UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Sevilish — boy bo'lishdan ham afzalroq,
chunki suyukli bo'lish — baxtli bo'lishdir.
K. Tile.

* * *

Sevgi — bu yashamoqlik istagidir
M. Gorkiy.

* * *

Sevgi barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir,
shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi.
F. Volter. Propertsiy.

* * *

Sevgi odamlarni kuch-qudrat tuyg'usi bilan boyitishi kerak va boyitadi ham.
A. S. Makarenko.

* * *

Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysuntiradi, dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi,
Ammo uning asosiy xususiyati — nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi.
Mayn Rid.

* * *

Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni unutishdir.
J. J. Russo.

* * *

Muhabbat odamni tanimaydigan darajada o'zgartirib yuborishi mumkin.
Terentsiy.

* * *

Eng aqlli erkak sevgan paytida ahmoqqa aylanadi;
eng yengiltak qiz esa sevsa oqila bo'lib qoladi.
M. Safir.

* * *

Hech nima erkak qalbini sevilganlik tuyg'usidek kuchli rom etib, yumshatolmaydi.
G. Senkevich.

* * *

Faqat sevgan kishigina inson degan nomga munosibdir.
A. A. Blok.

* * *

Sevgi har qanday qismatga ham zarba beradi.
M. Servantes.

* * *

Sevgi tuyg'ularimizning eng musaffosidir.
B. Fontenel.

* * *

Hurmatning chegarasi bor, sevgi esa chegarasiz.
M. Y. Lermontov.

* * *

Sevgi qizamiqqa o'xshaydi: qancha kech qo'zisa, shuncha xavfli.
D. Jerrold.

* * *

Sevgisiz odam — odam emas.
Qobus.

* * *

Sevgisi yo'q odamlar —buzilgan odamlardir.
B. Shou.

* * *

Qo'rqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard kishining ishi.
M. Gandi.

* * *

Sevgi oldida o'lim dahshati va zulmati hechdir.
G. Ibsen.

* * *

Yolg'iz odam faqat soyadan iboratdir, kimniki hech kim sevmasa,
u hamma joyda va hamma davrada yakka-yolg'izdir.
J. Sand.

* * *

Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq sharpaga aylantiradi,
U ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni baxtga aylantiradi.
L. N. Tolstoy.

* * *

Sevgi nimaligini bilmaydigan gumrohga faqat achinish kerak.
R. Berns.
Maqola nomi : Sevgi haqida o`ylar . . .
Vaqti : 10.06.2014|10:25
Ko'rilgan : 1756
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 254/220
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :11 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика