UzBender.Ru | Super Portal
Izlash
Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar.
Reja:
1) Turkiston xalqlarining asriy orzusi.
2) 1917-yilgi fevral inqilobi va Turkiston.
3) “Sho‘roi Islomiya” va “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlari.
4) I va II Umumturkiston qurultoylari.
O‘ZBEKISTON TARIXI
Adabiyotlar:
1. “O`zbekistonning yangi tarixi” 2-kitob T.“Sharq”- 2000, 10-40 betlar.
2. Usmonov Q, Sodiqov M “O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yillar) “Sharq” 2000, 5-16 betlar.
3. A’zamxo‘jayev S. “Turkiston Muxtoriyati” T.“Ma’naviyat” 2000 3-108 betlar.
1-masala:
Ma’lumki, Turkiston o‘lkasi chor Rossiyasi mustamlakasiga aylantirilib, bu hududda o‘zga millat hukmdorlarining zo‘rlikka asoslangan boshqaruv tizimi va siyosati yurgizila boshlaganidan e’tiboran uning mazlum va jabrdiyda xalqlari o‘z erki, ozodligidan mahrum etilib, birovlar qo‘l ostiga tobe bo‘lib qoldilar. Biroq shu narsa haqiqatki, o‘lkaning tabiatan mag‘rur xalqlari hech qachon o‘zlarining chor-nochor qismatiga tan berib, o‘zgalar jiloviga bo‘ysunib yashashga rozi bo‘lmaganlar, balki, aksincha, o‘z erki, milliy mustaqilligi yo‘lida mardonovor kurashganlar.
Olis ko‘hna tariximiz zarvaraqlaridan munosib o‘rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlangan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy, Mavlon- zoda, Abubakr Kalaviy, Amir Temur, Muhammadali Eshon (Dukchi Eshon), Namozbotir Pirimqulov singari nomdor bahodirlarning qaltis tarixiy jarayonlarda ko‘rsatgan jasoratlari bunga jonli guvohdir.
Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o‘zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o‘chmas dog‘-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlab kelgan asl ma’naviy qadriyatlarni zavol toptirib borib, ularning jismi-joniga mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg‘ularini asta-sekin so‘ndirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog‘ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo‘r general Skobelevning: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi”, deb aytgan behayo so‘zlari bekorga aytilmagan, albatta.
Lekin shunga qaramay yurt o‘glonlari ajnabiylar zo‘ravonligiga tik boqib, o‘lka xalqlarining erki va ozodligi uchun kurashganlar. Turkiston xalqlarining erk, ozodlik uchun kurash g‘oyasi XX-asr boshlariga kelib yangi pallaga kirdi. Yangi asr boshlarida jadidlar nomi bilan mashhur bo‘lgan, o‘z ongli hayotini, butun borlig‘ini yurt, millat ozodligi, hurligi va ravnaqiga baxsh etgan istiqlol darg‘alari yetishib chiqdi. Behbudiy, Fitrat, F.Xo‘jayev, A.Avloniy, M.Qori Abdurashidxonov, A.Shukuriy singari yurt ilg‘or peshvolarining Turkiston ozodligi, istiqloli yo‘lida qilgan ulkan sa’y-harakatlari, millat farzandlari ta’limi, tarbiyasini isloh qilish, yaxshilash, uni yuksak zamon talablari darajasiga ko‘tarish borasidagi zahmatlari tahsinga loyiqdir.
Butun Turkistonni larzaga keltirgan hamda chor mustamlakachilarini sarosimaga solgan o‘lka xalqlarining 1916-yilgi milliy-ozodlik harakati ham yurt ozodligiga bag‘ishlangan edi.
Muxtasar qilib aytganda, Vatan ozodligini qo‘lga kiritish Turkiston xalqlarining asriy orzusi edi.
2-masala:
Chor hukmronligiga qarshi davom etib kelayotgan uzluksiz kurash nihoyat 1917-yil fevraliga kelib g‘alaba qozondi. Mutlaq monarxiya tuzumi quladi. Mart oyi boshlaridan boshlab rus burjuaziyasi vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat faoliyat yurita boshladi. Ayni paytda Petrograd va boshqa joylarda ishchi, dehqon va askar deputatlari sovetlari tuzilib, hokimiyat organlari sifatida faoliyat yurita boshladi. Shu tariqa Rossiyada tarixda nihoyatda kamdan-kam uchraydigan noyob hodisa – qo‘shhokimiyatchilik boshqaruvi vujudga keldi.
Rossiyada fevral inqilobining amalga oshishi, siyosiy tuzumning o‘zgarishi, demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyatlarning ochilishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarning borishiga ijobiy ta`sir ko‘rsatdi. Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi tugatildi. Uning o‘rniga Muvaqqat hukumatga bo‘ysunuvchi Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Ayni chog‘da viloyatlardagi harbiy gubernatorlik lavozimari ham tugatildi. Ularning o‘rniga viloyat komissarlari lavozimi joriy etildi.
Fevral o‘zgarishi Turkiston o‘lkasi xalqlari hayotida muayyan demokratik jarayonlarni baxsh eta bordi. Keng xalq ommasi, uning turli ijtimoiy qatlamlari faol harakatga kela boshladi. O`lkaning yirik shaharlarida tashkil topgan va asosiy tarki bi mahalliy millat vakillaridan iborat kasaba uyushmalari, turli kasb kishilarini birlashtirgan uyushmalar ham aholining tub manfaatlarini, ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini himoya qilib faoliyat yuritdilar. 1917-yilning may oyiga kelib Turkiston o‘lkasidan mardikorlikka olinganlarning qaytib
Maqola nomi : O‘ZBEKISTON TARIXI 1917-1991-yillar O‘ZBEKISTON TARIXI
Vaqti : 13.06.2014|09:21
Ko'rilgan : 27988
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 733/595
Reyting
Bosh sahifa » Adabiyot » O'zbekiston tarixi
Maqola o'qiypti :44 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика