UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Hayot bizni doim oldinga yetaklaydi va kunlar borgan sayin jadal o‘ta boshlaydi. Bunday sharoitlarda stress muqarrar holatga aylanadi.
Kamayish o‘rniga ko‘payib boradigan ish, uydagi tashvishlar – bularning hammasi kishini muvozanatdan chiqarishi shubhasiz. Biroq noumidlikka tushmang, asabiylik kayfiyatingizni tushirib yubormasin. Asablarni tinchlantirishning o‘zingizga mos retseptini toping.
1. Toza havoga chiqing. Ofisda o‘tkazilgan soatlar va plastik deraza bilan to‘silgan olam hatto stressga eng chidamli kishilarni ham muvozanatdan chiqarishi mumkin. Agar havo ochiq bo‘lsa, albatta, ko‘chada biroz sayr qilish uchun vaqt toping. Bu yengillikni his qilishingizga yordam beradi. Hech iloji bo‘lmasa, derazani oching va toza havodan to‘yib nafas oling.
2. Musiqa tinglang. Kayfiyatingizni ko‘taradigan va sizni baxtliroq qiladigan sevimli taronangizni tanlang.
3. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning. Tushlik paytida boshlig‘ining surati tushirilgan sport anjomini mushtlaydigan yaponlar esingizdami? Ana shu yaponlar dunyodagi eng ishchan odamlar ekani endi hech kimga sir emas, chunki ular asabiy zo‘riqishdan xalos bo‘lishning yo‘lini biladi. Ushbu maslahat o‘troq ishda mehnat qiladiganlar uchun juda yaxshi. Nima bilan shug‘ullanishni o‘zingiz hal qilasiz. Bunda yoga ham, raqslar ham, yugurish ham va, hatto, yostiqlar "jangi” ham yordam beradi.
4. Shirinlik tanovul qilinig. Qand haqiqatan ham tinchlanishga yordam beradi. U organizmni lazzatlanish gormonini ishlab chiqishga rag‘batlantiradi, bu esa asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qand yengil og‘riqsizlantiruvchi xususiyatga ham ega! Biroq shirinliklarni suiste’mol qilmang, chunki u quvonchdan tashqari, ortiqcha kilogrammlarni ham olib keladi...
5. Do‘stingizga qo‘ng‘iroq qiling yoki shunchaki ichingizdagini kimgadir to‘kib soling. Tashvish sababini bartaraf etish uchun ba’zida u haqda gapirib berishning o‘zi yetarli bo‘lar ekan. Odamlarga turmush qiyinchiliklarini yengishga yordam beruvchi psixoterapevtlar aynan shu xususiyatdan foydalanadi. Biroq mutaxassisga murojaat qilish uchun sabab har doim ham jidddiy bo‘lavermaydi – shunchaki sizni nima asabiylashtirayotgani haqida yaqin kishingizga gapirib bering, darhol yengil tortasiz.
6. Hayvonlar bilan o‘ynang. Bizning kichik ukalarimiz asablarni tinchlantirish kabi noyob xususiyatga ega. Agar uy hayvoningiz bo‘lmasa, muloyim momiq mushugi yoki kuchugi bor bo‘lgan tanishingiznikiga boring.
7. Vaqtingizni o‘zingiz xohlaganday qilib o‘tkazing. Yuvilmagan idishlarni shundoq o‘z holicha qoldiring va kinoga, qahvaxonaga va shunchaki sayrga chiqing. Shu tarzda o‘zingizga tanaffus berasiz, aks holda stressga uchrashingiz aniq.
8. Shopping bilan shug‘ullaning. Aytganday, ushbu maslahatdan erkaklar ham foydalanishi mumkin. Bunda biror qimmat buyum sotib olish ham shartmas. Erkaklar mashinalari uchun oynatozalagichlar yoki soqol olish uchun krem tanlashi mumkin. Asosiysi natija emas, balki shopping jarayonida g‘am-tashvishlarni unutishdir.
9. Kuling. Komediya filmlari va ko‘rsatuvlarining muvaffaqiyatini niima bilan izohlash mumkin? Ular bizga asablarni bo‘shashtirishga va kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi. Kulgu umrni uzaytirib qolmasdan, depressiyani davolaydi va stressdan juda yaxshi xalos etadi. Barcha ishlarni unuting, sevimli komediyangizni qo‘ying – o‘zingizni boshqa insonday his qiling.
10. Sovuq suvga yuvining. Ushbu maslahat asabiy taranglik darajasini zudlik bilan tushirish kerak bo‘lgan odamlarga mos keladi. Qizlar, "pardoz-chi?” deb so‘rashi mumkin. Buning qo‘rqinchli joyi yo‘q, bo‘yningizni ho‘l qo‘llar bilan arting, qo‘llarni tirsaklargacha suvga soling. Suv o‘zi bilan g‘am-tashvishlarni olib ketish va tinchlantirish xususiyatiga ega.
Maqola nomi : Asablarni tinchlantirishning 10 ta usuli
Vaqti : 25.07.2014|00:43
Ko'rilgan : 6238
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 434/386
Reyting
Bosh sahifa » Foydali
Maqola o'qiypti :114 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика