UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Oradan 5 oy ötdi...
Xiyobonda, gavjum odamlar orasida telefonda kim bilandir
suhbatlashib ketayotgan yigit
kimgadir urilib ketdiyu telefoni
qölidan tushib ketdi va chil-chil böldi. Yigit telefon bölaklarini
yerdan oldi-yu jahl bilan ösha insonga qaradi:
- Közizga qara.s... Siz?!
Yigitning qarshisida 5 oydan beri qidirib topolmaydigan, ösha,
uning oromini ög'irlab ketgan
uzun sochli qiz turardi. Yigit uni
ösha xayrlashishgan kundan boshlab qidira-qidira hech
topolmasdi. Internetdan, modalar
uyidan, shaharning deyarli har bir hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz haqida biron ma'lumot
topilmasdi. Chunki qiz öqirdi, dizaynerlik esa uning sevimli
mashg'uloti edi xalos. Vaqt ötgan sari yigit taqdiriga tan bera
boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga
uchrashtirmoqda edi.
- Yaxshimisiz,- qizning yoqimli ovozi hayolini böldi.
- Endi, ha!
- Telefoniz singani uchunmi?
- Yöq... Uni siz sindirganiz uchun.
"Hecham özgarmabdi". Shu fikr har ikkisining hayolida paydo böldi.
- Uzr sörayman, behosdan... Tög'risi, shoshib ketayotgandim...
- Ha, bu shaharda ham hamma shoshadi.
- Xatto poyezdlar ham...
Yana ösha vaqtlardagidek kulgu
yangradi...
- Taqdirni qarang, sizni 5 oy qidirib topolmagandim, uni özi bizni 5 soniya ichida uchratdi.
Aytgancha, hali ham taqdiqga
ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin, ular chetroqdagi
örindiqqa ötirishgach qizdan söradi.
- Yöq,- jilmaydi qiz.
- Unaqada nima sabab aynan siz bilan bu taxlit uchrashib qoldik?
- Bu tasodif...
Yigit qizning shu 5 oy ichida uni unutib yubormaganligini sezdi. Har holda, uchrashganlarida, qiz
aytgan "poyezdlar ham shoshadi" iborasi uni nimadandir umidvor qilardi. Shu kun yigit qiz bilan
uzoq suhbatlashmadi. Lekin u qizning telefon raqamini oldi.
Shu kun yigitning yuzida ulkan
quvonch shukuhi porlardi. Har holda u qizning nima haqdadir chuqur öyga tolib qolayotganini
payqamasdi. U mast edi. Baxtdan mast edi...
Qiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi. Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni juda ajoyib ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib, charchagan köyi örniga yotarkan qiz bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni öyladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga qöyib qöydi-yu közlarini uyquga yumdi.
Ertasiga darsda ötiribdi-yu hayoli özida emas. Poyezd, avtobus... "Nimalar böldi menga? Bir kunda u haqda shuncha öylayapmanmi? Yöq, men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin qiz nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har tunda yostig'i ostidagi tumorni qöliga olib, shirin hayollar qilardi. Bu hayollar esa tobora uni yigitga qattiqroq bog'lab borardi. Ösha lahzalarda qiz yigit uni qidirayotganini sezardi, lekin hech narsa qilib bölmasdi. Kutish kerak. Faqat shu yöl bor edi...
5 oydan söng...
Qiz kunlar ötib, yigitning kelmasligiga ishonch hosil qildi. Qayerdan ham kelardi. Balki butunlay unutib ham yuborgandir. Ayni shu vaqtlarda qizning oilasida uni uzatish haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz borgan sari bu talablarga rad javobini berishga qiynalardi. Oxiri hammasini ota-onasining ixtiyoriga tashlab qöydi. Ösha kunning özidayoq qizning uyidan sovchilar rozilik javobi bilan chiqib ketishdi...
Ular ketishdi-yu qizni titroq bosdi. Xonasiga kirdi. Tumorni qöliga olib yig'lab yubordi. Negaligini özi anglamasdi. Faqat yig'lagisi kelardi. Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi döstidan edi. Juda yaxshi yigit, lekin... Nimayam qilardi? Taqdiri shunaqa ekan. Haya, taqdir... U yana kimnidir eslatib yubordi. Ösha kuni qiz töyib yig'ladi. Bor hasrati köz yoshlarga qöshilib yuragidan chiqib ketdi.
Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi hijil. Hamma baxt tilayapti. Qaydam? Töyni kuyovning ishlari tufayli 40 kundan keyinga belgilashdi. Qiz özini chalg'itishga urinardi. Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon tumorni qöliga oldi. Unga bir oz tikilib turgach yana joyiga qaytarib qöydi. "Yöq, bugun uni qölimda olib yuraman. Birinchi va sönggi bor...",- qaror qildi qiz. Xiyobonda tumorni mahkam siqib shoshib ketardi. Keyin... Keyin urilib ketdi. Telefoni qölidan tushib sinib ketgan yigitga qaradi-yu qiz qölidagi tumorni qattiqroq siqdi...
Telefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar... Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini taqdir izmiga tashlab qöydi. Chunki uning sevgisi shu qadar kuchli ediki, undan shunchaki köz yumib ketolmasdi. Har uchrashganlarida yana va yana qattiqroq bog'lanib borardi. Faqat yigit har uchrashganlaridan söng qanchalik baxtli kunlarning yaqinligi haqida öylardi, qiz esa yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his qilardi. Shuning uchun qiz hech kimga bildirmasdan köp yig'lardi...
Oradan 20 kun ötib yigit qizga
Maqola nomi : Taqdir..2
Vaqti : 25.07.2014|00:38
Ko'rilgan : 3663
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 292/285
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :18 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика