UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
1964 — yili 4 tarmoqdan iborat AQSHning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmog`i yaratildi. Boshida olimlarnnig tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylandi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o`zi katta muvaffiqiyat edi. 70 — yillarda tarmoq ancha o`sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyatini beradi. Keyinchalik 1974 — yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP / IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo`ldi. 1983 — yilda ARPANET INTERNET deb atala boshlandi va u juda kuchli, bir — biri bilan bog`langan kompyuterlar va tarmoqlar to`plamidan iborat sistemaga aylandi. 1980 — yillar INTERNET ning keskin usish davri bo`ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog`i bilan bog`lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog`iga ulanishga rozi bo`lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning qo`shilishi xisobiga bo`ldi:
• EUNet — Evropadagi UNIX mashinalari tarmog`i (1982 yil)

• EARN — O`quv va ilmiy — tekshirish muassasalarining tarmog`i (1983 yil)

• JUNET — Yaponiyadagi UNIX mashinalarining tarmog`i (1984 yil)

• JANET — Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil)

• JANET — Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil).
Maqola nomi : Internet tarixi
Vaqti : 06.04.2014|20:02
Ko'rilgan : 4412
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 472/402
Reyting
Bosh sahifa » Internet
Maqola o'qiypti :55 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика