UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809-yili tamaki bargidan nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organzmiga ta’sir etuvchi asosiy modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretning harorati 300 gradusda bo’ladi. Tutab turgan sigaretda ajoyib kimyoviy fabrika bo’lib, o’zidan 4 mingdan ortiq turli kimyoviy birikmalarni ajratadi, shu jumladan 40 xil kanserogen moddalar. Tamaki tutunining komponentlariga quyidagi moddalar kiradi: uglerod dioksidi, uglerod oksidi, vodorod sianid, ammoniy, opren, atsetaldegid, akrolein, nitrobenzol, aseton, vodorod sulfid, sinil kislota va boshqalar.



Sigaretda nimalar bor?

Sigaret tutunida, shuningdek, qattiq zarrachalar, nikotin, suv va smola moddalari bo’ladi. Tamaki smolasi tarkibida polisiklik aromatik uglevodorodlar, shu jumladan, nitrozoaminlar, aromatik aminlar, izoprenoid, piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuoratinlar bor. Bundan tashqari smola o’zida oddiy va murakkab fenol, kaliy, qo’rg’oshin, poloniyning radioaktiv birikmalarini saqlaydi.


Tamakini chekadilar, hidlaydilar, chaynaydilar. Tamaki o’simligi dunyoning 120 mamlakatida ekiladi. Dunyo bo’yicha 4,7 mln. gektarda tamaki yetishtiriladi. Agarda shu yerlarda bug’doy ekilsa qo’shimcha 20 mln. tonna bug’doy yig’ib olish mumkin edi. Har yili 5-6 mln. tonna quritilgan tamaki barglari tayyorlanadi.

Tamaki chekish odati hozirgi vaqtda yer shari aholisining ko’pchilik qismini qamrab olgan. O’smir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi bo’ladi. Birinchi sigaret yoki nos chekilganda o’smir organizmida himoya reaksiyalari vujudga keladi. Lining ko’ngli ayniydi, ko’p so’lak ajraladi, qon tomirlari torayadi, rangi oqaradi. Ba’zida hushidan ketadi. Bir necha marta chekkandan so’ng o’smir organizmida himoya reaksiyalari kamayib borib, organizmi tamaki yoki nosga o’rganib qoladi. So’ng o’smirda mustahkam shartli refleks hosil bo’ladi. O’smir 12—15 yoshda tamaki yoki nos ta’mini tatib ko’rar ekan. Chekishning dastlabki davrida organizmda har xil sezgilar yo’qolib boradi. Bu davrda bir kunda 10—15tagacha sigaret chekiladi. Chekuvchilarda asta-sekin nikotin sindromi shakllanib boradi, boshqacha aytganda organizmning nikotinni qabul qilishga o’rganib qolishi vujudga keladi. Bu uch statiyada rivojlanadi:

1. Birinchi stadiya — bu psixik moslashish, bunda odam chekkisi kelaveradi va borgan sari ko’proq sigaret chekadi. Bu stadiya 1—5 yil davom etadi.

2. Ikkinchi stadiya — somatik belgilar namoyon bo’la boshlaydi, chekuvchida bronxit kasalligining hosil bo’lishi, oshqozon, yurak va boshqa a’zolarda og’riq, noqulay holatlar ro’y beradi. Nerv sistemasida o’zgarish sodir bo’ladi. Chekuvchida ta’sirchanlik, bosh og’rish holatlari sodir bo’ladi. Bu stadiya 5—15 yil davom etadi.

3. Uchinchi stadiya — chekish avtomatik bo’lib qoladi. Doimiy bosh og’rig’i, xotiraning susayishi, juda ta’sirchan bo’lib qolishi, doimiy yo’tal paydo bo’ladi.

Tamaki chekishning sog’liqqa zarari

Tamaki chekish odam organizmiga ta’sir qiladimi? So’zsiz ta’sir qiladi. Odam sigaret chekkanda tamaki tutuni bilan nafas oladi, o’pkaga kislorod o’rniga C02 (karbonat angidrid) gazi borib qonga o’tadi, organizmdagi moddalar almashinuvini buzadi, bunday holat o’z navbatida organizmning kislorod tanqisligiga sabab bo’ladi. Tamaki tarkibidagi ammiak namlik ishtirokida o’pka alveolalari (hujayralarida) ishqor — nashatir spirtiga aylanadi. Bu ishqor o’pkaning shilliq qavatini ta’sirlab chekuvchida bronxit kasalligini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida o’pkaning turli yuqumli kasalliklarga chidamliligi kamayadi. Olimlarning ma’lumoticha, sil kasalligiga duchor bo’lganlarning 90 foizi chekuvchilardir.


Chekuvchi(chapda) va sog’lom odam (o’ngda) o’pkalari

Tamaki tarkibidagi kanserogen moddalar chekuvchilarda saraton (rak) kasalligini keltirib chiqaradi. Tamaki tarkibidagi nikotin kuchli zahar. Nikotinning 0,1 grami odamni o’ldiradi. Bu doza 20 dona sigaretda saqlanadi. Agarda chekuvchi har kuni 20 dona sigaret cheksa, 30 yil mobaynida 200 ming dona sigaret chekadi, bu (160 kg.) tamaki degani. Bunday miqdordagi sigaret tarkibida 800 g. nikotin bo’ladi. Chekuvchi bir kunda odamni o’ldiradigan miqdordagi nikotinni yutadi.

Lekin bu nikotin oz-oz miqdorda organizmga kiradi. Nikotin birinchi navbatda asab tizimini zaharlaydi. Uzoq muddat sigaret chekkan odamlarninq qo’llari qaltiraydi, nafas olishi qiyinlashadi, o’qtin-o’qtin yo’taladilar, ko’ngli ayniydi. Nikotin simpatik va parasimpatik asab tizimiga ta’sir etadi. Bemorda dastlab yurak tez-tez qisqaradi, qon bosimi ortadi, periferik qon tomirlarida spazma, yurakning toj tomirlarida kengayish hollari sodir bo’ladi. Qonda nikotin moddasining ko’payishi tufayli bemorda infarkt kasalligi kelib chiqadi. Tamaki tutuni bronxlarni keskin toraytirib, so’ng kengaytirib yuboradi. Chekish tufayli
Maqola nomi : CHEKASIZMI?!
Vaqti : 18.06.2014|14:54
Ko'rilgan : 4520
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 286/261
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :19 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика