UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
(Onamga xat)
SALOM XAT
Onajon, assalomu Alekum! Mana, yana sizni eslab qo‘limga qalam va qo‘g‘oz oldim. Kecha sizni tushimda ko‘ribman. Ko‘chada yig‘layotgan ekansiz. Kimdir meni sizga kasal deb aytganmish. Shunda men yoningizga boribman. Siz meni ko‘rib ko‘zlaringizga ishonmabsiz. Endi quchoqlayman deganimda uyg‘onib ketdim. Sizdan xavotir olyapman. Xatlaringizdan hammasi yaxshi deb yozayapsizku? Hamma sog‘-salomatmi? Iltimos, mendan hech narsani yashirmanglar. Men yaxshiman. Kun sanab, vaqt o‘tkazayapman. Nasib qilsa uyga qaytaman. Yana bag‘ringizda bo‘laman.
O‘g‘lingiz oddiy askar G‘affor.
2007 yil avgust oyi...
19 yil bag‘ringizda
Oq sut berib o‘stirdingiz
Avaylab qorachig‘ingizdek
Xizmatga jo‘natdingiz
Sog‘liq bo‘lsa onajon
Bir yil o‘tar bir zumda
Xizmatimni tugatib
Qaytarman bir kun
Qaytishimga bezab qo‘ying
O‘g‘lingiznngi uyini
Qaytib borsam ko‘rasiz
O‘g‘lingizning to‘yini…
Sevgilimdan xat keldi.
(Sevgilimdan ikkinchi xat)
Assalomu Alekum. Mayli roziman.
Sizni sog‘inchingiz cho‘llarda qurib ketdi. Meni sog‘inchim daryolarda oqib, dengizga yetdi. Jo‘shib to‘lqinlanar hozir u, izlab sizni! Qirg‘oqlardan nido kelar, ismiz takrorlab. Ovozim jaranglaydi qaytib osmonlardan. Sizsiz qorong‘u menga kunlar, quyosh ko‘rinar oy misoli. Yorug‘lik yetmas menga sizsiz. Yorug‘lik kelmas menga sizsiz. Siz ekansiz mening quyoshim.
Sizni suyukligingiz Aziza!
2007-2008 yillar mobaynida xatlar yozishdik. Onamdan ham xatlar ko‘p keldi. Ularda hammasi joyida ekan. Sevgilim bilan yozishgan xatlarim…
(Sevgilimga beshingchi xat)
SALOM XAT
Kechalar bedorman seni o‘ylab, seni eslab. Yorug‘ kunlar seni izlarman yonimdan yoqib chiroq. Tunlar oyga qarayman tinimsiz, undan yasab seni husning. Oy uyalar, aytar: seni sevgiling mendan go‘zal, yasay olmaysan mendan uni chexrasin. Men ojizlik qilaman unga, men mag‘lubman go‘zallikda undan. Oyda yo‘q jamoling, samolarga tikilaman, yulduzlardan sening isming yozaman…
Seni ardoqlovchi oddiy askar G‘affor.
(Sevgilimdan uchinchi xat)
Assalumu Alaykum.
Suv oqar o‘z yo‘lidan, kimdir tomon shoshib. Vaqt ham o‘tar tinimsiz, bizlarni shoshirib. Suvdek tiniq bo‘lar hayotim siz bo‘lsangiz, siz yo‘qsiz hozir, loyqalandi.Olib ketmoq istaydi vaqt zulmi meni. Sizdan yiroqlarga. So‘g‘inch ham charchadi, eslatib o‘tmishni. Endi o‘zimman yolg‘iz eslaydigan sizni. So‘g‘inchdan umid yo‘q, qoldirdi bir o‘zimni afsus. Qani edi sehirgar bo‘lib, sizni yoningizda bo‘lib qolsaydim. Bir zum mehringizga to‘yib, yana uyga qayta qolsaydim…
Sizni sog‘intirib qolguvchi Aziza.
(Sevgilimga oltinchi xat)
SALOM XAT
Senga havasim keladi. Senda bor meni suratim. Manda esa yo‘q seniki. Bir bora ko‘rsam edi surating, to‘yib-to‘yib ko‘rsam edi surating. Bir bora bo‘sa olsam edi suratingdan, dilimda qolmasdi armonim. Ko‘ksimda saqlardim uni. Asrardim ko‘zimdek. Vaqt o‘qi beshafqat ekan. Charxpalak misol aylanar tinimsiz. Gohida tez, gohida sekin… So‘g‘inchim yonimda o‘tiribdi, u ham seni so‘g‘inibdi. Yig‘lar to‘yib-to‘yib, eslolmay chehrang. Ehh, sog‘inchim, sendan qolmabdiku hech foyda. Shu ekanda vafoying. Mayli ozgina dam ola qol. Eslarsan yana va menga so‘g‘inchni kuchaytirarsan. Ko‘zlaringni pirpitatib qo‘yishlaringni so‘gindim.
Seni hech kimga bermaydigan oddiy askar G‘affor.
(Sevgilimdan to‘rtinchi xat)
Assalomu Alaykum.
Suratim yubormoqdaman sizga. Qo‘shim yana mehrimni. Boyalgan bo‘sam ham. Yuzingizga bosib meni eslang. Qo‘shib qo‘ydim yana unga sizga yoqadigan atirim hidin. Meni yana yoningizdagidek qiling his… Men yoningizdaman. Mana hozir siz bilan o‘tiribman. Sezayapsizmi? Ko‘ramasangiz ham sezyapsizmi? Hidimdan… Chuqur nafas oling. Ko‘proooq! Qanot berdi menga Xudoyim. Uchdim yoningizga, sizni ko‘rmoq istab. Qaniydi gaplasha olsam…
Sizni yoningizdagi Aziza.
(Sevgilimga yetinchi xat)
SALOM XAT
Naqadar baxtliman, naqadar baxtiyor. Endi sen meni yonimdasan. Seni ko‘rdim. Yonimdadeksan. Juda ham go‘zalsan, uzolmayman ko‘zimni suratingdan. Bir oz ozibsan va yana go‘zallashibsan. Yuborgan bo‘sangdan bo‘sa oldim. Hiding dimog‘imda qoldi. Menga ham berilsa edi qanot, seni bir borib ko‘rib kelardim. Sen bilan bir tunni dardlashib o‘tkazardim. Yonimdasan, gaplashayapman. Lekin sen meni, men seni eshitmayapmiz. Mayli ayriliq azobi boshimda ekan. Vaqt o‘tib yana ko‘risharmiz bir kun. Sen hamon go‘zal, men esa o‘zgargan, to‘lishgan chehrada…
Seni sog‘inayotgan, seni sevuvchi oddiy askar G‘affor.
(Sevgilimdan beshinchi xat)
Assalomu Alaykum!
Ko‘zlarim ochsam ham sizni siymoyingiz, yumsam ham siymoyingiz. Bilolmay qoldim nima qilishni, ko‘zim yummoq afzalmi yoki ko‘zim ochib yurmoq? Ayriliqdan qiynalarsiz mensiz. Men qiynalib bo‘ldim sizsiz. Qancha qoldi bu ayriliq tugashiga deb mendan
Maqola nomi : Sensiz xatlaring…2
Vaqti : 25.07.2014|00:36
Ko'rilgan : 4111
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 262/229
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :48 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика