UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
AQSh osmonida sodir etilgan teraktlarga 10 yil bo‘ldi


Roppa-rosa 10 yil avval, 2001 yilning 11 sentyabrida Nyu-Yorkda sodir etilgan fojeaviy terroristik harakatni qisqartirib, "9/11” deb ham nomlashadi. Rasmiy taxminlarga ko‘ra, ushbu hujum ortida "Al-Qoida” tashkiloti turgan. Bu teraktda 2974 kishi qurbon bo‘lgan (terroristlar bu ro‘yxatga kiritilmagan). Jami samolyotlar passajirlari va ekipaj a’zolaridan 246 nafar, Nyu-York Butunjaxon savdo markazi binolari va uning atrofida 2603 nafar, Pentagonda 125 nafar inson hayot bilan vidolashgan.

Qurbonlar orasida AQSh fuqarolaridan tashqari yana 91 davlat fuqarosi, shu jumladan MDH dan ketgan 96 kishi bo‘lgan. 24 inson bedarak yo‘qolgan hisoblanadi.



FOJEANING AYaNChLI OQIBATLARI


Hujum oqibatida 2 osmono‘par bino, ularning atrofidagi inshootlar, shuningdek, Pentagon binosining bir qanoti vayron bo‘lgan.

3000 ga yaqin inson olamdan o‘tgan.

Uoll-Strit va yaqin atrofdagi hudud kul bilan qoplangan.

Xukumat muassasalari evakuatsiya qilingan.

Afg‘onistonda harbiy harakatlar boshlab yuborilgan.


O‘sha mudhish tongda "Al-Qoida” guruhiga taalluqli deb taxmin qilinuvchi 19 nafar terrorchi 4 guruhga bo‘linib, 4 ta passajir avialaynerini qo‘lga olishgan.


VOQEALAR TAFSILOTI

Birinchi samolyot. Mahalliy vaqt bilan 8:45 da "Boing -767” (American Airlines Boston – Los – Anjeles yo‘nalishidagi 11 - reys) ko‘p qavatli "Shimoliy minora”ga borib urilgan. Samolyotda 81 passajir (bulardan 5 nafari terrorchilar) va 11 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Samolyot imoratning 93-94 qavatlari oraliјiga urilishi natijasida yuzlab inson halok bo‘lgan. Alanga olgan samolyot yoqilјisining harorati Selsiy bo‘yicha 1000 darajagacha ko‘tarilgan. Alanga shu qadar kuchli bo‘lganki, olov lift shaxtasi orqali pastga urib yuborganda, hatto bino foyesidagi (kiraverishdagi) odamlar yonib ketgan.

100-dan 107-qavatgacha bulgan mingtacha odam tashqariga chiqishga imkon topolmay qolishgan. Alanga qamrab olgan «Shimoliy minora» soat 10:29da qulab tushgan.

Ikkinchi samolyot. Mahalliy vaqt bilan 9:03da «Boing-767» (United Airlines Boston-Los-Anjeles yo‘nalishidagi 175-reys) «Janubiy minora»ning 77-81 qavatlari oraliјiga urilgan. Samolyotda 56 passajir (bulardan 5 nafari terrorchi) va 9 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Soat 9:59da bino alanga ostida qulab tushgan.

Uchinchi samolyot Mahalliy vaqt bilan 9:40da «Boing 757-200» (American Airlines, Vashington Los-Anjeles yo‘nalishidagi 77-reys) Pentagonga borib urilgan. 59 passajir (ulardan 5 nafari terrorchi), 6 ekipaj a’zosi, bino ichidagi 125 harbiy xizmatchi va fuqarolar- jami 184 nafar inson hayot bilan vidolashgan.

To‘rtinchi samolyot. «Boing-757» (United Airlines, Nyu-York – San-Fransisko yo‘nalishidagi 93-reys) Pittsburgdan 125 kilometr janubi-sharqda, Pensilvaniya o‘rmonlarida halokatga uchragan. Samolyotda 37 passajir (shu jumladan, 4 terrorchi) va 7 ekipaj a’zosi bo‘lgan. «Qora quti»dagi ma’lumotlar hamda ekipaj, passajirlarining yerdagilar bilan boјlangan paytdagi so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar samolyotni qo‘lga olganda, odamlar qarshilik ko‘rsatib, uchuvchilar kabinasiga kirishga urinishgan. Oqibatda samolyot pastga qulagan.


Sirli raqamlarmi yoki tasodif?!


Asian Age gazetasi numerologiya (raqamshunoslik) sohasida faoliyat yurituvchi hind mutaxassislarining AQShda sodir etilgan teraktlarga oid qiziqarli kuzatuvlarini chop etdi. Mazkur mutaxassislar fikriga ko‘ra, fojiaga mudhish 11 raqami sabab bo‘lgan.

Raqamshunoslar 11 sentyabr sanasi yilning 254-kuni ekaniga e’tibor berishgan. Agar ushbu raqamlar qo‘shib chiqilsa, 11 raqami kelib chiqadi (2+5+4=11). Fojiadan so‘ng yil tugashiga 111 kun qolgan. Mudhish sananing o‘zidan ham (to‘qqizinchi oyning o‘n birinchi kuni) yana 11 raqami chiqayapti (9+1+1=11)

Darvoqe, numerologlar minoraga urilgan birinchi samolyot 11-reys bilan parvoz qilganiga ham ahamiyat berishgan. Bu samolyotda 92 passajir (9+2=11) uchganiga nima deysiz?!

77-reys bilan havoga ko‘tarilgan samolyotda jami 65 (6+5=11) passajir bo‘lgan.

Fojia Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan. Shahar nomi ingliz tili transkripsiyasida aynan 11 ta harfdan iborat. Va, nihoyat, Butunjahon savdo markazi minoralari joylashgan Manxetten oroli Genri Gudzon tomonidan 1609 yilning 11 sentyabrida kashf etilgan. Tasodif bo‘lsa, shunchalik bo‘lar-da…
Maqola nomi : Sirli raqamlarmi yoki tasodif
Vaqti : 10.06.2014|10:47
Ko'rilgan : 3698
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 275/246
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :19 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика