UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Oysha kampir bolaligini yaxshi eslaydi. Hov anovi Shovuz togʻ etagidagi barloslarning Yona yurti – Sarkentida yashardi. Toshdan orasiga loy qoʻyib, panjakash qilib suvalgan pastmakkina, archa balorli uylar, shundoqqina uylar yonida ulardan-da pastmak qilib yasalgan qoʻy qoʻtonlaridan shiptir hidi anqib yotardi. Kigiz oʻtov esa har xonadonda bor. Barlos, degani toshni emib kun koʻradigan doʻlana daraxti kabi togʻchil, qoʻy-echkining izidan togʻma-togʻ yurib, «birini ikki» qilib avvaliga ikkitagina urgʻochi uloq olib, uni karra-karraga koʻpaytirib, yigirmata qilgani hamono, besh-oltita sovliq olib, elliktaga yetkazmasa tinib-tinchimaydigan qavm. Manovi naql ham barlos bobolardan qolgan: «Qoʻy aytarmish, meni elliktaga yetkazsang, elingni boqaman». Bu eski qoʻshiq ham oʻsha qavmdan qolgan:

Echki olib oʻn beshga,
Toʻy qilaylik, har kechga...
Qizigʻi, barlosning nikoh toʻylari ham imi-jimida, shovqin-suronsiz oʻtganini tushunib boʻlmaydi. Biroq ortiqcha dabdabaga oʻrin boʻlmasa ham rasm-rusumlari bir boshqacha edi-da. Kelin bola chaqaloqligida «Karavush» degan togʻ oʻtining iforli suviga kamida yetti marta choʻmiltirilgan. Kelinning sepiga qiz onasi sumbulgiyohning joʻxori popugiday tolim-tolim sochidan solishi qiz bola qoʻy-echkini oʻxshatib, qoʻshiq aytib, sogʻa bilishi, qatiq ivitishi, doʻgʻ ayron pishirishni, shoʻrtakkina qorin moyi tayyorlashni, jun yigirib, gilam, chakmon toʻqishni, gul qoʻyib, kigiz bosishni bilishi kerak.
Oysha Buxoroi sharifda madrasa tuprogʻini yalagan mulla Beknazar xonadonida eng keyin tugʻilib voyaga yetgan. Otasi boshqa qarindoshlari kabi togʻu toshning oʻr-chuqurida yurmagan, toʻrt-beshta ushoq jonligʻini ham ukalari asrab-koʻpaytirib yurgan boʻlsa ham, ota-ona xohishi bilan kuyovga uzatilganda barlos kelinga xos sepu sifati bisyor boʻlgan.
Oysha oʻn toʻrtga kirganida chinni rayhon kabi boʻy koʻrsatib, qoraqosh kaklikday xiromon yurish qilib, yangi tuqqan qoʻyning ogʻiz sutidan, qaqanoq koʻp yalagani uchun tanasi qaymoqqa botirib olingan kabi sutrang, uzun kipriklari, qosh-koʻzlari hurkak ohunikiday, idish-tovoq koʻtarib suvga enayotganda toshdan-toshga sakrab tushayotganini koʻrgan koʻz, agar yigitniki boʻlsa, intilib kosasidan chiqib ketishi hech gap emasdi. Oysha qoʻshni ovuldan Safarqul surnayga (uzun, oriq boʻlgani uchun) uzatilganda «Haftiyak»dan chiqqan, besh vaqt namozini kanda qilmaydigan moʻmina kelinchak boʻldi. Toʻgʻri, onda-sonda echki quvib yurganida ammasining oʻzidan ikki yosh katta Eshmirza degan surmakoʻz oʻgʻli togʻ choʻqqisida oʻsadigan toʻgʻnogʻichday ikki dona umrzoqgul sovgʻa qilib, evaziga muchchilab oʻpib olgani bor. Nima qipti? Oʻpgan-quchgan, havoga uchgan. Tavba degulik. Safarqul barlosning kaltatoyi urugʻidan boʻlsa ham, up-uzun, buning ustiga oʻris yoki tatar kabi sap-sariq koʻzlari ham koʻkish, biroq jussasiga yarasha badjahl emas, muloyim tabiatli yigit edi.
Biroq u epchil, ha, desa qoʻy qaychi bilan ikki salqinda 40 ta qoʻy-echkining yungini shipirib oladigan, buning ustiga qoʻy-qoʻziga yopishgan gangni duo qilib, suv purkab tushiradigan «Gangchi» ham edi. Safarqul armiyaga chaqirilganda Oysha kelinning qornida olti oylik gumonasi boʻlib, eri armiyaga roppa-rosa uch yil ketib qaytganda, harbiy libosini ustidan olti oy yechmay, har ikki gapining birida oʻrischa gapirib yurganida Ibrohim tugʻilib, oyoq chiqarib, otasiga taqlib qilib, nu, da, tak, kak, deb erkalab hammani kuldirar edi.
Safarqul harbiydan yomon yoʻtal – koʻksovni orttirib qaytgan ekan. Bir oy saratonni demasa, qolgan oʻn bir oyni uh-uhlab oʻtkazadi. Haliyam qashqaldogʻu toʻngʻizning ichki yogʻi bilan kun koʻradi. Yegan ovqati quyruq va sholgʻom. Bir amallab qirqdan oshib qolsa-ku, keyin oʻpkasi qotib, ilashib ketadi. Afsuski, Safarqul oʻgʻlining yigit boʻlib ulgʻayganini koʻrishga ulgurmadi.
Ilik uzildi paytiga kelib, qon tuflay, tuflay, joni uzildi. Bu ayni barloslar katta kolxozga birlashib, Yona yurtdan Katta qishloqqa koʻchirilgan paytda roʻy berdi. Oysha boshqa turmush qilmadi. Uning oʻgʻli boʻyi yetgan, toʻrttagina qizalogʻi ham izma-iz kattarayapti. Ibrohim oʻn toʻqqiz yoshida kolxozga choʻpon boʻlib kirdi. Bir marta qoʻylardan toʻl olib, uylandi. Oysha terma gilamning «qilichi»day oʻtkir xotin, kelinning sarasini tanlab oldi. Savrda tosh ustidan tikrayib kattargan sumbulgiyohday birin-ketin kattargan qizlarining bozori bir paslik Qalqama bozoriday gavjum boʻldi. Faqat kenjatoyi Gulguna onasining boʻy qizligidagi kabi xushroʻy boʻlsa ham, tugʻma oqsoq boʻlganidan balogʻat yoshidan keyin ham turib qoldi. Ammo Gulguna hamma opalaridan oʻzib ketib, tibbiyot bilim yurtida oʻqib kelgan. Shu holida ham uyma-uy yurib, kasal bemorni eplab emlashdan charchamaydi...
Qachondir urugʻ-aymogʻida birorta mashhur polvon oʻtgan boʻlsa, uning yetti pushti gʻurur tuygani kabi, yuz marta kattartiradigan lupa orqali qaraganda aynan yoʻlbars
Maqola nomi : Gulguna
Vaqti : 06.09.2014|22:27
Ko'rilgan : 3428
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 337/286
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :25 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика