UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Qaynoq garmsel har quturganda, shaharcha quyuq toʻzon ichida qoladi.
U biydek dashtning qoq kindigida boʻy rostlagan bu shaharchani yer yuzidan supurib tashlamoqqa ahd qilgandek, toʻlgʻonib, yulqinib quyun uyurib esadi. Soʻng shiddati andak susaygandek boʻladi-da, tagʻin yangidan kuch olib, koʻp qavatli qizgʻish gʻishtin uylaru koʻkka nayzadek sanchilgan quvuridan kunu tun koʻkish-qoramtir tutun arimaydigan korxonaning katta-kichik, baland-past binolarini qaynoq nafasi bilan yalab, shahar koʻchalari boʻylab och boʻriday izgʻirgan, oʻtkinchilarning yuzi-koʻziga qum sochgani yetmagandek, qandaydir moʻ‘jiza bilan omon qolgan yoʻl boʻyidagi yakkam-dukkam daraxtlarga yopishadi, ular vujudidagi oxirgi namlikni soʻrib olish payida kuyib-pishadi.
Garmsel azaldan yashil rangni yomon koʻradi.
Dasht sap-sariq.
Shaharcha ham shu tusda.
Daraxtlar esa yashil dogʻdek juda xunuk koʻrinadi koʻziga.
Yashil rangga esa, singlisi — sarin yel oʻch. U koʻklamda uygʻonib, saratongacha dashtda javlon urarkan, borliqqa bahor nafasini ufuradi. Bu paytda qaynoq garmsel qirning gadoy topmas biror oʻngirida biqinib yotadi. Havo qizib, sarin yel olisdagi togʻlar bagʻridagi archazorga chekinishi bilan garmselga jon kiradi. Toʻshov uzgan aygʻirdek irgʻishlaydi. Maysalarni quritib, chechaklarni qaqshatib, shunday quturadiki, uning oʻtli nafasidan yashil borliq sargʻish tus oladi. Koʻcha boʻylaridagi ariqchalar qurib, oʻt-oʻlanlar xas-xashakka aylanadi. Qisqasi, akasi — kuz shamoli qoʻzgʻolgunga qadar, u dashtda tanho hukmron — yashil tusda neki bor, barini quritib, mahv etmoqqa urinadi.
Har yili shu hol, shu ahvol.
Biroq bu safar shunday bir sinoat yuz berdiki, tongdanoq yer-koʻkka otash purkab kelayotgan garmsel hayratdan bir lahza dong qotdi. Qaynoq nafasi ichiga urib, bir qalqib tushdi. Soʻng koʻzlariga ishonmay, aylanib-oʻrgilib boqdi.
Yoʻq, koʻzlari aldamagan.
Shaharchaga kiraverishdagi toʻrt qavatli binoning chap qanotida, oppoq harir parda tutilgan eng quyi deraza tagidagi kaftdek yerda bir necha tup atirgul chamanday ochilib turardi.
Qip-qizil!
Shaharchaga xos boʻlmagan hol edi bu.
Sarin yelning erkasi boʻlmish bu gullar, oʻzlariga ne balo koʻz tikib turganidan mutlaqo bexabar, tong nurlarini xushnud qarshilamoqda edi. Garmsel ularning bu navozishidan qah-qah urib kuldi. Qaynoq nafas ufurib kuldi. Oqibat, kechga tomon atirgul yaproqlari shalvirab tushdi.
U tantana qildi.
Ammo ertasi gullarni tiyrak holda koʻrib, taajjubdan garmselning esi ogʻib qolayozdi. Bu jumboqning tagiga yetmoq niyatida, chir aylanarkan, tunda va tongda gullar sugʻorilganini payqadi, bildiki, atirgullar dashtdagi himoyasiz chechak emas, mehriboni bor ularning.
Qaynoq garmsel shundagina ilk bor kishi xonadoniga moʻralamoq istagini tuydi. Oppoq toʻshakda pish-pish uxlayotgan qizchasi tepasida xayolchan oʻtirgan xushroʻy juvonga koʻzi tushdi. Negadir gʻamgin edi u. Shaharchaga begona, garmsel ilgari uni hech uchratmagan. Yotligi — shaharcha ahliga xos loqaydlik yoʻq edi chehrasida. Turish-turmushidan nafosatga moyilligi sezilib turardi. Hayotga tashna, oʻz navbatida, gʻoyat ma’yus edi.
U goh juvonga, goh suv toʻla stakanga solib qoʻyilgan bir dona atirgulga, goh harir pardaning bejirim burmalariga, goh toʻshakda begʻam, betashvish uxlayotgan qizaloqning loʻppi yuzlariga oʻshshayib tikilarkan, birdan gʻazab-la ichkariga intildi. Ammo uning bu harakati deraza oynalariga behuda bosh urish bilan cheklandi. Keyin beixtiyor juvonning xayoliga ergashdi. Shu paytgacha oʻzini eng tezkor deb bilardi. Axir dasht bagʻrini qovjiratib, qir-toʻshini qaqshatib, shaharchani toʻzonga burkash uning uchun bir lahzalik ish edi-da. Buni qarangki, juvonning xayoli undan uchqur chiqib qoldi.
U qizchasi boshida qolgan juvonning xayoliga ergashib, unga zoʻr-bazoʻr yetishib yeldi. Xayol uni koʻm-koʻk vodiy bagʻridagi yam-yashil qishloqqa boshlab keldi. Biroq bu yerda uning shashti pasaydi. Negaki, bu oʻlka katta singlisi — mayin shabada tasarrufida edi. Singlisi boʻliq boshoqlar boshini siypab, koʻm-koʻk daraxtlar yaprogʻini oʻynab, bu tomonga yoʻl yoʻqligini nazokat ila anglatdi. Koʻz oʻngida yastangan yam-yashil manzaradan toriqqan garmsel singlisidan juvonning kimligini soʻradi. Derazasi tagiga gul ekib, yomon gʻashiga tegayotganidan nolidi.
Mayin shabada daraxt yaproqlarini erkalab, ariq boʻyidagi maysalar boshini silab, ma’yustob bir holatda qishloq hovlilaridan biriga imo qildi.
Garmselning olovkor koʻzlari oʻtkir edi. U hovlida ivirsib yurgan qandaydir bir yigitni koʻrdi. Uning didsiz va hissizligini bir qarashdayoq ilgʻadi. Ammo biror yomon ma’no topmadi. Axir oʻz hududidagi shaharchada bu xil kimsalar kim qancha. Shu bois, singlisining ma’yus tortishidan oʻzicha kuldi. Faxmlagani shu boʻldiki, juvon bu xonadonga sigʻmay qishloqdan bosh olib ketgan. Unga qolsa, juvon dunyoning narigi chekkasiga uloqib ketmaydimi. Necha pullik ishi bor bu
Maqola nomi : Yetim qolgan gullar
Vaqti : 06.09.2014|22:40
Ko'rilgan : 3192
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 441/273
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :44 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика