UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
«Hammasiga oʻzim aybdorman,?»deb oʻyladi Oʻroq ovchi. ?«Unisi boʻlmasa, boshqasi bor edi-ku?! Nega unga uchdim. Qaddi-qomatigami, husn jamoligami yoki boshqa joyigami... Qiz zotiga qirgʻin kelmagandi-ku! Nega endi Nuqraga duch keldim...?»

Qizi tushmagur ham noz qilib oʻtirmadi, birdaniga rozi boʻla qoldi. Ammasining oʻgʻliga bir paytlari beshikkerti qilinganligi ancha keyin aniqrogʻi, toʻydan soʻng ma??™lum boʻldi.

Oʻroqning boshini ham boʻldi. Xotiniga hech narsa demadi. Taqdiriga tan berishdan boshqa chorasi yoʻq edi. Beshikkerti qilingan yigit hamiyatiga tegmagan boʻlsa-da, lekin Oʻroqning oriyati qoʻzidi. Ma??™lum boʻlishicha, Nuqraxon ham bir paytlari yigitga roʻmolcha berib, uni oʻz suhbatidan bahramand qilgan ekan.

Oʻroqning dardi ichida. Hech kimga ayta olmadi-yu lekin oʻrtanchi oʻgʻlidan shubha qila boshladi. Aslida bu shubha uning gumonalik lahzalaridanoq paydo boʻlgandi. Bola yengil edi. Solishtirib qaralsa, uning hech bir joyi otasiga oʻxshamasdi. Tugʻishganlarining orasida ham ajralib turardi.

?«Kimga tortdiykin,?» deb oʻylaydi otasi. ?«Ajdodlarimizdan birortasiga tortgandir balki. Mushtday tirmizak hozirdanoq gʻirromlik qiladi. Uyatdan yiroq...?»

Nuqradan masalaning yechimini soʻramaydi. Oxirida noiloj shubha-yu gumonlarini xotiniga ochiq aytadi:
-Kampir mana shu - Oʻrdash bolamizdan mening shubham bor. Mendan toʻraganiga ishonmayman. Bola olchoq. Gap-soʻzlariga quloq solib tursang, kishiga tuhmat qilishdan ham toymaydi.Sen tomondan ham, men tomondan ham kuzatsang bunaqa odam yoʻq ekan... Kampir boshqalaridan koʻnglim toʻq, lekin birgina mana shu Oʻrdashdan xavotirdaman. Koʻrasan, bu bola hali koʻplarga jabr qiladi. Shunda ular eng birinchi boʻlib meni, keyin esa seni soʻroqlaydi. Padaringga lan??™at deydi. Onangni... deydi. Xullas, bir dunyo mashmasha...

Oʻroq ovchi shu gaplarni aytadi-yu xotinining ne deyarini bilgani uchun ham boshini koʻrpaga burkab oldi. U gap eshitadigan va kampiri ham soʻzlaydigan ahvolda emasdi.

Oradagi jimlik uzoq davom etadi. Bu jimlikni Oʻroq ovchi va uning kampiri qazo qilganlaridan keyin oʻsha beshikkerti qilingan kishi oʻz oʻlimi oldidan buzadi.

?«Oʻrdash ??“ mening oʻgʻlim, sizlarning iningiz, bir-birovlaringiz bilan inoq boʻlinglar, uni ayanglar.?»

Ma??™rakalar oʻtgandan soʻng jigarlari Oʻrdashni izlashadi. Uyiga borishsa, xotini bilan ikkita bolasini tashlab azim shaharga ketib qolganiga uch-toʻrt yil boʻlibdi.

Azim shaharga keldilar. Izlab u ishlaydigan manzilni ham topishdi. Idoraning yuzi xuddi arining uyasiga oʻxshardi. U yerni mirshablar qoʻriqlashar ekan. Ismi-rasmini qilib, Oʻrdashning xonasiga kirishdi. Sohibi yoʻq xonada biroz oʻtirishgach, ularni kimdir rahbarning oldiga yetakladi. Kallasi katta, yelkasi boqilgan navvosnikidek keng rahbar ularni tavoze??™ bilan kutib oldi. Salom alikdan soʻng rahbar ham ularga begona emasligi aniq boʻldi.
-Sizlar Oqtovdan boʻlsangizlar, men Qoratovdanman. Nosir mullaning oʻgʻli boʻlaman. Oʻroq ovchi haqida ham koʻp eshitganman. Shu odamning hurmatiga Oʻrdash akani ishga olib edik, - deydi rahbar salmoqlab.
-Begona emas ekanmiz, - deydi mehmonlardan yoshi kattarogʻi. ??“Siz mendan kichkina chiqarsiz, otangizni ham yaxshi bilamiz. Akamizning otini ??“ Mardon deyishardi. U kishini sirtdan koʻpchilik bilishmaydi. Yaqinda qazo qildilar. Shu desangiz bizlar Oʻrdashni topishimiz kerak. Akamizning bir nozik gaplarini u kishining oʻzlariga aytishimiz kerak.
-Ha, tushundim, vasiyatga oʻxshagan bir narsa boʻlsa kerak-da, a? ??“ deya rahbar kalovlandi.
-Ha, toʻgʻri tushundingiz, uka. Vasiyat qilingan, - dedi mehmon.
-Oʻrdash aka, ishga kam keladi. Asosan ijod bilan mashgʻul boʻladi. Shunday imkoniyat yaratib berganmiz. Uyda faqat yozuv-chizuv va mutolaa bilan mashgʻul, - deydi rahbar.
-Yaxshi sharoit yaratib beribsiz, yurtdosh. Otangizga rahmat, boʻladigan yurtning bolalari bir-birini polvonim, derkan, uka. Sizga rahmat. Baxtli boʻling. Xonangizni xuddi oʻzimiznikiday qilib oldik. Agar ... vaqt ham boʻldi, chiqib tursak ham yomon boʻlmasdi, - deydi mehmonlar.
-Yoʻq, bahuzur, - deydi rahbar.
-Nima desam ekan... Siz ham begona emas ekansiz, - deya mehmonlar kalovlanadi.
-Aka, nimagadir siz bezovta koʻrinasiz. Men ham sizga yordam bergim kelyapti. Harholda, begona yurtda qoʻllab yuborsam, savob boʻlardi. Lekin sizlar mendan yashiryapsizlar, - dedi rahbar kallasini silkitib. ??“ Axir togʻning odamlarimiz-ku! Keling, ochiqchasiga aytavering. Hozir Oʻrdash akani toptirib kelamiz.
-Siz mulla Nosirning oʻgʻliman, dedingiz. Dunyoni bilgan odam ekansiz, uka. Ochiqchasiga aytsak, Oʻrdash bizning inimiz boʻlarkan, - dedi mehmon. ??“ Buni rahmatli Mardon akam oʻlimidan oldin aytdi. Bor gap shu.
-Ey-e, buyogʻi qiziq boʻldi-ku! ??“ deya kalovlandi rahbar. ??“ Oʻroq ovchi nima qilgan ekan. Men bilmagan ekanman. Demak, Oʻrdash aka Mardon boboning gʻunchasi
Maqola nomi : Armonga aylangan orzu
Vaqti : 06.09.2014|21:43
Ko'rilgan : 3422
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 322/301
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :30 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика