UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Aziz birodarim! Keling quloq tuting, mening qalbimni eshting. Ko'nglimni yozib yengil tortay... Sinib parchalangan qalbim birgina sirdoshga zordir. Armonimni so'zlasam, tinglaysizmi birodar? Istardimki, hech kim armonga mendek yo'liqmasin.

Kunlar o'tar edi shoshib. Qalbda sevinchlar oshib. Orzularga to'lib, toshib. Dard nimaligidan bexabar umrguzaronlik qilardim, toki uni uchratmagunimcha... Uni ko'rdimu, dunyo o'zgardi bir zumda... Ko'ngilda allaqanday xislar paydo bo'ldi. Na ismini, na yoshini bilmas edim. Uning qarashlari naqadar yoqimli edi. Nigohlaridagi teranlikni hech narsada ko'rmadim. Naqadar mukammal go'zallik deya lol bo'lib qoldim. Kechalari uyqu yo'qolgan, tuni bilan o'sha begona qiz hayolimni egallagandi. Yo'llariga intizor bo'lardim, xuddi u keladigandek. Lekin kelmasligi aniq ravshan. Hullasi kalom, bu sevgi men uchun armon bo'lib qoldi. Batafsil gapirib berishga madorim yetmadi...

Mening oromim uning charog'on ko'zlarida qolib ketdi. Uni hech yodimdan chiqarolmayman. Qalbimda bir ko'zgu borki, undan faqat u ko'rinaveradi. Sog'inchning qo'lida yuragim qiymalanar edi. Uning oyoq kiyimiga ham xavas qilardim. Nega deysizmi? Chunki o'sha poyafzal doim u bilan birga. Uning poyiga o'z bag'rini tutib, tikonu kirlardan ximoya qilib turibti. Qayerga bormasin, birga olib ketadi. Oyoq kiyimni bir kun kelib eskirgach tashlab yuboradi. Lekin baribir xavas qilaman. Chunki baribir u bilan o'tkazgan shirin damlari xotirasida manguga saqlanib qoladi... Ehh nimalar deyapman, u jonsiz narsaku?!

Mening eng birinchi va so'ngi armonim! Senga aytar so'zlarim bisyor. Dil so'zlarimning bir qismini yozib qoldiryapman, garchi senga yetib bormasligini bilsamda... Men senga butun umr sodiq qolaman. Sendan o'zgasini seva olmayman. Unutishga balki o'limgina muyassar qilur?! Yillar o'tar, ammo mening sof muhabbatim sira o'chmas. Endi seni ortiq kutmayman. Ammo betayin ko'ngil, yurak kutaveradi, kutaveradi. Yuragimga rahmim keladi doim... Seni tinglash naqadar yoqimli edi, ammo endi bu quloqlar hech qachon seni tinglay olmas. Dilimni tilka pora qilayotgan yana bir narsa, sening ko'nglingdagini bilolmasligim. Ming xil gumonlar orasida qolib ketdim. Azoblarimdan xabardor emassan. Afsuski men ham sendan xabardor emasman. Meni qiynayotgan azoblar seni ham qiynamayotganmikin? Ilohim, bunday bo'lmasin. Sening ko'ngling zarracha ozorlanishini hohlamayman. Mayli, men haqimda o'ylamagin. Sevmasang mayli sevmagin. Lekin farishtaginam hargiz ko'zing yoshlanmasin. Meni deb ham ko'z yosh to'kma. Faqat bitta o'tinchim sendan, bu olamda senga jonini berishga tayyor bo'lgan bir telba bo'lganini unutmagin. Mayli shaxsan tanimasang ham... Diling nimadandir ozorlangan vaqtda telba oshig'ingni eslab taskin topgin. Bu yozganlarim, bilmam bir kun senga balki yetib borar. Balki o'sha vaqtda men hayotdan kuz yumgan bo'lurman. Shu yozganlarimni o'qigan vaqtingda, men uchun bir tomchigina ko'z yosh atagin. Ana o'sha birgina ko'z yoshing mening barcha azoblarimni yuvib ketar balki... Hayolingni bir zumgina egallash men uchun naqadar baxt ekanini bilsang edi!

Aziz birodarim! Dardimni so'zlab ko'nglingizni bexuzur qilgan bo'lsam ma'zur ko'rgaysiz. Yuragimni to'ldirib yotgan olovni sal bo'lsada yoyib oldim. Ko'nglim biroz yengillashganday bo'ldi. Erinmay armonimni tinglaganlarga tashakkur! Malol kelmasin deb qalb izxorlarimni qisqaroq qilishga harakat qildim. Hammalaringizga tilagim: sevganingiz bilan qo'sha qaringlar, armonning mendek qurboni bo'lmanglar! Allohim, hammani sevgani bilan birga qilsin!

Ko'zlari to'la yosh bilan - Dilbek!
Maqola nomi : Armonimni so'zlasam!
Vaqti : 02.08.2014|22:47
Ko'rilgan : 1430
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 254/210
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :73 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика