UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kembridj universiteti professori oquvchilariga shunday savol berdi:
-Nega odamlar talashib keyin baqirishadi ?
- Chunki ular halovatini yoqotadi, dedi bir oquvchi
- Lekin nega ular baqiradi, axir suhbatdoshi yonidaku ? dedi professor. - Nima sekin gaplashsa bo`lmaydimi? Jaxli chiqsa baqirish shartmi ?
Shunda o`quvchilar savolga turli xil javoblarni berib ko`rishdi lekin bittasi ham professorni qoniqtirmadi. Oxir oqibat Professor o`zi nega bunday bo`lishini tushuntirib berdi:
- Qachonki odamlar bir birlaridan ko`ngillari to`lmasa, ular janjallashishadi va natijada ularning yuraklari uzoqlashadi. Ushbu masofani qoplash uchun hamda bir birini eshitish uchun ular baqirib gapirishga majbur bo`ladilar. Qanchalik ko`p jaxllari chiqsa shunchalik qattiq baqiradilar.
- Sevishganlardachi ? ularda nima bo`ladi?. Ular baqirishmaydi, ular biri biriga sekin gapirishadi. Chunki ularning qalblari bir biriga judayam yaqin va oralaridagi masofa bilinar bilinmas darajada.
-Agar qattiqroq sevib qolsachi ?. U holda ular so`zlashishmaydi ham, ular pichirlab gaplashishadi va sevgilariga bundan ham yaqinroq borishadi. Oxir oqibat piochirlashish ham kerak bo`lmay qoladi. Ular bir biriga shunday qaraydi va hammasini tushunib olishadi. Bunday holat faqat ikki sevishgan orasida bo`ladi.

Shuning uchun azizlar qalblaringiz uzoqlashishiga yo`l qo`ymang hamda masofani yanayam uzoqlashtiruvchi so`zlardan foydalanmang. Chunki shunday kun kelishi mumkinki, orangizdagi masofa shunchalik uzoqligidan uni yaqinlashtirishni iloji bo`lmay qolishi mumkin.
Maqola nomi : Nega odamlar baqirishadi ?
Vaqti : 06.04.2014|19:06
Ko'rilgan : 1586
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 359/293
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :15 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика