UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kuzda ba’zi kasalliklar qo‘zg‘alishidan xabardormiz. Havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadigan shamollash va yuqumli kasalliklardan tashqari, bo‘g‘im xastaliklari ham ayni shu davrda bosh ko‘taradi. Ular sirasiga bod (revmatizm), artrit, osteoartroz, bo‘g‘imlarning emirilishiga olib keladigan yuqumli va tug‘ma kasalliklar kiradi.
Bo‘g‘imlarga shikast etkazadigan yana bir kasallik mavjud. U ilmiy tilda ankilozlashgan spondiloartrit deyiladi. Uning yana bir nomi bor: Bexterev kasalligi.
Kasallik mashhur rus olimi, iqtidorli nevropatolog V.M.Bexterev sharafiga qo‘yilgan. Mazkur kasallik nafaqat qo‘l-oyoq, balki umurtqa bo‘g‘imlarini zararlab, harakatning cheklanishiga olib keladi.
Kasallikni sharhlashdan avval bo‘g‘imlarning vazifasi va ularni sog‘lom saqlash uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligi haqida ma’lumot bersak.


BO‘G‘IMLAR O‘ZI NIMA? Tanamizda suyaklardan mustahkamroq a’zo yoxud to‘qimaning o‘zi yo‘q. Ularni bir-biriga biriktirib turuvchi va harakatimizni belgilab turadigan bo‘g‘imlarni aytmaysizmi? Ular yordamida qo‘l-oyoqlarni egib-rostlashimiz, ikki tomonga aylantirishimiz mumkin. Har bir odamda naq 187 dona bo‘g‘im mavjud. Bo‘g‘imlarni suyaklar birlashgan joylarda topasiz. Ular uchga bo‘linadi.
Birinchilari suyaklarning bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Misol uchun, tirsak, tizza, barmoq bo‘g‘imlari, elka va tos-son bo‘g‘imlari doimiy harakatda bo‘ladi.
Ikkinchi guruhdagi bo‘g‘imlar esa qisman harakatda bo‘ladi. Ularga umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlari kiradi.
Uchinchi guruh bo‘g‘imlar umuman harakatlanmaydi. Ular bosh miyani o‘rab turuvchi kalla suyagi bo‘g‘imlaridir.
Bo‘g‘imlar bir-biriga ishqalanib turganligi uchun harakatlanishimizni bilasizmi? Bu holat kuch bilan 5-10 daqiqa davom etsa bormi, suyaklardan asar ham qolmasdi. Baxtimizga bo‘g‘imlarimiz maxsus suyuqlik bilan namlanib, parchalanishdan saqlanadi. Bu suyuqlikning miqdori atigi 0,1-4 millilitr bo‘lsa-da, bemalol harakatlanishimiz, uy yumushlarini bajarishimiz, kerak bo‘lsa, sport bilan muntazam shug‘ullanishimiz uchun etib ortadi. Olimlar uni sinovial suyuqlik deb nomlaydi. U bo‘g‘imlar joylashgan kapsulada bo‘lib, harakat paytida bo‘g‘imlarni nam- lab turadi. Kapsula suyaklar bilan birlashadi.


BO‘G‘IMLARGA NIMALAR MA’QUL?
SUYUQLIK
Kun davomida ichadigan suyuqlikning 1-1,5 litri mineral suv yoki o‘tli damlamalarga to‘g‘ri kelishi kerak. Mineral suv, albatta, gazsiz bo‘lishi shart. Bo‘g‘imlar ko‘k choyni ham xush ko‘radi. Choyga 2 dona yalpiz bargidan solib, damlasangiz, yanada foydali.
TURLI XILDAGI DON-DUNLAR
Bo‘g‘imlarning jonu-dili! Bo‘g‘imlaringiz bilan birga suyaklar ham uzoq xizmat qilsin desangiz, ko‘proq guruch, perlovka, grechixadan taom tayyorlab, tanovul qiling. Perlovka haqida eshitib, og‘zingiz nordon bo‘lgandir. Perlovka aslida bug‘doyning ishlov berilgan doni bo‘lib, o‘zida ko‘plab vitaminlar, ayniqsa, A va V vitaminlarini saqlaydi. Ular tetiklashtiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, ko‘rish va fikrlash qobiliyatimizni yaxshilaydi. Perlovkadan nafaqat sho‘rva, balki palov ham tayyorlash ham mumkin.
Revmatizm, artrit bilan xastalangan kishilar, avvalo, qo‘l-oyoqlaridagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riqdan qutulishning osongina yo‘li ham bor. Buni amalga oshirishga nafsingiz yo‘l bersa, bas. Gap shundaki, bo‘g‘im og‘riqlari qiynagan zahoti yog‘siz, parhezbop taomlarga o‘tish kerak. 2 hafta davomida nonushtaga suli yoki bug‘doy yormasidan bo‘tqa tanovul qilsangiz, og‘riqli damlarni unutasiz.
«Yaqin dugonam bo‘g‘imlari og‘rimasligi uchun har kuni nonushtaga bir siqim yong‘oq yoki bodom, tushlikda esa olma yoki lavlagi sharbati sabzili salat iste’mol qiladi. Men ham kunda yong‘oq, turshakni eyman-u, meva-sabzavotga ta’bim yo‘q. Shunaqa salat eyish shartmi, u rostdan ham bod kasalligida yordam beradimi?»
Mamlakat Husanboeva, nafaqaxo‘r, Toshkent shahri, Chilonzor tumani.


MEVA-SABZAVOTLAR
E’tibor bergan bo‘lsangiz, odamning yoshi keksaygach, xom meva-sabzavotni emay qo‘yadi. Aynan shuning uchun, keksa yoshlilar orasida qabziyat ko‘p tarqalgan. Haqiqatan ham, meva-sabzavotlarni xomligicha sharbat yoki salat ko‘rinishida iste’mol qilish ko‘plab kasalliklarga davo bo‘ladi. Lavlagi sharbati qon bosimini me’yorida saqlashga yordam bersa, olma, yong‘oq, bodom ta’sirida ateroskleroz va insulьtning oldi olinadi. Bo‘g‘imlar harakati cheklanmay, ich qotishi, darmonsizlik, hatto, gijjalardan qutulish imkoni bo‘ladi. Siz ham ularni ko‘proq iste’mol qiling. Ayniqsa, salatlarni ko‘proq eng.
Xulosa: meva-sabzavotlar bilan do‘st bo‘lmas ekansiz, turli xildagi xas-taliklarga engilaverasiz. Shunday ekan, ta’bingizga to‘g‘ri keladigan meva yoxud sabzavotlarni muntazam iste’mol qiling. Meva-sabzavotlarning rangiga ham
Maqola nomi : BO‘G‘IMLARNI OG‘RITUVCHI DARD
Vaqti : 22.07.2014|17:49
Ko'rilgan : 5435
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 251/309
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :57 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика