UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Qiz juda chiroyli
edi. Boshqa
qizladan farqli ravishda
hayotga
özgacha nigoh ila qarardi. 19
yoshli sohibjamol qizni tabiiy
ravishda sevuvchilar ham
bisyor
edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar
umuman qiziqtirmas,
qanaqadir
özgacha bir sevgini kutardi.
Yuragining tub- tubidan uning
kelishini ham his etib turardi.
Bir
kuni darsga kelganida,
partasining ustida turgan qip-
qizil atirgulni kördi. Gul bandiga
biriktirilgan qog'ozchaga atiga
ikki jumla yozilgandi: "Hayot
gözal..." Negadir qizning
lablarida
tabassum uyg'ondi... Keyingi
kunlarda yana bir-ikki bor bu
holat takrorlandi. Qip- qizil
atirgul
va doimgi bir xil dastxat. Qiz
bu
gullarning sohibi kim ekanligiga
judayam qiziqardi... Kunlarning
birida qiz uyqudan uyg'onib,
derazadan köchaga qaradi va
birdan özgacha hayajonlanib
ketdi. Röparadagi dökonchaning
oppoq devoriga har xil
böyoqlarda katta qilib yurak
shakli chizilgan, uning ichiga
qiz
ismining bosh harfi yozilgandi. Eng
ajoyibi esa, surat tagiga
ösha
sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot
gözal..." Qiz endi doim ösha
sirli
yigit haqida öylardi. Uning özini
kuzatib yurganligini ham
yaxshi
bilardi. Odamlar orasidan
uning
qiyofasini axtarardi. Avvallari doim
öychan yuradigan qiz
endi
kulib, jilmayib yurar, bu
tabassumi uni yanada
jozibador
körsatardi. Qiz öziga yuborilayotgan
har bir gulni
qöliga olib zavqlanar, chindan
unga hayot judayam gözal
körinardi. Bahor tonglarining
birida velosipedda sayrga
chiqqan qiz musaffo havo va
xiyobondagi yashil gözallikdan
zavqlanardi. Lekin velosiped
g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi
zanjir örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U zanjirni
joyiga örnatishga
urinardi-yu buni hech
eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir? Qiz
yoniga kelib töxtagan
velosipedli yigitga qaradi. - Yöq,
özim... -
Mana bunday qilish kerak, -
yigit
qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi. -
Rahmat! Qiz yigitga e'tibor bilan
qaradi. Yigit böy- basti
kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda
yarasharkan",- öylardi qiz. -
Arzimaydi. Yigit
öz
velosipediga ötirib, qanaqadir
yoqimli kuyni xushtak qilib
chalganicha qizdan uzoqlashdi.
Qiz esa uning ortidan bir zum
termulib qoldi... Qizga
atirgullar
kela boshlaganiga bir oydan
oshgandi. Lekin, qiz haligacha
ösha sirli yigitning kimligini
bilolmasdi. Shunday kunlarning
birida qiz u- bu ishlar bilan
ushlanib, judayam kechga
qolib
ketdi. Aksiga olib havoning
avzoyi buzuq, kuchli momaqaldiroq
bölayotgandi. Qiz taksi ushlash
maqsadida kollej yonidagi
bekatga kelganida allaqachon
öta
shiddatli yomg'ir boshlangandi.
Uyi yaqin-u bunaqa paytda
yolg'iz
ketishga ham qörqib turgandi.
Kamiga bekatda hech kim yöq,
osmonni qoplagan qop- qora bulutlar
atrofni yanada
qorong'u
körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali
ovozi qizni chöchitardi. Shu
mahalda unga tanish, yoqimli ovoz
eshitildi: - Balki
yordamim
kerakdir? Bu ösha tongdagi
velosipedli yigit edi. Qiz juda
sevindi. Bu ösha yigitni yana
körganligi uchunmi yoki boshqa
sababdanmi özi ham bilmasdi.
Lekin yigitga dilidagini
aytmadi: -
Yöq, özim ... Yigit ham
jilmaydi: -
Yomg'ir hali- beri tinmaydi. -
Nima, meni mashinangizda
uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz? - Menda
yaxshiroq fikr bor. Yigit shoshib
qayergadir yugurib ketdiyu,
zumda qaytib keldi: - Xösh,
qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va
pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi. - Bahor oylarida
yomg'ir
mahali piyoda yurish zavqli,-
dedi
yigit. Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning
sohibi
shu yigit ekanligini öylay
boshladi. Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi: - Siz
yölingizda uchragan har bir
qizga
shunaqa yordam qilasizmi? -
Har
biriga emas ... hammasiga.
Ular kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda
yigit qizning uyi taraf burilgach, qiz
sevindi. "Bu ösha yigit", -
öylardi -
Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi
tarafda shifoxona va boshqa binolar,
atiga bir-ikki xovli bor.
Adashmasam tög'ri
ketyapmiz,-
qizning fikrini öqigandek
javob berdi yigit. - Ha, yaqin qoldi, -
xunob böldi qiz, - aytingchi,
hayotni qanday ta'riflaysiz? -
Menimcha bunaqa sharoit va
vaqt
uchun noörin savol,- kuldi yigit.
Ular qizning uyiga
yaqinlashishgandi. - Buyog'iga
özim ketaman, sizga katta
rahmat. - Soyabon sizda qola
qolsin, menga oq ranglisi köproq
yoqadi. "Ey Xudo, - hayolidan
ötkazardi qiz, - mening pushti
rangni yoqtirishimni ham
bilarkan!" - Mayli xayr, - yigit
ortga ön qadamlar tashlagach qiz
uni töxtatdi: - Hey! Yigit
ögirilib
qaradi. - Savolimga javob
bermadingiz. Yigit ösha
yoqimli tabassumida jilmaydi va
baland
ovozda baqirdi: - Hayot gözal!
Qizning yuragi juda- juda tez
va
baland urardi. Qiz ayni damda
Maqola nomi : Hayot go'zal
Vaqti : 08.11.2014|14:30
Ko'rilgan : 4136
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 400/256
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :36 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика