UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
baland
musiqa
eshitayotgandek
öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonlanganidan
yomg'irni ham ilg'amasdi. U
tanish yoqimli musiqani xushtak
qilib chalib ketayotgan
yigitning
ortidan qarab qoldi... Ertasi
kundan boshlab qizga negadir
gul kelmay qöydi. Qiz endi juda
ham öychan bölib qoldi. U yigit
haqida kun-u tun öylardi.
Xuddi
hozir balki yordamim kerakdir,
deb paydo böladigandek tuyulardi.
Lekin yigitdan ham
atirgullardan ham darak
bölmasdi. Shu bir- necha kun
ichida qiz özi bilmagan holda
yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz
sevib qolgandi. Lekin buni hali özi
bilmasdi. Nihoyat bir kuni ösha
kutilgan ovozni eshitdi: -
Salom! -
Salom, - javob berdi qiz. - Biroz
aylanib kelmaymizmi? - Bahor
oylarida yomg'irsiz havoda
piyoda yurish ham zavqlimi? -
Albatta. Ular birinchi marta
körishishgan xiyobonni sayr
qilishdi. Qiziq mavzularda
suhbatlashishdi. Nihoyat yigit qizga
bir dona qip-qizil atirgul
tutdi. Qiz gulni oldiyu uning
bandiga köz yugurtirdi.
Qog'ozcha yöq edi. Savol
nazdida
yigitga qaradi. Yigit har doimgidek
kulib turardi. -
Mana
u,
- yigit qöllarini yozdi. Uning
kaftiga böyoq bilan ösha
dastxat yozilgandi: "Hayot gözal..."
Keyingi
kunlar xuddi shirin tush kabi
tez
ötardi. Qiz yigit sevgi izhor
qilganidan keyin özi ham uni
sevishini anglab yetdi. Chindan
ular u-n hayot judayam chiroyli
va
zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir
kutgan hayoliy röyo haqiqatga
aylanganidan baxtiyor edi.
Juda
ham chiroyli muhabbat edi
bu...
Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar
olamiga tushib qolgandek baxt
va
sevgidan sarmast yashardi.
Yigit
qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz
suratiga qaradi. Judayam nafis
va
chiroyli chizilgandi. - Nega
meni
bulutlar orasida turibman? Söradi
qiz. - Chunki sen mening
farishtamsan,- javob berdi
yigit.
Har bir kuni gözal edi bu
sevgining... Lekin öshanda qiz hali
özini oldinda nimalar
kutayotganini bilmasdi... Kuz
kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi, xavotir
oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning
nimadandir xafaligini payqadi.
Yigit odatdagidek jilmayardi,
lekin
bu tabassum ortida juda ham
özgacha mahzunlik sezilardi. -
Nima böldi? - Hech narsa.
Kecha
unutibman, kechir azizam.
Shuncha vaqtdan beri atiga
yarim daqiqaga kechikmagan
yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi
mumkinligiga qiz ishonmasdi.
Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi. Keyingi kunlarda ular yana
odatdagidek vaqtlarini
xushchaqchaqlik bilan
ötkazishardi. Lekin qiz negadir
yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi.
Yigitning doimgi tabassumi bu sirni
qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan
köproq
vaqt birga bölishga urinardi.
Soatlab yonma-yon
ötirardilar... Bir kuni qiz yana uzoq
vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi.
Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi. -
Salom, - dedi yaqin kelgach. - Nega
bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha,
jin
ursin, velosipeddan yiqildim.
Ular
odatdagidek örindiqqa ötirgan köyi,
quyosh botishini
tomosha
qildilar... Ösha ondayoq
qizning
yuragi nimadandir öta g'ash
edi. Balki, ösha kuni qizning yuragi
yigit bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini
sezgandir... Ertasiga qiz
yigitning
shifoxonada ekanligini eshitganida,
karaxt bölib qoldi.
Ming xavotir ila tezda yetib
keldi.
Uni yigitning yoniga
qöyishmadi.
Bilsa, yigit juda og'ir kasal ekan.
Kechagi kun tongda kasali
xuruj
qilgan va kasalxonaga
keltirishgan ekan. - Unga
yurish mumkin emasligini aytgandik.
Lekin u kechroq kasalxonadan
qochib ketibdi. Mana oqibati. U
oyoqlarini his qilmaydi. Shol...
Qiz
titrab ketdi. Közlariga quyilib
kelayotgan köz yoshlarini
töxtata
olmasdi. Xamshiraning sönggi
gaplari öta dahshatli ovoz
bölib,
qizning quloqlari ostida jaranglardi:
U oyoqlarini his
qilmaydi... Shol... Yigit
uyg'ongach
qiz uning yoniga kirdi.
Yigitning
ahvolini körib, battar siqildi. U
yig'lardi, yigit közlarini shiftga
tikkancha gap boshladi: -
Bilasanmi, seni birinchi marta
körganimda maktabda 7- sinf
eding. Öshanda pushti lenta
taqvolganding... Yigit biroz tin olgach
davom etdi: - Biram
chiroylisanki... Sen bilan juda
shirin hayot kechiraman deb
öylagandim... Buni qara,
baribir
peshonaga yozgani bölarkan... -
Bas qiling! Qiz köz yoshlariga
erk
berdi. Juda ham ezilib yig'lardi.
-
Yig'lama. Beri kel, muhim bir gap
aytaman. Qiz yigit aytgandek
qildi.
Yigit qizning yuzini silagancha
shunday dedi: - Qachon
hayotda nimadandir siqilsang,
kimnidir
sog'insang, köz yoshlaringni
mana bunday qilib sidirib
tashla, -
yigit barmoqlari bilan qizning
közlaridagi yoshni artdi,- Chunki
hayot gözal... Qiz shu kuni
tongga
qadar yig'ladi. Ösha tunda u
yigitni qanchalar sevishini
tushundi. "Men baribir
Maqola nomi : Hayot go'zal
Vaqti : 08.11.2014|14:30
Ko'rilgan : 4451
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 414/278
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :21 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика