UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Qarshingizdagi insonni ko'rmasdan, uning ichki va tashqi sifatlaridan bexabar holda, faqat harflarda ko'rilgan ma'nolar orqali muloqot qilish - vertual so'zlashuv deyiladi. Buni hammamiz yaxshi tushunib yetganmiz. Buning alohida xususiyatlari tufayli bir qancha xulosalar mavjud. Ammo ko'pincha so'zlashuv vaqtida bu xususiyatlarni xisobga olmaymiz. Xuddi yuzma-yuz turgandek gaplashaveramiz. So'zlashuvda kayfiyatni anglatish uchun kulgichlar o'ylab topilgan. Kulish, tabassum qilish, hayron bo'lish vahokazo kulgich belgilari.

Hozirga kelib, bu dunyoning o'zi ham 2ta olamga aylanib qolmoqda. Hayotiy olam va Vertual olam. Internetga kirganimizda butunlay boshqa olam, boshqa insonlar, darajamiz ham boshqacha. Hammamiz aytamiz, men internetda ham bir xil odamman deb. Ha, o'zingiz uchun bir xilsiz. Ammo boshqalar uchun sizning hayotiy olamingiz noma'lum. Do'stlarimiz ham hayotdagilar alohida, internetdagilar alohida. Hayotda ham internetda ham tanish bo'lganlargina bundan mustasno. Ba'zilar hayotda muloyim bo'lsada, internet olamida jaxldor. Ba'zilar hayotda kamgap bo'lsada internetda gapga usta. Ba'zilar hayotda jiddiy bo'lsada, internetda romantik. Ikkala olamda ham alohida quvonch va iztirob mavjud.

Ayni paytlarga kelib ming taajjubki, sevgi ham hayotda alohida internetda alohida bo'lib bormoqda. Internetdagi sevgi faqat tasavvur bo'lgani uchun buni rad etamiz. Ammo voqelikda borgan sari internet sevishganlar makoniga aylanib qolmoqda. Hayotda ham sevgani bor, internetda ham. Ikkalasini ham sog'inadi, rashk qiladi. Ikkalasi bilan ham uzoq uzoq suhbatlashishni hohlaydi. Bitta inson ikki xil olamda, ikkita inson ro'lida o'ynayotganday. Avvallari iztiroblar bir olamga hos bo'lsa, endi ikki barobar ortdi degani bu.

Mazkur ta'riflar afsus bilan tilga olinmoqda. Ya'ni, vertual so'zlashuvni hayotiy so'zlashuvdek qabul qilganimiz, vertual so'zlashuv sifatidagi kamchiliklarni e'tiborga olmay qo'yganimizning kasri bu. O'z alamlarimizni o'zimiz ikki barobar qilib oldik. Hayotiy olamdagi tashvishlarimiz yetmaganday, internet olamini ham yelkamizga oldik. Afsuski, internetda so'zlashuvchilarning yarmidan ko'pi shu ahvolga keldi. Oz qismi esa, bu faqatgina vertual olam ekanini xisobga oladilar. Ular muloqotga nargilaridek kirishib ketmasdan, masofa saqlaganlardir. Bularning ko'pini hayotda jiddiy va realist insonlar tashkil qiladi.

Men hammaga ana shunday realist bo'lishni maslaxat beraman. Sizga kelgan xabar matnidan unchalik ta'sirlanmang. Xissiz qabul qiling. Chunki uni tanimaysiz, bilmaysiz, ko'rmagansiz. Balki hech qachon uchrashmassiz. Masofalar uzoq. Qiyomatgacha va undan keyin to'qnash kelmassiz. Tasodifan ro'para kelganda ham, u o'sha insonligini bilmaysiz. Rasmini eslab qolgan bo'lsangiz tanib qolishingiz extimol. Xabarni xissiz qabul qiling, ammo aql bilan javob qaytaring. U yordam so'rayotgandir, savol berayotgandir, taklif qilayotgandir. Chin yurakdan qabul qiling, qaysiki xat hayotdagi tanishingizdan bo'lsa. Chunki u hayotiy olamingizga mansub inson.

Notanish hamsuhbat bilan yaqindan do'stlashish niyatingiz bo'lsa, imkon topib albatta hayotda ko'rishing. Hayotiy olamingizga taklif qiling. Tasavvur olamida qolib ketmasin. Internet olamining o'zida qattiq bog'lanib qolmang. Yillar o'tib asl ko'rinishda namoyon bo'lganida, naxotki ... deb qolmang.

Qalb mehrga to'lib toshsayu, u yo'nalgan taraf g'oyib bo'lsa ko'ngil qattiq ozor chekadi. Bu bir jins vakillari o'rtasidagi so'zlashuv uchun aytilmoqda. Endi boshqa boshqa jins vakillari o'rtasida yanada ehtiyot bo'lmoq zarur. Bu holatda biz hohlamasak ham oraga boshqa xis-tuyg'ular aralashish xavfi kuchli.

Mening maslaxatim, faqatgina zarur gaplar, kerakli ma'lumotlar haqidagina so'zlashsin. O'ziga shart qo'ysin, faqat savolga javob, salomga alik beraman holos deb. Xazil-xuzul, oldi-qochti gaplar tavsiya etilmaydi. Hayotimiz uchun foydasi ham yo'q. Vaqtimiz bekorga sarflanadi. Internetga yanada berilib ketamiz, bog'lanib qolamiz. Xulosa qilib aytganda vertual so'zlashuvda judayam ehtiyot bo'lishimiz zarur. Jismoniy, ruhiy, ma'naviy va iqtisodiy holatimiz uchun ham shunisi afzal!
Maqola nomi : Vertual olamda so'zlashuv!
Vaqti : 02.11.2014|11:10
Ko'rilgan : 2697
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 374/324
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :23 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика