UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Limon shifobaxshligi bilan qadrlanadi . Limon mevasining yumshoq qismida 5-8 % atrofida organik kislotalar (limon , olma kislotasi) , fitonsidlar, vitaminlar C,B1,B2,P karotin , flavonoidlar , efir moylari , qand , pektin moddalar ,shuningdek unda natriy ,kaliy , kalsiy , fosfor , magniy , temir kabi elementlar mavjud . Meva po'stida 0,6 % ga yaqin efir moylari (limonen, sitral), urug'larida esa moy hamda achchiq modda - limonin bo'ladi. Limonning shox va barglarida 0,24 % gacha efir moylari bor . Xalq tabobatida limon lavsha, sariq , istisqo , siydik yo'lidagi tosh , bavosil , o'pka sili , bod kasalliklarini davolashda shuningdek podagra, ateroskleroz , qon bosimi , vitaminlar yetishmasligida tavsiya etiladi . Limon sharbati bezgak bilan og'rigan bemorning isitmasini tushirish , chanqog'ini qondirishda yordam beradi . Limondan teri kasalliklarini davolashda ham foydalaniladi . Limondan tayyorlangan lasyon (xushbo'y suv) bilan yuzdagi husnbuzarlar hamda dog'larni ketkazish mumkin . Limon , bor kislotalari hamda timol aralashtirib vanna qabul qilib turilsa , oyoq terlashiga chek qo'yish mumkin . Ilmiy medetsinada limon va uning sharbati oshqozon -ichak kasalliklarida , organizmda mineral tuzlarning almashinuvi buzilganida iste`mol qilinadi , shuningdek limon sharbati angina , faringit kasalliklarini tuzatishda yordam beradi . Limon mevalari , shuningdek undan olinadigan limon kislotasi organizmda kislota yetishmasligi bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarni davolashda yordam beradi . Limon o'simligining novdalari , barglari , meva qobig'idan efir moyi olinib , undan oziq-ovqat , parfyumera hamda farmatsevtika +sanoatida foydalaniladi . Farmatsevtikada limonning efir moyi ayrim dori-darmonlar ta`mini yaxshilashda ishlatiladi .
Maqola nomi : Limon shifobaxshligi
Vaqti : 22.07.2014|18:02
Ko'rilgan : 2688
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 369/366
Reyting
Bosh sahifa » Foydali
Maqola o'qiypti :112 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика