UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ushbu maqolada sizlar bilan umumiy ovqatlanish ratsionidagi mushaklarni tez rivojlanishida muhim rol o’ynaydigan eng kerakli 10 ta mahsulot haqida ma’lumot bermoqchimiz!


Mushak massasini oshiradigan eng yaxshi mahsulotlar o’ntaligi bilan tanishing:


Tvorog– aynan ushbu mahsulot mushak parvarishida eng muhim bo’lgan xususiyatlarga ega. 150 gramm tvorog 22 gramm oqsilni o’zichiga oladi. Oqsil esa mushaklar qurilishidagi asosiy “qurilishmateriali” ekanligini unutmaslik lozim. Bundan tashqari tvorog “tez” va “sekin” hazm bo’ladigan oqsillardan iborat ekanligi bilan ham ko’pchilik sportchilar orasida qadrli hisoblanadi.



Baliq – bu jonzot organizmida bir vaqtning o’zida ham oqsil, ham omega-3 yog’ kislotasi mavjud. Bu ikki moddaning bir vaqtdagi iste’moli mushaklarni o’stirishda sizga kata yordam beradi. Baliq organizmingizdagi metabolizm jarayonini kuchaytirib, kerakli natijalarga erishishingizga ko’maklashadi.


Suli– ko’p vaqtga yetadigan uglevodlar manbai. Suli qabul qilingandan so’ng minimum 3 – 5 soat davomida sizni energiya bilan ta’minlab turadi. Shundan so’ng bemalol mashg’ulotlarga kirishishingiz mumkin. Mushaklarini to’g’ri o’stirishni biladigan har bir odamning ovqat ratsionida albatta ushbu mahsulot mavjud. Unga yanada samaraliroq natijaberish uchun tuxum oqsilini aralashtirib iste’mol qiladilar.




Grechka– Bu ham yaxshigina uglevod komponentlaridan tashkil topgan mahsulot. 100 gramm grechka biologic qiymati 90% dan ortiq bo’lgan 18 gramm oqsilni o’zida jamlagan bo’ladi.




Mol go’shti– kulturistlar uchun eng foydali mahsulotlardan biri. Unda muskullar uchun zarur bo’lgan oqsillardan tashqari, rux, temir, niatsin, sportchilar uchun eng kerakli komponentlar B6 va B12 vitaminlari mavjud. Go’sht tanlashda yog’I kam bo’lgan qismidan olishga harakat qiling, aynan suyaksiz joyidan olish maqsadga muvofiq. Yog’li joyi mavjud bo’lsa, taom tayyorlashdan oldin olib tashlang.




Baliq yog’I – baliq yog’I og’ir mashg’ulotlardan so’ng mushaklardagi yallig’lanish jarayonlariga qarshi kurashuvchi xossaga ega. Shuning uchun ushbu yog’ni qabul qilgandan so’ng mashqlar bilan tez – tez shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bundan tashqari metabolizmni ham kuchaytiradi.




Tovuq go’shti – proteinlarning ajoyib tabiiy manbai. Agar mushaklarni o’stirish maqsadida mahsulotni iste’molqilmoqchi bo’lsangiz, yog’da qovurmasligingiz maqsadga muvofiq. 100 gramm tovuq ko’kragi – 22 gramm oqsilga to’g’ri keladi.




Suv – atletlar uchun eng muhim modda. Siz kuniga taxminan 3,5 litr suv iste’mol qilishingiz kerak. Nega bu atletlar bu qadar ko’p suvichishlari kerak, degan savolga ikki xil javob bor. Birinchidan, iste’mol qilgan oqsil va uglevodlaringiz o’zlashtirilishi uchun ko’p suv talab qilinadi. Ikkinchidan, sportchi organizmi kata hajmdagi jismoniy ish bajargani uchun ko’proq suvga ehtiyoj sezadi. Mashqlar bilan shug’ullangan kuningiz iloji boricha ko’p suyuqlik ichishga intiling.




Tuxum– juda kata oqsillar “ombori” (1 ta tuxumda 6 – 8 gramm oqsil) hisoblanadi. Faqat oqsilgina emas, balki vitaminlar, rux, temir va kalsiyga ham boydir. Bu xususiyatlari bilan sizning ham sevimli mahsulotingizga aylansa ajab emas.






Bodom – deyarli barcha yong’oqlar oqsillar manbai bo’lib xizmat qiladi. Asosan bodomni oqsil makoni deb hisoblash mumkin. O’simlik oqsili ichida eng foydalisi hisoblanadi. Tarkibidagi oqsil miqdori go’shtdagidek 30% ni tashkil etadi. O’simlik oqsillari hayvon oqsillariga qaraganda tezroq va ko’proq o’zlashtirilar ekan. Vitamin va minerallarga boyligi bo’yicha go’sht va baliqni ham ortda qoldiradi. Yana muhim qiziqarli fakt – arginin ko’p, lizin kam miqdorda bo’lishi lozim. Aminokislotalar xuddi shunday nisbatda bo’lishi qon – tomir kasalliklari yuzaga kelishini oldini olar ekan. Argininning – o’sish gormoni hamda jigarda sintez qilinadigan keratin moddasi uchun asosiy homashyo hisoblanadi. Jismoniy mashg’ulotlar bilan faol shug’ullanadigan odamlar ratsionida ushbu mahsulot bo’lishi maqsadga muvofiq.
Maqola nomi : Mushaklar rivojlanishi uchun muhim bo'lgan 10 ta mahsulot
Vaqti : 26.07.2014|00:51
Ko'rilgan : 8314
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 566/451
Reyting
Bosh sahifa » Foydali
Maqola o'qiypti :46 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика