UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
2007 yil aprel oyi …
Harbiy xizmatga ketaturib, unga xat yozdim. Shoshilinch ketayotganim sababli ko‘risha olmadi. Qo‘ng‘iroq ham qila olmadi. Xat yozib do‘stimga qoldiryapman. U yetkazib beradi.
(Sevgilimga birinchi xat)
Jonginam, mana bugun men harbiy xizmatga ketayapman. Atigi 1 yilgagina. Sendan uzr so‘rayman, seni ko‘ra olmay ketayapman. Aslida 1 haftadan so‘ng ketishim kerak edi, lekin bugun ketishim kerakligini aytishdi. Hafa bo‘lmaysana? 1 yil hech narsa emasku, ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketadi. Rostini aytsam seni ko‘ra olmaganimdan rosayam afuslanayapman. 1 yil seni ko‘rmay qanday yurish esa aqlimga sig‘mayabdi. Harbiy qismga borishim bilan senga manzilim to‘g‘risida xat yozaman. Shundan keyin sen ham menga javob yoz. Bu maktubim javobsiz qolishini bilaman. Sendan yana uzr so‘rayman. Qaytib kelganimda aybimni albatta yuvaman. Ishon sevgilim Azizam!
Seni sevib, yuzlaringdan o‘pib qoluvchi sevgiling G‘affor…
Kechki payt ketar bo‘ldik manzil tomon. Ortimadan keldi yor-u do‘st va ota-onam… Xayrlasharmiz, tilashib so‘g-salomatlik. So‘ngi marta to‘yay onam diydoriga. Onam xayrlashar ko‘zlaridagi yoshlarini berkitib. Ko‘nglim alanechuk bo‘lar, aytarman yashayman onamsiz endi qanday? Poyezd pishqirar chorlab o‘ziga, yugurdik "kech qolmay”, - deb. Onam tutqazdi qo‘limga shirinlik, yo‘lda ochmasin deb qoring. Rahmat ham ayta olmadim. Shoshirdilar bizni…
Bizni tashladilar ayni shu chog‘da,
T********* atalmish yarim orolga.
Shundan keyin boshlandi qayg‘uli kunlar,
Shundan keyin boshlandi uyqusiz tunlar.
Turkman shamolida sarg‘aydi sochim.
Chidadim, chidadim men barisiga,
Menga hamroq edi aziz qurolim…
Harbiy xizmat. Uydan uzoq makon. Ko‘nikish esa qiyin. Uydagi kabi sharoit yo‘q. Hech kim senga rahm qilmaydi… Ko‘nikarkan odam baribir. Men ham ko‘nikdim.
O‘n to‘qqizga kirdi yoshim
Harbiy bo‘ldi ust-boshim,
Ko‘p savdolar ko‘rdi boshim
Onajonim yo‘qlamadingiz.
Ketar vaqtim yig‘lab qolgan,
Peshonamdan o‘pib olgan.
Ortimdan duolar qilgan,
Onajonim yo‘qlamadingiz…
So‘g‘inch qiynar odamni. Rosa esladim onamni. Har kuni ko‘rgim kelardi. Tushlarimda ko‘rardim har tun. Xat yozgin degandingiz. Mana endi sizga xat yozaman.
(Onamga xat)
SALOM XAT
Assalomu Alekum onajon. Qalaysiz, uydagilar yaxshimi? Dadam, akalarim, kelinoyilarim, jiyanlarim yaxshi yurishibdimi? Qo‘shnilarchi? Hammasi yaxshimi? Mendan so‘rasangiz menda hammasi zo‘r.Yaxshi yetib keldim. Joylashib ham oldim. Bu yerning tabiati o‘zimizning uyimizdagidek. Hech ham farq sezilmaydi. Suvlari ham yaxshi, ovqatlari ham. Mendan aslo havotir olmang. Yana xat yozaman. Bu yerda yana 1 oy bo‘lib, keyin boshqa yoqga o‘tkazisharkan. U yoqga o‘tganimdan keyin sizga yana xat yozaman. Meni nomimdan hamma- hammaga salom deb qo‘ying. Jiyalarimni o‘pib qo‘ying.
O‘g‘lingiz oddiy askar G‘affor…
Xizmat qiyinmas edi. Qadam bos, 4 soat tikka tur. Shu bilan kun kech. Bo‘sh vaqtda xizmatdoshlar bilan suhbat, yangi chehralar, yangi do‘stlar… Hamma o‘zini oldin nima ish qilgani bilan maqtanadi. Nimadir qila olmagani bilan afsuslanadi. Bir xillari sevgan qizi bilan nimalar qilganini o‘g‘zi ko‘prib, eslab aytib beradi. Men indamasdan eshitib o‘tiraman. Meni ham esimga u bilan yurgan paytlarim, gaplashgan gaplarim esimga tushadi. Qo‘limga qog‘oz olib, qoralay boshlayman.
(Sevgilimga ikkinchi xat)
SALOM XAT
Seni sog‘indim. Maktubni salom bilan emas, aynan seni sog‘inganim bilan boshlayapman, seni sog‘inganimni his qilishing uchun. Seni rosa sog‘indim. Seni eslab kunlarim o‘tayapti. Seni yana ko‘rmoq uchun uyga qochib ketgim kelyapti. Afsus, bunday qila olmayman. Mana senga xizmatdagi birinchi xatimni yo‘llayapman. Men sog‘ salomatman. O‘ynab kulib yurmasam ham, yaxshi yuribman. O‘zing qalaysan? Yaxshimisan? Mendan xafa bo‘lmadingmi? Seni ko‘rmasdan ketib qolganim uchun mendan arazlamadingmi? Meni tushunasan degan umiddaman. Uzr, ko‘p yoza olmayman. Yozgan xatlarimni o‘qib keyin jo‘natishar ekan. Ko‘p yozib ularni qiynab qo‘ymay yana. Sen bu xatga javob yozmagin. Boshqa joyga o‘tkazisharkan. Seni xating kelguncha boshqa yoqga ketgan bo‘lsam, yana o‘qiy olmay qolmay. Aziza, o‘zingni asragin.
Seni sevib qoluvchi sevgiling, oddiy askar G‘affor.
Oradan bir xaftalar o‘tib, xizmatdoshlarimga xatlar kela boshladi. Kimlargadir uydagilaridan, kimlargadir do‘stidan, kimlargadir sevgan qizidan. Bittasiga uzun, taxminan bir metrli xat keldi. Hamma bolalar "o‘o‘o‘”, - deb yuborishdi. Men ham qiziqdim. Shuncha yozuvni qanday yozgan ekan. "Rosa erinmagan ekanda”, - deb o‘yladim. Borib qaradim. Yo‘q. Bir varroqga 10 tacha so‘z va rasmlar chizilgan ekan. Qoyil, bu ham muhabbat. To‘g‘risi men ham sevgilimdan xat olgim kelib ketdi. Bir metrlik bo‘lmasa ham, 10 ta so‘zi bo‘lsa ham maylidi. Yozuvlarini ko‘rib,
Maqola nomi : Sensiz xatlaring…1
Vaqti : 25.07.2014|00:37
Ko'rilgan : 4534
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 311/269
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :40 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика