loading...

UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
"Buni taqdir deydilar"
Poyezdga yetolmagach yigit yugurishdan töxtadi. "Jin ursin ösha svetaforni,- hayolidan ötkazardi u,- ertaroq harakatlanish kerak edi. Qayerdanam ösha betayinning mashinasiga ötirdim!" U asabi tarang holda ortga ögirildi. Shu vaqtda xuddi özi kabi poyezd ortidan afsuslanish bilan qarab qolgan qizga közi tushdi. Qizning uzun sochlarini shamol öynab, xafaqon yuzlariga tushirarkan, yigit undan közlarini uzolmay qoldi. Haqiqatda, qarshisida judayam sohibjamol 21-22 yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz ham yurishdan töxtadi. Uning shaxlo közlari anchagina olislab ketgan poyezdga termulgan köyi yig'lab yuborishga tayyor turardi. Yigitga qizning bu holati judayam g'alati, özgacha jozibali tuyulardi. Ayni damda yigit poezdni unutib ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor ekan", - tabassum qildi u. Qiz ham taqdirga tan berdi shekilli, yigit tomonga qaradi. - Salom, -dedi yigit. - ... - Poezdda ketadigan odam bunday ertaroq harakat qilishi kerakda. - Sizga öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq, men poezddan sizni körib tushib qoldim. Qiz javob bermay vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit unga yetib oldi va gapirishda davom etdi: - Bu shaharda hamma shoshadi, xatto poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi? Shoshib qayerga ham borardim. Taqdirimda nima yozilgan bölsa shu. Kechirasiz, siz taqdirga ishonasizmi? - Yöq. - Bekor qilasiz. Qiz kassaga borib keyingi poezd qachon bölishini söradi. 8 soatdan keyin degan javobni eshitgach, juda xafa böldi. Yigitni esa ushbu javob mutlaqo xursand qilib yuborgandi. Chunki bu gözal qiz tobora uni maftun qilib borardi.
- Afsus,- dedi qiz.
Yigit bölsa, kassadagi qizga
minnatdorchilik bildirdi:
- Rahmat sizga, iloji bölsa yana
qöshimcha 8 soat ushlab
turinglar ösha poyezdni.
Qiz yigitni kuzatib turarkan,
uning özini tutishidan hayron
qolardi.
Qiz odamlar gavjum bölgan
kutish zalidagi örindiqlardan
biriga borib ötirdi. Biroz ötgach
yigit ham uning yoniga kelib
ötirdi.
- Mening ismim ... , bu shaharda
mehmonman. Sizchi?
- Men ham mehmonman,- javob
berdi qiz.
- Ismingizni aytmaysizmi?
- Zarurati yöq, ishonavering.
- Albatta... Ishonish yarim g'alaba
degani.
Qiz qöng'iroq qilish uchun
chetroqqa chiqdi. Qayergadir
qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat
bilan kuzatardi...
Qiz qaytib kelgach yigit undan
söradi:
- Uzr, ruchka topiladimi?
Qiz sumkasidan ruchka olib
yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan
ruchka bilan qöliga nimanidir
yozdi-yu qizga ruchkasini
qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz
örnidan qözg'aldi. Yigit:
- Sizni uyda kutishyapti,
shunaqami?
- Ha.
- Avtobusda 6 soatlik yöl.
Umuman olganda keyingi
poyezdni kutishning foydasi ham
yöq. Maylimi, sizga hamrohlik
qilsam? Faqat yöq demang.
- Nega endi yöq demasligim
kerak?
- Chunki, meni taqdirimga siz
bilan bitta avtobusda birga ketish
yozilgan bölishi kerak.
- Aytdimku, men taqdirga ishon...
Qiz oxirigacha gapirolmadi.
Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq
qizning ruchkasi bilan yozgan
yozuvni unga körsatgach
hayratdan gapirishdan ham
töxtab qoldi. Yigitning qöliga
bejirimgina harflarda qizning
ismi yozilgandi. Qiz örnidan
qözg'alib, allaqachon chiqish
eshigi tomon yönalgan yigitdan
söradi:
- Qayerdan topdingiz?
Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini
avval köksiga, keyin peshonasiga
olib bordi-yu kulib javob berdi:
- Buni taqdir deydilar...
* * *
Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi avtobusga chiqishdi. Biroz jim ötirishgach yigit kamzulining kissasidan judayam ixcham, lekin öta chiroyli kichik gul g'uncha olib qizga tutdi:
- Tug'ilgan kuniz bilan!
Qiz közlarini katta-katta ochib yigitga qarardi. Haqiqatda bugun uning tug'ilgan kuni, shu sabab uyiga shoshilayotgandi. Yonida ötirgan öta qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron qoldirishda davom etmoqda edi.
- Q...Qayerdan bildiz?
- Buni jon deb aytardim-u zaruriyati yo'q, ishonavering, - kuldi yigit.
- Jiddiy so'radim.
- Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bölib men tabrikladim.
- Haya, rahmat,- qiz jilmaydi.
Biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan kelishgan yigit qizni tabassum qilishga majburlay olardi.
Avtobus yölga chiqdi. Yigit qizga qiziq narsalar haqida gapirib berar, u oddiy narsalar haqida ham shunday kulguli va jumboqli gapirardiki, qiz miriqib kulardi, teran öyga tolardi. Bir soatcha yurishgach qiz yigitdan söradi:
- Endi ismimni qanday qilib topganizi ayta qoling.
Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga qaramasdan söz boshladi
- Dunyoda shunday toifali insonlar borki, öz fikrini siz-u menga shunchaki bildirolmaydilar. Eshitishadiyu zabonlari yöq, yoki aksincha eshitmaydilar. Men shunday kishilarga öz fikrlarini ifodalay olish san'atini örgataman. Kasbim shunaqa. Qöl harakatlari orqali, lablarning qimirlashi orqali ularning nima haqda gapirayotganlarini tushuna olaman. Endi siz haqizda, menimcha vokzalda oyijonizga qöng'iroq qilgandiz...
Qiz
Maqola nomi : Taqdir..1
Vaqti : 25.07.2014|00:39
Ko'rilgan : 2988
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 382/265
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :44 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика