UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ismatga alam qildi. Judayam alam qildi. Axir unga qoʻl koʻtarishdi. Yana kimlar? Qandaydir goʻdaklar! Shefiga aytsa-ku, hammasining dab-dalasini chiqaradi. Kim boʻlipti bular Toshtemir shef qoshida?! Kerak boʻlsa, har birini bir-bir chinchalogʻi bilan uchirib yuboradi. O’shalarning betiga aytdi: «Bittang qimirlamay tur, hozir Toshtemir shefni olib kelaman». Toshtemir nomini eshitgandan soʻng barining ichi oʻtib ketdi, ammo sir bergisi kelmay, «boʻpti, kutamiz», deb qolishdi. Shunaqa kutsinki, kutganlariga ming pushaymon yesin,ikkinchi kutmaydigan,Toshtemir nomini eshitgandan shataloq otib qochadigan boʻlsin.

Asli voqea bunday boʻldi.

Ismatni student doʻstlaridan biri - Vohid - Toshtemir shef bilan tanishtirmoqchi edi. Ismat quvonib ketdi. Axir juda zoʻr imkoniyat-da bu! Koʻcha-koʻyda seni uradigan boʻlishsa, (bilib boʻladimi, shahar joy, har xil odam uchraydi), himoya qiladigan tayanching borligini his qilib yashash – kishiga ruh bagʻishlaydi. Koʻchalarda uncha-muncha bolani pisand qilmaysan, koʻkragingni kerib yurasan. Chiroyli qizlarga gap otasan. Atrofingdagilarga nisbatan zoʻrroq ekaningni his etib yashash – rohat! Senga duch kelganda aksariyat bolalar choʻchib turishadi, ayrimlari laganbardorlik bilan atrofingda aylanib, oʻrgulishini mensimaslik bilan kuzatasan. Studentlar shaharchasida koʻchani toʻldirib yur. Atrofingda oʻtgan-ketganning bari senga salom beryapti. Xohlasang alik ol, xohlamasang alik olma. Xohlasang, salomiga javoban oʻqrayib qara, xuddi qarzi borday. O’z yoʻlingda duch kelganni bosib-yanchib oʻtaver. Birinchi kurs studenti boʻlsa, yoki basharasidan sendan choʻchiyotgani ayon boʻlib qolsa, masxara qil:
— Xoʻsh, - deydi vishillab, anavining koʻngliga gʻulgʻula solish uchun, - nima qilib yuribsan bu yerda?
— Men... men...me-en... Oʻz-oʻz-zim, - deydi qaltanglab.
— Sen, sen... Oʻz-zing? Nima sen oʻzing? – deydi-yu, Ismat uni yoqasining bir chetidan tutib, oʻziga tortadi. Student pirillab oyogʻi tagiga keladi. – Meni taniyapsanmi? – deydi Ismat koʻzlarini loʻq qilib.
— Ha, siz Ismat akasiz!
— Ismat akaman? Yaxshilab qara, balki adashayotgandirsan? A, qara-chi!
Anavi qarolmaydi. Qoʻrqadi, yerga tikiladi. Koʻzingni battar loʻq qilasan, ovozingga ovoz, kuchingga kuch qoʻshilib ketadi bunaqa lahzalarda. Bir urib yerga kirgizib yuborging keladi bunaqalarni, lekin soʻnggi daqiqada rahm qilasan. Qoʻy Ismat, deysan oʻzingga oʻzing, yashasin shular ham sening davringda. Ishshayib, anavining iyagidan tutib, boshini koʻtarasan.
— Men kim ekanman? – soʻraysan qaytalab.
— Ismat akasiz.
— Ismat akami? Balki Ismat shefdir?
— Ha, ha, Ismat shefsiz Ismat aka!
«Ismat shef!» Jaranglaydi-ya!
— Ke, ikkimiz joʻra boʻlamiz, - deydi Ismat kulimsirab.
Studentcha kutilmagan baxtdan garangsib qoladi. Ismatning yonidagi jalpataklardan biri anavining qulogʻiga shipshitadi: «Joʻrachilikni yuvish kerak, Ismat shef xursand boʻladi!». U hushyor tortadi, yugurib doʻkonga borib keladi. Keyin birgalashib, yangi doʻstlikni mustahkamlash niyatida qadah koʻtarishadi. Anavi beradiganini berib, tezroq qutulish uchun tipirchilaydi. Ismat esa ataylab uni yoniga oʻtirgʻizib oladi. Keyin esa «endi mening navbatim» deb shunchaki yoʻliga kissasidan pul chiqaradi-da: «kim doʻkonga borib keladi?», deydi. Tabiiyki, oʻzi ham, jalpataklari ham anavining oʻzi tushunib, oʻrnidan turishini kutishadi. Turmasa, biri yana qulogʻiga kerakli gapni shipshiydi. Yangi doʻstlikdan ham choʻchib, ham xursand boʻlib oʻtirgan studentcha sapchib oʻrnidan turgancha, Ismat shefning qoʻlidan pulni olmoqchi boʻladi. Ammo jalpataklardan biri unga pulni oldirmaydi. U yana oʻz puliga aroq olib keladi. Borgancha, qaytib kelgancha haftalik puli koʻkka sovurilayotganidan ichi eziladi, ammo boshqa iloji yoʻq. Ismat shefning rayini qaytarish mumkin emas.
Ikkinchi shishani boʻshatishgandan soʻng studentcha uncha-muncha boshi qizib, taltaya boshlashi mumkin. Deylik, . Ismat shefning oʻzigamas, shunda ayrm gaplari jalpataklardan biriga yoqmay qoladi-da, «sen oʻzi nima deyapsan», deya anavini bir-ikki tuyib oladi. Ismat shef, - albatta sal keyin, - yangi doʻstni ajratib oladi. Ikkovini yarashtiradi. Keyin yarashganlarini yuvishadi. Ogʻirlik yana...
— Pulim qolmadi, - deydi anavi yigʻlamsirab.
— Yigitmisan oʻzi? – deydi Ismat shef.

Studentcha bolalardan qarz oladimi, oʻgʻirlik qiladimi, pul topib aroqni keltirib oʻrtaga qoʻyadi.
— Mana bu yigitning ishi, - deydi Ismat xursand boʻlib. – Endi bemalol yuraver. Kim bir nima deydigan boʻlsa, men Ismat shefning ukasiman, de.
— Yaxshi, - deydi yigitcha, - endi menga ruxsat, ertaga seminarim bor, tayyorlanishim kerak.
— Seminar bizdayam bor, oʻtiripmiz-ku, - deydi biri.
— O’tirishimiz senga yoqmayaptimi? – deydi ikkinchisi xezlangannamo.
— Qoʻyinglar, mayli borsin, oʻqishiga tayorlansin, - deya ruxsat beradi Ismat shef. Keyin xayol
Maqola nomi : Yigitlikning koʻchasi
Vaqti : 06.09.2014|22:42
Ko'rilgan : 3130
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 301/274
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :37 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика