UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Tokning davoligi (Виноград культурний)
1. Tok bargidan olingan suvi, yoki bargining o'zi chumolisimon so'gallarga 10 kun 2 mahaldan qo'yib bog'lansa, foyda qiladi.

2. Yovvoyi tok bargining suvi sepkil va ko'zda qon talash bo'lganda surtib bog'lansa yoki ko'zga tomizilsa, bu illatlar, kasalliklar tuzaladi .(Muddati-5 kun 3 mahal.)

3. Tok barg suvi qo'tir va temiratkilarga 10 kun 3 mahal surtilsa foyda qiladi.

4. Tok bargining 20 grammiga 5 gramm arpa uni qo'shib, bir sutkadan keyin bog'lansa, yaxshi yordam qiladi, ko'zdan yosh oqishini to'xtatadi.

5. Yovvoyisining ildiz suvi uzum sirkasi bilan ichilganda, istisqo kasaliga foyda qiladi. (15 kun 3 mahal 30 grammdan ichiladi). Parhezi : qovun, no'xat loviya, achchiq va sho'r yemaydi. Jinsiy aloqadan tiyilib turiladi.

6. Ich ketish va issiqdan bo'lgan kasalliklarga barg suvi 5 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichirilsa, foyda qiladi.

Uzumning davoligi

1. Qattiqlik, yumshoqlik, shirinlik va boshqa sifatlari barobar bo'lsa-da, oqi qorasidan yaxshiroq hisoblanadi. Uning oziqligi anjirdan kamroq bo'lsa ham, yomon sifatlarining kamligi va oziqligi ko'pincha anjirning oziqligiga o'xshab ketadi.

2. Mayizi jigar va me`da kasalligida ko'p yeyilsa foyda qiladi.

3. Toyfi mayizini kim bir oy iste`mol qilsa ko'z nurini ko'paytiradi.

4. Kim doimo mayiz yeb yursa, sira tishlari og'rimaydi.

5. Mayiz urug'i yanchilib, 300 grammini 3 litr suvda qaynatib, 10 kun 3 mahahl 50 grammdan ichilsa , ichak buyrak va qovuq kasalliklariga foyda qiladi.

6. Mayiz urug'ining talqoni bitmaydigan yaralarga sepilsa, uni tuzatadi.

Uzumning qattiqlik, yumshoqlik, shirin va boshqa sifatlari barobar bo‘lsa, oqi qorasidan yaxshiroq hisoblanadi. Uzilgandan keyin ikki yoki uch kun saqlangan uzum o‘sha kuni uzilganidan yaxshidir. Yangi uzilgan uzum (ichni) dam qiladi. Asrab osib qo‘yilgani yaxshi oziqli bo‘lib, badanni quvvatli qiladi. Mayiz jigar va me’daning do‘stidir. Uzum va mayiz urug‘i bilan birgalikda ichak og‘riqlariga yaxshi, mayiz esa buyrak va qovuqqa foyda qiladi. Xalq tabobatida tok mevasi buyrak, qovuq, me’da, yurak, ichak, jigar kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi.( Ibn Sino)
Maqola nomi : Tok va uzumning davoligi
Vaqti : 22.07.2014|17:54
Ko'rilgan : 2717
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 389/332
Reyting
Bosh sahifa » Foydali
Maqola o'qiypti :37 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика