UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
O'simlik ildizida 3,3 % gacha , poyasida 3,57 % gacha , bargida 4,96 % va urug'ida 6,60 % gacha alkaloidlar borligi qayd qilingan bo'lib , ular yig'indisidan garmalin , garmin, peganol , dezoksipeganin kabi moddalar ajratib olingan . Isiriq qadim zamonlardan beri sharq xalqlari medetsinasida qo'llanilib kelinayotgan shifobaxsh giyohlardan hisoblanadi . Xalq medetsinasida isiriqning yer ustki qismining qaynatmasidan teri kasalliklarida ,bodni davolashda vanna qilish yo'li bilan foydalanish tavsiya etilgan . Shuningdek , isiriqdan tayyorlangan qaynatma va damlamalardan bezgak , tutqanoq , nevrasteniya , shamollash bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarda foydalaniladi . Isiriqdan tayyorlangan qaynatma bilan og'iz chayiladigan bo'lsa , og'iz bo'shlig'i va tomoqning shamollashiga barham beriladi . Abu Ali Ibn Sino isiriqni kuymich asablari shamollaganida , tizza va suyaklar qaqshab og'riganida , og'riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan . U isiriqdan kuchli siydik haydovchi omil sifatida foydalangan . Isiriqning sut shirasiga 10 kun davomida shimdirilgan bir tutam paxta yoki junli mato qichma bilan og'rigan bemorlarga surtilsa , ular anchagina taskin topishi haqidagi ma`lumot ulkan ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniyning "Kitob as-saydana fit-tibb" asarida keltirilgan . Isiriq va zig'ir urug'ining qaynatmasi nafas olishining qiyinlashishida , qalampir urug'i qaynatmasi bilan birga zahm , bod kasalliklarini davolashda ishlatiladi . Ilmiy medetsinada isiriqning dorivor preparatlari qo'l , oyoq va boshqa yerlarning doim titrab turishi hamda tutqanoq kasalliklarini davolashda ishlatiladi .Isiriqning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta`sirga ham ega . Isiriq tutuni bilan xonalarni tutatish sharq xalqlari orasida odat tusiga kirgan . Bu esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga xona havosini tozalaydi .
Maqola nomi : Isiriq davoligi
Vaqti : 22.07.2014|18:01
Ko'rilgan : 2345
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 420/393
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :46 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика