UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Venalarning varikoz kengayishida bir nechta bosqich farqlanadi.
Birinchi bosqich – yoqimsiz hislar va og‘riq bo‘lmaydi, faqat venalarning chiqib qolgani, qizil "yulduzchalar” va sonlar yoki boldirlarda tomir to‘rlarini ko‘rish mumkin, kechga yaqin oyoqlarning yengil shishgani his etiladi.
Ikkinchi bosqich – boldir va tovon suyagini birlashtiruvchi bo‘g‘imda ko‘zga tashlanadigan shishlar asosan kechqurunlari va yuklamalardan keyin paydo bo‘ladi, kechasi boldir mushaklari tortishishi, uvushib qolishi, sanchishi, jimirlashi seziladi.
Uchinchi bosqich – oyoq shishlari ko‘zga tashlanadi, terida va teri osti biriktiruvchi to‘qimalarida qotgan joylar shakllanadi, pigmentatsiya, dermatitlar paydo bo‘ladi, qichish va shishish hissi paydo bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich – oyoq terisida trofik yaralar hosil bo‘ladi.
Agar oyoqlaringizda og‘irlik his qilsangiz, oyoqlaringiz shishsa, agar tizza ostida, to‘piqda yoki boldirda ko‘plab tomir "yulduzchalari”, venalarning varikoz kengayishini ko‘rsangiz, mutaxassisga murojaat qiling. Vena tomirlarini UTTdan o‘tkazish natijalari venalarni davolash usulini belgilashda yordam beradi.
Raqamlar va faktlar
Tomirlar varikoz kengayishining u yoki bu alomatlari rivojlangan mamlakatlar aholisining 70% da uchraydi. Bu kasallikka asosan ayollar moyil bo‘ladi. Ularda varikoz 25-45 yoshlar oralig‘ida paydo bo‘ladi, erkaklarda esa – 45-50 yoshlarda. Ushbu xastalik o‘zining asoratlari bilan xavflidir. U har to‘rtinchi bemorda 10 yildan so‘ng nogironlikka olib keladi.
Kasallik sababchilari:
- o‘troq hayot tarzi yoki oyoqlarda tikka turib ishlash (sartaroshlar va sotuvchilar); - ortiqcha vazn; - og‘ir yuk ko‘tarish; - homiladorlik, balog‘atga yetish davridagi gormonal o‘zgarishlar; - gormonal kontratseptivlarni qabul qilish;- tomirlarni siquvchi, tanaga haddan tashqari yopishib turadigan kiyimlar (yopishib turuvchi jinsi shimlar, qalin kolgotkalar, chulkilar, golfilar va rezinasi siqib turuvchi paypoqlar, to‘piqni siquvchi bog‘ichli poyabzal); - oyoqlarni chalishtirib o‘tirish; - kashandalik. Profilaktika
- agar uzoq vaqt tikka turish yoki o‘tirishingizga to‘g‘ri kelsa, qulay vaqt topilishi bilan og‘irlikni oyoq uchidan tovonga va tovondan oyoq uchiga hamda bir oyoqdan ikkinchisiga tushiring; - qon faolroq aylanishi uchun imkoniyat topilganida zinapoyadan yuqoriga va pastga yuguring; - past poshnali poyabzal kiying – uning balandligi 4 sm dan oshmasligi kerak, kechki bazm tuflilarining poshnasi esa – 6 sm dan ko‘p bo‘lmagani ma’qul; - bo‘sh vaqtingizda oyoqlarni biroz ko‘targan holda yoting (ular yurak sathidan 15- 20 sm balandlikda bo‘lishi kerak); - eng yaxshi profilaktika vositalaridan biri – bu davolovchi trikotaj. Uni albatta kiyib yuring!
Maqola nomi : Venalarning varikoz kengayishi: alomatlari, sabablari va profilaktikasi
Vaqti : 25.07.2014|00:42
Ko'rilgan : 6551
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 716/524
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :29 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика