UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Har kuni Internetning «to‘zonli shamoli» pochta qutilarimizga ko‘plab reklama xatlari – spamlarni keltiradi . Bu ofatga qarshi kurashish lozim.


Har kuni shu ish takrorlanadi: elektron pochtani ochsangiz bir nechta reklamali xatlar kelgan bo‘ladi. Bir qarasang, Sibirdan ekskavatorlar taklif qilishgan bo‘ladi, boshqasida Mavrikiydan villa sotib olishga chaqirishadi, yana birida Afrikaning qaysidir bir chekkasida qarindoshing topilgan bo‘ladi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, elektron xatlarning deyarli to‘rtdan uch qismi spamdan iborat ekan.

Spam nima o‘zi?

Spam – istalmagan reklamadan iborat elektron xabarlardir. Ular aniq bir shaxsga emas, bir vaqtning o‘zida ko‘plab, ba’zi hollarda millionlab foydalanuvchilarga yuboriladi. Xat spam ekanligining eng birinchi belgisi – «Mavzu» maydonchasidagi yozuvlar (masalan, «Re: sizning buyurtmangiz» yoki «Tabriklaymiz – siz yutdingiz») yoki jo‘natuvchi ismi (Masalan, «Doktor Jozef Surpman» yoki shunchaki «dlorp») kabilardir. Chet eldan kelgan spamlarni darrov payqaysiz – xorijiy ismli do‘stlaringiz, xat mavzuini ingliz tilida yozadigan tanishlaringiz unchalik ko‘p bo‘lmasa kerak. Chet elda tanishlaringiz ko‘p bo‘lsa ham, birortasi sizga, masalan, «Har dardga davo dori – atigi 0,5 dollar!» kabi xatlar yozmasalar kerak.

Spam nima uchun va qanday qilib tarqatiladi?

Spam jo‘natish biror mahsulotni yoki xizmatni reklama qilish va foydalanuvchilarni saytga jalb qilishning juda zo‘r usuli sanaladi. Buning sababi – spam orqali reklama arzon, qulay va keng qamrovlidir. Boshqa tomondan, spamlarning «yog‘ilishi» foydalanuvchilarning asabiga tegadi. Shuning uchun ko‘pchilik bunday xatlarni ochmayoq «savatcha»ga tashlab yuboradi. Spamer – spam tarqatuvchining sarflagan vaqti va mablag‘i shunchalik kamki, foydalanuvchilarning bir necha foizigina reklama qilinayotgan mahsulotlardan sotib olsa yoki xizmatlardan foydalansa ham o‘zini qoplaydi. Eslatib o‘tamiz, professional spamerlar reklama xabarlarini o‘zlarining kompyuterlaridan jo‘natmaydilar – bir mashinadan millionlab xat jo‘natish juda uzoqqa cho‘ziladi, bundan tashqari, fosh bo‘lish xavfi yuqori. Shuning uchun reklama tarqatishda asosan bot-tarmoqlar, ya’ni butun dunyoga yoyilgan, kompyuter egasiga bildirmay xatlar tarqatuvchi zararli dasturlar o‘rnatilgan kompyuterlardan foydalanadilar.

Spamning qanday turlari mavjud?

Reklama xabarlar. Buklet, reklama varaqlari chop etib, oddiy pochta orqali ko‘pchlikka tarqatish qimmatga tushadi. Shuning uchun ko‘plab firmalar e-mail orqali tarqatiladigan arzon reklamani afzal biladilar. Ayniqsa, salomatlik va dori-darmonga oid mahsulotlar, xizmatlar reklamalari juda keng tarqalgan.

Zararli dasturga ega spam. Ilovalarida yoki HTML-kodlarida zararli dasturlar – viruslar, «chuvalchang»lar yoki troyanlar bo‘lgan spam-xabarlar ayniqsa xavflidir. Ana shunday xatlarni ochgach, unda va’da qilingan «Audi»ning eng yangi modeli yoki Messining surati o‘rniga kompyuteringizdan ma’lumotlarni o‘g‘rilaydigan ilovalarga «ega» bo‘lasiz. Bundan ham yomoni – bu dasturlar sizning kompyuteringizni spam tarqatuvchi bot-tarmoqqa qo‘shib olish uchun ham ishlatilishi mumkin.

Fishing. Fishing-xabarlar yordamida spamerlar maxfiy ma’lumotlar – bank hisobvaraqlari raqamlari, parollar kabilarni «ovlab» olishga va ulardan g‘arazli maqsadlarida foydalanishga harakat qiladilar. «Xo‘rak» sifatida spamerlar mashhur kompaniyalar, misol uchun, banklarning nomi va logotiplarini ishlatadilar. Foydalanuvchiga biror bahona bilan, masalan, elektron xavfsizlikni ta’minlash uchun darhol bank saytiga kirishni taklif qiladilar. Xatdagi havola haqiqiy bank saytiga o‘xshatib yasalgan qalbaki veb-sahifaga olib chiqadi. U yerda foydalanuvchidan parolini yangilash, o‘zi haqidagi ma’lumotlarni kiritish so‘raladi, shu tariqa kerakli ma’lumotlarga ega bo‘linadi va hech ham ezgu deb bo‘lmaydigan maqsadlarga ishlatiladi.

Aldashga urinish. Scam-xabarlar (qallob xabarlar) orqali foydalanuvchidan keyinchalik bir qancha barobar ko‘p qilib qaytarib berish va’dasi bilan, pul olish payida bo‘ladilar. Buning eng yorqin misoli – o‘z paytida juda keng tarqalgan «Nigeria Connection» (ya’ni «Nigeriya maktublari») qallobligidir. Millionlab Internet foydalanuvchilari pochtalariga afrikalik sobiq vazir, bankchi yoki tutqundagi malikadan ta’sirchan xatlar kelgan. «Hozir menga biroz pul jo‘natib yuborsangiz, deb yozishadi ular, – tez kunlarda mukofot (foyda, hadya) ko‘rinishida millionlab dollar olasiz!» Tabiiyki, ularga ishongan kishilar mukofotu hadyalar u yoqda tursin, o‘zlarining pullarini ham qaytib ko‘rishmagan.

«Baxt qushi maktublari». Bular o‘quvchini dovdiratib, qo‘rqitishga yoki aksincha, qandaydir cheksiz baxtiyorlikdan umidvor qilishga qaratilgan xatlar. «Agar shu xatni kamida yuzta odamga tarqatmasangiz, boshingizdan shox
Maqola nomi : Spam nima
Vaqti : 18.06.2014|14:30
Ko'rilgan : 5604
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 407/405
Reyting
Bosh sahifa » Internet
Maqola o'qiypti :32 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика