UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Yigit kishi yig‘laydi, ko‘nglida o‘ksib o‘ksib, armonli muxabbat ayro bo‘lsa qoshidan. Yig‘laydi doimo xar chog‘ ko‘ngilda, yig‘laydi mabodo kuchsiz bo‘lganda. Muxabbat ayovsiz, muxabbat isyon! Muxabbat yigitlarga beshavqat zolim. Sevgi yigitlarga eng birinchi yov!
Ishonmaysiz, balki, maylin Majnun bo‘lsin unga kafil. Bo‘lsin Farxodu Toxirlar kafil, Navoi g‘azallari bo‘lsin bunga dalil.
Aldab ketsa gar makkora behayo maxbub, undan yig‘lar ko‘nglin quchoqlab, suygani vafosin qizg‘onsa yig‘lar qonin yutoqlab. Yuz o‘girsa do‘stu dardkashi yig‘lar tirtab bechora qalbi. Yuzaga chiqmasa xam ul ko‘z yoshlar, hayo ila or qilsa g‘ururdan, ko‘ngilni tirnaydi beshavqat alam, dilni kemiradi yurak azoblab. Xar qanday toshbag‘irning ko‘ngli bor albat, unda yurak, sevgi bular to abad.
Lek, maxshar taraf kuzatmoq chog‘i, o‘z qondoshin, ota-yu ona, opa-yu uka, oka-yu singil..bola-yu xotin… chidam bermas bardosh, ex… bu toshdan tosh yurak. Sel bo‘lib oqadi, duv-duv to‘kilar xaybatin bukib… borlig‘i birla ko‘z yoshga aylanar, qizdirib oraz… vidolashar o‘z yarmi birla..
Shunda mag‘lub bo‘lar xar bir azamat, xar rustam o‘g‘lon. Ayriliq sindirar mardu masrurni. Sindiradi shoxu gadoni, cho‘kkalatar maftun, mashxurni.

Yigitni yig‘latmang aziz ayollar, yigitni o‘ksitmang juvon jononlar, boshin egmang, xam munis, xam lobar qizlar. Sindirmang salobatni go‘zal opalar, yolg‘iz tashlamangiz sig‘intirib mayga, tobe qilmay uyat sharmsorga. Yuz o‘girmang yigitdan bedavo aylab, maxkum etmang o‘ksik alamga. Qaxringiz yumshating gul zaifalar, arsloningiz yig‘latmang aslo xech qachon.

Shundayin xam ich ichidan yig‘lar xar doim yigit, ko‘ngilda o‘tkazar butun xo‘rligin.

Shundayin xam bizlarga beayov xayot…
yig‘latmang bizlarni zolim ayollar….
Maqola nomi : Yigit kishini nima yig‘latar? Armon? Muxabbat? Ayriliq? Dard?
Vaqti : 28.06.2014|17:43
Ko'rilgan : 4052
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 376/371
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :38 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика