UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kimgadir laqab taxallus berish – bu inson aql-idroki uchun kichik ehtiyoj. Shuningdek, o’sha kimsani so’z shaklida yorqinroq tavsiflash vositasi ham. Laqab o’z egasining tashqi ko’rinishi, xarakteri, yurish-turishi, gapi, qo’yingki, unga bog’liq nimadandir olinadi. Qisqasi, laqabda muayyan kishining individual xususiyatlari yashirin. Agar kamchiliklardan laqab tanlansa, yoqimsiz jaranglashi turgan gap. Aksincha, u ijobiy sifatlarga hamohang bo’lsa, egasiga moydek yoqishi tayin.


Tabiiyki, futbol olamida ham laqab «epidemiya»si keng tarqalgan. Ko’plab yulduzlar qo’shimcha «nom»ga egalar. Ayrimlarida hattoki, 2-3talab taxalluslari bor. Ayniqsa, muxlislar yoki matbuot tomonidan beriladigan laqablarga qiziqish katta. Umuman, ularni bir necha guruhga ajratish mumkin. Quyida shu haqda gap boradi.

IZZATLOVCHI LAQABLAR

Mario Basler, Mario Balotelli – «SuperMario»

Agar isming Mario bo’lsa va chakki futbol o’ynamasang, unda laqabing bobida boshqa variantga hojat yo’q, hisob. Qisqasi, agar shunday bo’lsa, boshi yordamida g’isht sindiruvchi kompyuter o’yini qahramonining ismini senga «yopishtirish»lariga tayyor tur.

Yoqimli, «ko’tarib» yurishga arziydigan laqablar tabiiyki, futbolchining o’yiniga bog’liq bo’ladi yoki insoniylik ijobiy xislatlari, qandaydir mehnati va natijasi, shuningdek, rekord ko’rsatkichi uchun beriladi.

Adriano – «Imperator»

Hammasi birdaniga o’zgarib ketdi: «Imperator» oliy hazratlari qisqa vaqt ichida braziliyalik og’ir vaznli kimsaga aylandi-qo’ydi. Napoleon Bonapart vaqtida shunday degan edi: «Buyuklik va g’alatilik orasi bir qadam». Adriano ushbu qadamni tashladi va top-forvarddan baqaloq «daydi»ga aylandi. Aytgancha, Franchesko Tottining laqablaridan biri ham aynan «Imperator»

Said al Oveyran – «Cho’l Maradonasi»

Saudiya Arabistoni terma jamoasining eng yaxshi hujumchilaridan biri ehtimolki, bittagina goli tufayli buyuk Diegoga tenglashtirilgan. Said al Oveyran 1994 yilgi jahon chempionatida aql bovar qilmas ajoyib yurishni amalga oshirib, esda qolarli gol urgandi. Ko’pchilik hattoki, hozir ham o’sha betakror yurishni Maradona ijrosidagi mashhur «hamla»dan ustun ko’radi. Bundan tashqari, Ruminiyada «Karpat Maradonasi» (Georgi Xadji), Eronda «Osiyo Maradonasi» (Ali Karimi) bor. Umuman olganda, ko’plab mamlakatlar yoki klublar o’z Maradonalariga egalar.

Marselo Salas, Edinson Kavani – «Matador»

«Matador» laqabini olish uchun Lotin Amerikasida tug’ilgan bo’lishing, ko’p va chiroyli gollar urishing lozim.

Hoqon Shukur – «Bosfor buqasi»

Toro del Bosporo – bu juda jarangdor yangraydi va Hoqon Shukur ushbu laqabni haqli ravishda olgan. Turk futbolchisi juda ko’p gol urgan va ayniqsa, bosh bilan ajoyib o’ynagan. Ushbu «buqa» to’pni to’xtatmay zarba bergan vaqtda darvozabonda hech qanday iloj qolmasdi. Uning Evro-2000da Belgiya termasi darvozasiga urgan goli esa, hali-hamon muxlislarni hayratga soladi – futbolchi shunchalik baland sakrashi ham mumkinmi?

Ronaldo – «Fenomen»

Luis Nazario de Lima Ronaldo o’z vaqtida dunyo futbolidagi eng yaxshi hujumchi edi va uning laqabi butun salohiyatini aks etadi. «Fenomen»ni to’xtatish deyarli ilojsiz bo’lib, uning maydonga tushishi gol urilishiga kafolat berardi, go’yo. Ikkinchi shunday futbolchini bilasizmi? Yo’q…?! Shuning uchun ham Ronaldo – «Fenomen».

Arturo Vidal – «Jangchi»

Bukilmas xarakter va doimo ayovsiz kurash «qozoni»ga tushishga tayyor turishi uchun berilgan. Zero, Arturo chinakam kurashdan hech qachon o’zini chetga olmaydi.

Roy Makaay – «Sharpa», «Arvoh»

Agar kutilmaganda gol hosil bo’lsa, ya’ni to’p qo’qqisdan darvoza ichiga borib tushsa, bilingki, gollandiyalik Roy Makaay shu atrofda izg’ib yuribdi. Bu ta’rif «Sharpa» va «Arvoh» laqablariga juda mos.

Gabriel Batistuta – «Batigol», «Qirol Sher»

Gabriel Omar va uning behisob gollariyu, shamolda to’zg’iydigan yoldek sochi ko’pchilikning xotirasiga muhrlangan. Top-hujumchi, barcha mamlakatlardagi futbol muxlislarining yoqimtoyi hozir ham ko’pchilik uchun ibrat namunasi. Harqalay, uni amalda loaqal bir marta ko’rgan futbolchi uchun shunday.

Pavel Nedved – «Chex zambaragi», «DyurAsell»

O’ta chidamli, mas’uliyatli xavbek raqib darvozasini har qanday masofadan zabt etishi mumkin edi. Boz ustiga, u muntazam ravishda shedevr gollarga mualliflik qilardi. Maydonda tinim va charchoq bilmasligi esa, ikkinchi laqabi – «Dyurasell» (batareyka nomi)ga asos bergan.

Fabio Kannavaro – «Berlin devori»

Italyan orqa chiziqda xuddi «Berlin devori»dek mustahkam turardi. Hattoki, chang ham undan o’tmasdi, go’yo. Fabio borlig’ini berib, to’pni qaytarar, zargarona «pas»larni uzib qo’yar, o’ta kuchli zarbalarga qalqon bo’lardi. Qisqasi, obro’li laqab olgani bejiz emas.

Andrea Pirlo – «Metronom»,
Maqola nomi : FUTBOL LAQABLARI ANATOMIYASI
Vaqti : 18.06.2014|14:15
Ko'rilgan : 4642
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 391/323
Reyting
Bosh sahifa » Sport yulduzlari
Maqola o'qiypti :113 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика