UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Sizlarga hikoya tarzida o'z sevgim tarixini yozmoqchiman. Nega bilmadim... Lekin, hozir aynan shu haqida yozgim keldi... Bu hikoya orqali sizlarga deyarli 7 yillik sevgi haqida undagi eng yorqin lag'zalar va uning naqadar ayanchli tag'diri haqida yozmoqchiman. Albatda, sevib birga bo'la olmagan, o'z segilisi bilan minglab orzular qilib, ularning qanday qilib sarobga aylanayotganini ko'rganlar minglab topiladi. Bu hikoyani yozsam ozroq yengil tortaman deb o'ylayman...

Man bolalik chog'larimdan buyon onamning opasi yani xolam bilan birga yashardim. Chunki, xolamni umr yo'ldoshi olmadan o'tkan bo'lib, faqatgini bir qiz farzanti bor edi. Biz esa oilada 4 ta o'g'il edik. Xolamning qizini ham bo'yi yetib qolgan edi. Ha demay turmushga chiqsa xolam yozg'iz qolar edi. Shu sabab man xolamga o'g'il bo'lib kelgandim. Biz ko'p qavatli uylarda yashar edik. Birinchi qavat ekanligi sabab kvatiramiz atrofidan ozroq maydonni devor bilan o'rab 2 xona uy qo'ra, tuvuq katak va xojatxona qurib olingan edi. Ha demay shu yerda xolamni qizini, yani, opamni to'yini qildik. Hamma marosimlar o'tdi va biz holam bilan birga yashay boshladik. Xolam o'qituvchi edi. Umuman olganda bizni sulolada barchasi ziyoliylar edi.

Men chamasi 6-sinf edi. Biz holam bilan chekimizga uy solish uchun harakatni boshlab yuborgan edik. Men o'qishdan bo'sh vaqtlarimda elektr jihozlarini tamirlash ustaxonadan ishlar edi. U yerda shogirt edim. Shu sabab ustam onda-sonda o'zimga ishlatish uchun pul berib turardi. Xolam chekda uy solish uchun qanchalik urunayotganini tek qarab tura olmadim va ustaxonadan chiqib, PayNet saxobchasiga ishga kirdim. Shundan so'ng o'qishga ham qiziqishim qolmadi. Birinchi partadan ohirgi partalarga ko'chib o'tdim... Darslarga kirmasdan ketib qolish yoki umuman maktabga bormaslik kabi odatlar chiqardim. (Hozir bunday ming afsus qilaman.) U yerda ancha payt ishladim. Hamkasiblarib juda yahshi insonlar edi. Ish yahshi edi. So'ng ozroq mablag' to'plab olganimizdan so'ng uy qurish uchun
harakatni boshlab yubordik. O'z o'zidan ish joyimdan ham ko'p javob so'raydigan bo'ldim. Bu o'z-o'zidan boshliqqa yoqmadi. Boshliq o'rnida men bo'lganimda menga ham yoqmasdi... Bir kun boshliq yoniga chaqirib ishlaringni bitirib bo'shaganingda chiq ungacha ishni o'zi yurgizaman dedi va men butunlay chek bilan ovora bo'lib qoldim. Chekka kelib-ketib yurgan payitlarimda bir qizni ko'rib qoldim. U ko'zimga bamisoli farishta bo'lib ko'rindi. Men bunday go'zallik oldida lol qoldim. Uni gap so'zi ham yurish turishi ham ajoyib boshqacha betakror edi. Tanishish ham ajoyib bo'lgan... Bir kuni man chek oldida turgan edim. U qiz o'z jiyani bilan darvozalarini quluflay olmayotgan edi. Rosa harakat qildi quluflashga. Lekin, eplay olmayotgan edi. Jiyani rosa imo bilan mandan yordam so'rashni aytayotgan edi. Jiyani 3-4 marotaba imlagandan so'ng u mendan yordam so'radi. Men borib bir iloj qilib qatib qolgan qulufini yumshatib quluflab berdim. Shu bahona tanishib oldim.

U boshqa maktabda, men boshqasida o'qirdim. Ora-orada ko'rgani o'tib turardim. Boshqa paytlar esa bir sinfdoshidan xat berib yuborardim. Shu zayilda 1, 2 yil ham o'tib ketdi. Biz ham uyni ancha bitkizib oldik. Eng ajablanarlisi shunda ediki u boshqa qizlar singari turli-tuman sovg'alar so'ramas edi. Bayramlarda turli sovg'alar berib turar edim. Lekin, ko'pincha ololmiman derdi. Sababiga esa hech tushunmas edim... Unga olgan sovg'alarimni ko'pincha boshqa qizlarga berar edim. =) Har qalay uvol bo'lmasin derdimda... Bir kuni bir do'stim bilan 8-martga sovg'a oldik. 7-mart kuni bittadan ayiqcha olib maktabiga keldik. Maktabga kelmagan ekan. Shunda maktabimizga qaytib kelib darga kirmasdan billiard o'ynadik. Darslar tugashini o'sha yerda kutdik. Chunki, manda odatda doim qo'shimcha reja bo'lar edi. =) O'zimizdan 1 sinf quyida o'qiydigan bir qizni ham ko'zlagan edim. Ikki uch partiya o'ynaganimizdan kegin u qizlarni darsi ham tugab chiqib kelishdi Biz o'ynayotgan partiyamizni tugatib ularga yetib oldik. Do'stim yuragidan urgan qizga sog'ani berdi. U qiz sog'asini olmadi. Shunda yuragim qanday urayotganini sezdim... Yuragim orqaga tortib ketdi. Lekin, yurak yutib sovg'amni berdim. U qiz sovg'amni oldi. So'ng man uni yeb qo'yadiganday do'stini sog'asini rad etgan qizni qo'lini ushlab yugurib qochib ketishdi. =)

Bu voqeadan do'stim ancha ranjidi deb o'yladimda. "Yur do'koninga borib gaplashib o'tiramiz" - dedim. Yo'lda ketayapmiz. Yonbosh mahalladan burilganimizda narigi tarafdan bir qiz burilib qoldi. Yuzini ko'rolmadim, lekin, sevgan odamni tanish uchun yuzini ko'rish ham shart emas ekan... Shunda do'stimni ayiqchasini agar olsa sotib olish sharti bilan oldim va unga yetib odim. Sovg'ani olmasligini bilsam ham unga sog'ani berdim. Doimgi hol takrorlandi. Doimgidek, sog'amni olmadi va ko'p yurmay ammasinikiga kirib ketdi. Shundan kegin sanga sovg'a bergan o'sha dedim o'zimga o'zim...

Bir kun chekda ko'rib qoldim. Salomlashdim, alik yo'q... Sababi nima??? Rossa gapirdim... Undan sas yo'q... So'z
Maqola nomi : Qizda nima ayib?
Vaqti : 06.09.2014|21:55
Ko'rilgan : 3795
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 302/252
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :39 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика