UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
1. Kompyuter tarmog‘i haqida tushuncha
Kompyuterlardan turli xil masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashinish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‘ladi.

Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashinish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog‘liq bo‘ladi. Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig‘indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin.
Kompyuterlar uchun tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda kup afzalliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‘iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo‘limlarga bo‘lib, xar bir bo‘lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin. Fayllar, katologlar, printer, disklardan birgalikda foydalanish mumkin. Bu esa o‘z navbatida tejamkorliklarga olib keladi. Shuning uchun kompyuterlar tarmoqqa birlashtiriladi. Tarmoqlarning fizik jihatdan biriktirilishi (simlar yoki boshqa yo‘llar bilan) tarmoq o‘zidan o‘zi ishlayveradi, degan gap emas. Tarmoqdagi kompyuterlar tarmoq operasion sistemasida ishlaydi. Hozirda ko‘p ishlatilayotgan Windows 95 tarkibida lokal tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud.
Lokal kompyuter tarmog‘i tushunchasi nisbiydir. Bunday deyishimizga sabab, kompyuterlar bir xona (sinf xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filiallardan iborat bo‘lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etish mumkinligidadir. Shuning uchun xam 500 metrgacha bo‘lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin. Lokal tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar, kommunikatsiya, pereferiya (tashqi ulanadigan) qurilmalarning birgalikda foydalanish maqsadida biriktirilishidir.
Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari.
Lokal tarmoq yaratishdan maqsad-tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslari (printer, skaner, katalog, fayllari) dan unumli, tejamli foydalanishdir.
EHM ning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Masalan kollejda kompyuter xonalari lokal tarmog‘i orqali ulangan. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqdagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Lokal tarmoqda EHM lar orasidagi masofa uncha katta emas-10 km gacha, radiokanal aloqasidan foydalanilsa-20 km. Ko‘p hollarda o‘zining lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko‘rsatayotgan Lokal kompyuter tarmog‘i boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto xududiy va global tarmoqlar bilan bog‘langandir. Xar qanday xisoblash tarmog‘ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir.
2. Lokal tarmok turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Lokal hisoblash tarmog‘ini uchta sxema orqali ulashimiz mumkin.
Shinali ulanish-chiziqli ma’lumotlarni ishlatish kanalini ishlatadi, unga nisbatan qisqa biriktiruvchi liniyalar vositasi bilan interfeys plata orqali barcha uzellar ulangandir. Tarmoqning uzatish uzelidan ma’lumotlar shina bo‘yicha ikkita tomonga tarqatiladi. Oraliqdagi uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya(olib ko‘rsatish) qilmaydi. Ma’lumot hamma uzellarga keladi, lekin axborotni kimga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha qabul qiladi.
Shinali ulanish eng oddiy tarmoqlardan biridir. Bunday tarmoqni yengil kuchaytiriladi va konfiguratsiyalanadi hamda turli xil tizimlarga moslashtiriladi; u alohida uzellarning mumkin bo‘lgan nozozliklariga nisbatan turg‘indir. Shinali tarmoqkeng ma’lum bo‘lgan Ethernet tarmog‘i va uning bazasida tashkil etilgan, ofislarda ishlatiladigan, masalan, Net Ware Novell tarmog‘i ham ishlatiladi.
Halqali tarmog‘ida (aylanma ulanish) hamma uzellar aloqa kanallari bilan umumiy yopiq halqaga ulangan. Tarmoq bir uzelining chiqishi keyingisining kirishi bilan ulanadi. Halqa bo‘yicha ma’lumot uzeldan uzelga uzatiladi va har bir uzel yuborilgan axborotni retranslyatsiya qiladi. Buning uchun har bir uzelda tarmoqda ma’lumotlarning o‘tishini boshqarish imkonini beradigan o‘zining interfeysli va uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturasi bor. Uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturani soddalashtirish maqsadida halqa bo‘yicha qiymatlarni uzatish, ko‘pincha, faqat bir yo‘nalishda bajariladi. +abul qiluvchi uzel faqat unga yuborilgan axborotni qabul qiladi va anglab oladi.
O‘zining moslashuvchanligi va
Maqola nomi : Tarmoqlar haqida tushuncha (1-qism Lokal tarmoqlar)
Vaqti : 30.06.2014|10:40
Ko'rilgan : 29679
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 10077/244
Reyting
Bosh sahifa » Texnika » Kompyuter haqida
Maqola o'qiypti :113 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика