UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ko`pchligimiz Tas-IX haqida eshitganmiz. Uning ichida Internet bepul ekanligidan quvonganmiz. Ammo Tas-IX o`zi nima, degan savolga hamma ham aniq javob bera olmaydi.
Mana shu savolga oydinlik kiritish maqsadida biz ZiyoNET tarmog‘i resurs markazi xodimi Yevgeniy Sklyarevskiyga murojaat qildik.

- Yevgeniy Semyonovich, Internet olamida «sirli» atamalar ko‘p uchraydi. Shulardan biri – Tas-IX. Shu sababli, suhbatimizni Tas-IX atamasining ma’nosidan boshlasak.

- Albatta, texnik va ilmiy atamalar odamda dastlab ozgina cho‘chish va mavhumlik hissini uyg‘otadi. Lekin. Ma’nosini tushunib olganingizdan keyin «o‘zingizniki» bo‘lib ketadi. Tas-IX ham shunday. «Tas-IX» atamasidagi «Tas» qisqartmasi «Toshkent» ni anglatadi. Ya’ni Internet trafigi almashinuv nuqtasi yaratilishi haqida kelishuv qabul qilingan joy – Toshkent shahri. «IX» esa, ingliz tilidagi «Internet eXchange Point» – «Internet almashinuv nuqtasi» iborasidan olingan. Umumiy izohlaganda, Toshkentdagi Internet orqali ma’lumotlar almashinuv nuqtasi deb ta’riflasak bo‘ladi.

- Bunday nuqtani yaratish g‘oyasi qachon tug‘ildi? Unga nima turtki bo‘lgan?

- Bilasiz, dastlab Internetga ulanish Dial-up modemlar orqali amalga oshirilar edi. Bunda uzog‘i bilan 56 Kb/s tezlikni ta’minlash mumkin bo‘lardi. Keyinchalik, Internet texnologiyalari taraqqiy eta borgach, provayderlar ommaviy ravishda Internetga kengpolosali ulanishni taqdim eta boshladilar. Jumladan, 2004 yildan ADSL texnologiyasi keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi. Ushbu texnologiya ham telefon simi orqali aloqaga asoslangan, lekin ADSL-modem ishlatilganda, ma’lumotlarni uzatish telefon signali «ustidan» o‘tadi, shu bois bir vaqtning o‘zida telefonda suhbatlashish ham, Internetdan foydalanish ham mumkin.

Shu tufayli foydalanuvchilar ishlatadigan trafik hajmi keskin kengaydi. Uning o‘sishi Uznetni dunyo bilan bog‘lab turuvchi tashqi kanalning cheklanganligiga borib taqaldi. Gap shundaki, Uznet ichidagi saytlarga ulanish ham tashqi kanal orqali amalga oshirilardi. Ustiga ustak, kanalni ikki barobar ko‘p – ham kirish, ham chiqishda band qilardi. Misol tariqasida aytsak, siz biror saytga murojaat yuborsangiz (kirmoqchi bo‘lsangiz), u sayt yurtimizdagi serverlarda joylashgan bo‘lsa ham, baribir tashqi xalqaro tarmoqqa chiqib, so‘ng yana ortga qaytib, kerakli saytga yetib borardi. Tashqi Internetga chiqish kanali hajmi esa, cheklangan. Shu tufayli, o‘zimizdagi saytlarga kirish ham sekin kechadigan bo‘lib qolgandi.

Mana shu vaziyat O‘zbekiston provayderlarining Uznet ichida trafik almashish nuqtasini yaratish uchun o‘z kuchlarini birlashtirishlariga sabab bo‘ldi. Maqsad – yurtimizdagi bir provayder (masalan, Sarkor) mijozlari boshqa mahalliy provayder (masalan, TPS)da xostingda turgan saytga tashqi kanal orqali emas, balki o‘zimizning trafik almashish nuqtamiz orqali kirishlarini ta’minlash edi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida, 2004 yil 24 oktyabrda Tas-IX tashkil topdi.

- Tas-IXning bugungi kundagi holati qanday? U foydalanuvchi talabiga qanchalik javob beradi?

- Tas-IXning dastlabki ishtirokchilari mamlakatimizdagi beshta provayder bo‘lgan. Hozirda esa, ularning soni 30 nafarga yaqinlashib qoldi. Shuni ham aytish kerakki, o‘tgan sakkiz yil ichida Uznet ma’lumotlar bilan boyidi. Har qanday qiziqish, har qanday maqsadlardagi foydalanuvchi uchun manfaaatli saytlar yaratildi. Natijada, 2004 yilda provayderlar faoliyatida tashqi trafik 95 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda ko‘pgina foydalanuvchilar haftalab o‘zimizning saytlar bo‘ylab «sayohat» qiladilar, tashqi Internetga chiqmaydilar. Chunki o‘zimizda ham ko‘plab yangi resurslar, ayniqsa yoshlar uchun ko‘ngilochar saytlar paydo bo‘ldi. «Og‘ir» kontentlar – filmlar, musiqa ko‘paydi, ularni katta tezlikda yuklab olish mumkin bo‘ldi. Ko‘plab qiziqarli tematik, shaxsiy, koporativ saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga keldi.

Deyarli barcha provayderlar Tas-IX dagi saytlarga kirishni tarifga qo‘shmaydilar, bu xizmatni bepul taqdim etadilar. Uznetdan tashqariga chiqilmasa, ma’lumotlardan bepul va maza qilib uzoq foydalanish mumkin.

- Ochig‘ini aytganda, mana shu oxirgi gapingiz juda qiziqtirib qo‘ydi. Endi faqat Uznet saytlaridan foydalanishga harakat qilaman. Lekin, bilishimcha, .uz domenidagi hamma saytlar ham Tas-IXga kirmas ekan. aytingchi, biror saytning Tas-IXda joylashganligini qanday bilsa bo‘ladi?

- Darhaqiqat, sayt .uz domenida bo‘lsa, demak Tas-IXda bo‘ladimi, deb ko‘p so‘rashadi. Aslo bunday emas. .uz domenli saytda bizda joylashgan bo‘lishi ham, shuningdek, Rossiya, germaniya, AQSh yoki boshqa xorijiy davlatda bo‘lishi ham mumkin. Shu bilan birga, boshqa domen nomlariga ega saytlar Tas-IXda joylashishi ham mumkin, bunga http://uznet.asia misol bo‘ladi. to‘g‘ri, ba’zi davlatlarda bu borada qat'iy cheklovlar bor. Masalan, Qozog‘istonda .kz domenli
Maqola nomi : TAS-IX bizning internet!
Vaqti : 30.06.2014|09:54
Ko'rilgan : 3702
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 324/305
Reyting
Bosh sahifa » Internet
Maqola o'qiypti :32 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика