UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kuydirilgan sadafning davoligi

1.Sadaf kuli 10 kun 4-5 mahaldan tish va milk illatiga surtilsa(achchiqlik va shirinliklarni yemasa), shifo topadi . 2.Kulidan ko'z og'rig'ida 3 kun 3 mahal ko'zga sepilsa , tuzalib ketadi .

Shivitning davoligi (укроп)

1.Shivitning urug'ini 5 kun 3 mahaldan choy qilib ichilsa,ichni suradi va hiqqichoq dardidan qutuladi . 2.Eski yaralarga 10 kun 3 mahal kulini sepilsa tuzaladi .

Qizilgulning davoligi (роза красная)

1.Gul yaprog'ini qaynatib ,5 kun 2 mahaldan shishishlarga qo'yib bo'glansa , shishlarni qaytaradi . 2.Qaynatmani tayyorlash : 300 gramm bargi 3 litr suvda mil-mil qilib 30 daqiqa qaynatiladi . Qaynatmani 10 kun 3 mahaldan yaralarga,son oralig'i va chot orasidagi yaralarga ,shilingan yaralarga surtilsa , foyda qiladi . 3.Qaynatmasi eski yaralarga surtilib bog'lab,qo'yilsa,et undiradi . Ho'l bargining qaynatmasi ichilsa ,bosh og'rig'iga foyda qiladi . (10 kun 3 mahal 50 grammdan ichiladi). 4.Qizilgul qaynatmasi qovoqning shishiga qarshi 5 kun 2 mahal ko'zga qo'yib bog'lansa, foyda qiladi . 5.Qizilgul suvi behushlikda ho'llab ichilsa ,foyda qiladi . 6.Qizilgul qaynatmasi jigar va me`da og'rig'ida 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa ,yaxshi foyda qiladi . 7.Gul murabbosi me`dani kuchli qiladi . 8.Gul qaynatmasi ichak yarasiga ,eski yaralarga foyda qiladi. 9.Gulni to'shab ,ustida yalang'och yotilsa ,shahvoniy hissiyotni kamaytiradi .
Maqola nomi : Kuydirilgan sadaf, Shivit(укроп) va Qizilgulning davoligi (роза красная)
Vaqti : 22.07.2014|17:55
Ko'rilgan : 2234
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 366/331
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :47 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика