UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Qiz juda chiroyli edi. Boshqa qizlardan farqli ravishda hayotga özgacha nigoh ila qarardi. 19 yoshli sohibjamol qizni tabiiy ravishda sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar umuman qiziqtirmas, qanaqadir özgacha bir sevgini kutardi. Yuragining tub-tubidan uning kelishini ham his etib turardi. Bir kuni darsga kelganida, partasining ustida turgan qip- qizil atirgulni kördi. Gul bandiga biriktirilga qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi: "Hayot gözal..." Negadir qizning lablarida tabassum uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir- ikki bor bu holat takrorlandi. Qip-qizil atirgul va doimgi bir xil dastxat. Qiz bu gullarning sohibi kim ekanligiga judayam qiziqardi... Kunlarning birida qiz uyqudan uyg'onib, derazadan köchaga qaradi va birdan özgacha hayajonlanib ketdi. Röparadagi dökonchaning oppoq devoriga har xil böyoqlarda katta qilib yurak shakli chizilgan, uning ichiga qiz ismining bosh harfi yozilgandi. Eng ajoyibi esa, surat tagiga ösha sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot gözal..." Qiz endi doim ösha sirli yigit haqida öylardi. Uning özini kuzatib yurganligini ham yaxshi bilardi. Odamlar orasidan uning qiyofasini axtarardi. Avvallari doim öychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib yurar, bu tabassumi uni yanada jozibador körsatardi. Qiz öziga yuborilayotgan har bir gulni qöliga olib zavqlanar, chindan unga hayot judayam gözal körinardi. Bahor tonglarining birida velosipedda sayrga chiqqan qiz musaffo havo va xiyobondagi yashil gözallikdan zavqlanardi. Lekin velosiped
g'ildiraklarini harakatlantiruvchi zanjir örnidan chiqib ketib, qiz töxtashga majbur böldi. U zanjirni joyiga örnatishga urinardi-yu buni hech eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir?
Qiz yoniga kelib töxtagan velosipedli yigitga qaradi.
- Yöq, özim...
- Mana bunday qilish kerak, - yigit qizning velosipedi zanjirini örniga qöydi, - Ana böldi.
- Rahmat!
Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi.
Yigit böy-basti kelishgan, körkamgina yigit edi. "Ayniqsa kulishi öziga juda yarasharkan",- öylardi qiz.
- Arzimaydi.
Yigit öz velosipediga ötirib, qanaqadir yoqimli kuyni xushtak qilib chalganicha qizdan uzoqlashdi. Qiz esa uning ortidan bir zum termulib qoldi... Qizga atirgullar kela boshlaganiga bir oydan oshgandi. Lekin, qiz haligacha ösha sirli yigitning kimligini bilolmasdi. Shunday kunlarning birida qiz u- bu ishlar bilan ushlanib, judayam kechga qolib ketdi. Aksiga olib havoning avzoyi buzuq, kuchli momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz taksi ushlash maqsadida kollej yonidagi bekatga kelganida allaqachon öta shiddatli yomg'ir boshlangandi. Uyi yaqin- u bunaqa paytda yolg'iz ketishga ham qörqib turgandi. Kamiga bekatda hech kim yöq, osmonni qoplagan qop-qora bulutlar atrofni yanada qorong'u körsatardi.
Hammasidan momaqaldiroqning
vahimali ovozi qizni chöchitardi. Shu mahalda unga tanish, yoqimli ovoz eshitildi:
- Balki yordamim kerakdir?
Bu ösha tongdagi velosipedli yigit edi. Qiz juda sevindi. Bu ösha yigitni yana körganligi uchunmi yoki boshqa sababdanmi özi ham bilmasdi. Lekin yigitga dilidagini aytmadi:
- Yöq, özim ...
Yigit ham jilmaydi:
- Yomg'ir hali-beri tinmaydi.
- Nima, meni mashinangizda uyimgacha
kuzatib qöymoqchimisiz? - Menda yaxshiroq fikr bor.
Yigit shoshib qayergadir yugurib ketdiyu, zumda qaytib keldi:
- Xösh, qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va pushti rangli soyabonlarni körib jilmaydi.
- Bahor oylarida yomg'ir mahali piyoda yurish zavqli,- dedi yigit.
Ular yonma-yon ketib borisharkan, qiz öziga yuborilayotgan gullarning sohibi shu yigit ekanligini öylay boshladi. Buni tekshirib körish uchun yigitga savol berdi:
- Siz yölingizda uchragan har bir qizga shunaqa yordam qilasizmi? - Har biriga emas ... hammasiga. Ular kulishdi. Qiz uyi tomon ketishayotganda ikki tomonga ketgan köchaning yigit qaysi tarafga burilishiga juda qiziqayotgandi. Muyulishda yigit qizning uyi taraf burilgach, qiz sevindi. "Bu ösha yigit", - öylardi- Menimcha uyingiz shu tarafda bölsa kerak. Chunki narigi tarafda shifoxona va boshqa binolar, atiga bir-ikki xovli bor. Adashmasam tög'ri ketyapmiz,- qizning fikrini öqigandek javob berdi yigit. - Ha, yaqin qoldi, - xunob böldi qiz, - aytingchi, hayotni qanday ta'riflaysiz?
- Menimcha bunaqa sharoit va vaqt uchun noörin savol,- kuldi yigit.
Ular qizning uyiga yaqinlashishgandi.
- Buyog'iga özim ketaman, sizga katta rahmat. - Soyabon sizda qola qolsin, menga oq ranglisi köproq yoqadi.
"Ey Xudo, - hayolidan ötkazardi qiz, - mening pushti rangni yoqtirishimni ham bilarkan!"
- Mayli xayr, - yigit ortga ön qadamlar tashlagach qiz uni töxtatdi:
- Hey!
Yigit ögirilib qaradi.
- Savolimga javob bermadingiz.
Yigit ösha yoqimli tabassumida jilmaydi
va baland ovozda baqirdi: - Hayot gözal!
Qizning yuragi juda-juda tez va baland urardi. Qiz ayni damda baland musiqa eshitayotgandek öz yuragining dukurini
eshitib turardi. U hayajonlanganidan yomg'irni ham ilg'amasdi. U tanish yoqimli
Maqola nomi : "Hayot Go'zal" . . .
Vaqti : 10.06.2014|10:36
Ko'rilgan : 2868
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 292/249
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :35 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика