizlar (5 qism)
Vaqti : 08.11.2014|14:34
Ko'rilgan : 2728
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 299/269
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :50 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика