UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Quloq tutgin birodar, aytay
senga hikoyat, Shoyad eshitib
buni, topgaydirsan hidoyat. O‘lim kelib
to‘satdan, bir yigit barvaqt o‘ldi, Gunohlari
ko‘p ekan, qabri otashga to‘ldi. Yillar o‘tdi
oradan, yigit qiynoqda yotar, Ko‘tarilmas
azoblar, kundan kun bo‘lar battar. Ammo bir
kun qabrga keldi ikki farishta, Zulmat bosgan
bu qabr, birdaniga yorishdi. Farishtalar
dedilar: "Bitdi qabr azobi, Endi sizga
bo‘lmagay,, Allohning hech bir g‘azabi. Bu
sovg‘alar siz uchun, bo‘lsin sizga muborak.
Bizlarning kelishimiz, sizga jannatdan
darak". Yigit dedi: "Malaklar, sizlar shoshib
qolibsiz, Loyiqmasman sovg‘aga, siz adashib
kelibsiz. Orzularim ko‘p yedi, o‘lib ketdim
armonda, Loyiqmasman sovg‘aga, qilmang meni
sharmanda. Yotaverib bir joyda, ko‘nikdimku
sabrga, olib borib beringlar, uni boshqa
birovga". Farishtalar dedilar: "Biz
qilmaymiz hech xato, Bu sovg‘alar siz uchun,
sizga qilingan ato. Jon oluvchi farishta
joningizni olgandi, O‘sha payt beshikda,
farzandingiz qolgandi. Insonlarga
farzandlar, beriladi omonat, Omonatga
xiyonat - o‘rgatmasa diyonat. Ayolingiz tarbiya
qildi yolg‘iz bolani, Farzandingiz shu bugun,
o‘rgandi "Bismillah"ni. Qabringizni tark
etar, endi azob-g‘avg‘olar, Diyonatli
farzanddan, kelaverar sovg‘alar. Yaxshi qolgin
ey yigit, so‘zimiz rostdir ishon", Farishtalar
ketdilar, qabr bo‘ldi nurafshon. Oxiratni
unitdik, dunyolarga berilib, Savob ishni or
bilib, gunoh qildik kerilib. Bismillohni
o‘rganib, shuncha savob bo‘lsa gar, Qancha savob
bo‘larkan, Qur’on o‘qisa agar. Duo kiling
azizlar farzandlar duo kilsin Kabrlar nurga
tulsin biz kabrga kirganda
Maqola nomi : Farzand sovg'asi
Vaqti : 30.08.2014|10:12
Ko'rilgan : 1551
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 161/142
Reyting
Bosh sahifa » Sherlar » Falsafiy sherlar
Maqola o'qiypti :22 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика