UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Fotima ikkalamiz bozor-o‘char qilish uchun
otlandik. Dadam bitta mashina chaqirib, bizni Yerqo‘rg‘on bozoriga olib borib kelishini
tayinladilar. Indamasgina haydovchi yarim kun biz bilan hamroh bo‘ldi. Yo‘lda Fotimaga yigiti
qo‘ng‘iroq qildi.
-Alishmisiz, rasmni olib nafasingiz ichingizga tushib ketdimi? O‘rtadagisi men-da. Birovi
Sitti, biri Gulya.
-Nima deyapsan? Bizani rasmimizni nega yigitingga yuborasan? -dedim jahlim chiqib.
-Voy, Gulya nima qipti, do‘sting kimligini ayt, seni kimligingni aytaman, -degan maqol bor.
Dugonalaringiz bilan tushgan rasmingizni yuboring, deb turib oldi.
Mashina o‘ydim-cho‘ydim yo‘lda bir silkindi. Haydovchi oynadan bizga qarab qo‘ydi.
-Hali pastga tushaylik, mendan ko‘rasan, -dedim. Nazarimda Fotima ikkimizga bir yigit
telefon qilayotgandek edi. Ilgari ham shunday o‘ylagandim. Uyga kirgan zahoti Fotimani
mehmonxonaga boshladim.
-Qani, o‘tir-chi, bir boshidan gapir-chi, yuborgan «sobshena»larini ko‘rsat-chi?
Go‘yo u yuragimning bir bo‘lagimni olib qo‘ygandek hayajonda edim.
-Ibi Gulya, bitta rasmingni yuborganimga shuncha bo‘layapsanmi? Kechir, bizdan o‘tibdi.
YO mendan oldin to‘yi bo‘p ketadi, deb o‘yladingmi? Ayam aytardilar. Hayotda dugonasining
yigitiga tegib olgan qizlar ko‘pmish. Ba’zilari dugonasiga kelayotgan sovchilarni qaytarib
yuborarmish. Sendan buni kutmagandim.
Buncha kuyding, hademay u Qarshiga keladi. Shunda nima qilasan? Mendan voz
kechasanmi?
Fotima arazlab chiqib ketdi. Nimadir ko‘nglimni g‘ash qilardi.
-Aya, Sittilarnikiga borib kelay... Nima ovqat qilishimizni kelishib olishimiz kerak, deya
narigi mahallaga yo‘l oldim. Sitoraning ayasi etagini lippasiga qistirib olib choyshablarni
yuvayotgan ekan. Men bilan so‘rashib, qizini chaqirdi.
-Sitti, qara mehmon keldi. Ichkariga kiraver. Ertaga bazmlaringga o‘z qo‘li bilan tort
pishirmoqchi. Kun bo‘yi oshxonadan chiqqani yo‘q.
Ularning oshxonasiga kirib bordim. Sitora tuxumlarni chaqib, ko‘pirtirayotgan ekan.
-Horma, Sitti. Biroz gurunglashamiz deb kelgandim.
Zap kelding-da. Ertaga kecha zo‘r o‘tishi kerak. Kuratorimizniyam taklif qilganmiz. Savoljavob o‘yin qilsakmikan? Masalan, raqsga tushib bering, yoki sevgi izhor qiling, echki bo‘lib
ma’rang, degandek. Qiziq o‘tadi. Bo‘lmasa, bir-birimizning betimizga qarab o‘tiraveramiz-da.
-Sitti, seniyam yigiting rasm yuborishingni so‘radimi?
-Ha, yubordim. U ham suratini yubordi. Hozir qo‘lim un yuqi. Keyin ko‘rsataman.
-U ham toshkentlikmi?
-Hm.
-Yetimmi?
-Yo‘q. Boyvachchani bolasi. Nimaydi?
-Mendan ham rasm so‘rashdi. Bari bir yigit emasmikan, o‘yin qilmayaptimi, deb o‘ylab
qoldim.
-Qo‘ysang-chi, hammayam rasmini yuboradi-da.
-Potti ikkimiz bilan tushgan suratni yigitiga yuboribdi.
-Nima bo‘pti? Men ham kollej oldida tushgan rasmni jo‘natdim. O‘ng tarafdagisi men, deb
aytdim. «Internet» tanishuvlardayam rasm yuborasan-da. Opamning dugonasi Koreyaga
turmushga chiqayapti. "Internet”dan tanishgan. Kelasi hafta to‘y. Toshkentda uchrashibdi. Ey,
qaysi asrda yashayapmiz.
-Men ham eshitganman. Bir ayol amerikalikmi, turkiyalikmi yigitga tegib ketibdi. U
borgandan keyin o‘sha eri uni katta pulga yomon erkaklarga sotib, pul ishlabdi. Kimdir yordam
berib, zo‘rg‘a ortiga qaytibdi.
-Nimaga vahima qilasan? Bizadi tanishimiz o‘z yurtimizdan-ku. Ularni nima daxli bor.
«Tem bole» biz bilan ko‘rishgani yo‘q. Telefon orqali ermakda. Sovchi kelsa, boshqaga tegib
ketaveramiz. Biz ovozini eshityapmiz, xolos.
-Shundaylikka shundaykuya, bir gazetadan o‘qigandim. Qiz unashtirilgan ekan.
«Sotka»dan bittasi tanishaylik, deb «zvonit» qipti. Har kuni gaplashaverib unga o‘rganib qolib,
unashtirilgan yigitini yoqtirmay qolibdi. To‘yni qaytarib, o‘sha noma’lum yigit bilan uchrashishga
chiqibdi. Qarasa, ellik yoshlarni qoralagan erkak ekan.
-Bu gaplarni qaydan topasan? Vahimachisan-da. Ovozidan ham sevib qolish mumkinmi?
-Agar senga u telefon qilmasa, bir marta bo‘lsayam uni o‘ylaysanmi?
-Parvoyimga kelmaydi. Menga uchtasi telefon qiladi. O‘zini ko‘rmasam, qanday qilib unga
ko‘ngil qo‘yishim mumkin. Qulog‘iga lag‘mon osib yuribman. Ikkitasi qarshilik. Ko‘p aytishadi,
uchrashaylik deb. Ammo meni qarindoshimizga uzatmoqchi. Uchrashganim bilan baribir
tegmasam. Ota-onam berishmaydi. Seniyam dadangni jo‘rasi kelin qilarmish, deb eshitdim.
Zo‘r oila, bozorda parda sotishadi. Elita parda tikadigan sexi bor. Bizzi mahallamizdan-ku.
-Bilaman, o‘g‘li yoqmaydi.
-Buncha kayfiyating yo‘q. Ishonmasang, shartta javobini ber.
-Qara, she’r yuboribdi.
-Ux-hu zo‘rku. «Sevaman halol» depti-ku. Yoki qaridir, deb qo‘rqyapsanmi?
-Bilasanmi, men Pottini rasmini jo‘natdim.
-Boplapsan, -dedi u. Shuncha gaplashsam ham o‘zimni o‘zim tushunolmay qaytdim
Afsuski, uyda ham meni ko‘nglim xufton bo‘ldi. Dadam «sotka»ni olib tekshira ketdi. Haydovchi
g‘iybatimizni qilib,
Maqola nomi : Aldangan qizlar (4 qism)
Vaqti : 08.11.2014|14:33
Ko'rilgan : 3037
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 285/247
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :27 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика