UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Men yoshligimda sevgi nomli ulug' tuyg'uni tan olmasdim. Maktabda o'qib yurgan vaqtlarim yoqtirgan insonlarim bo'lardi, meni yoqtirishganlari haqida eshitardim lekin bunga uncha parvo qilmasdim, chunki mening shiorim "sevgi yuk u shunchaki ertaklarda bo'ladi” deb shu shiorga qattiq rioya qilardim. Maktabni ham bitirdim, oliygohga o'qishga kirdim. Yaxshi o'qib dizaynerlik sohasini qattiq o'rganayotgan vaqtlarim edi. Men 2 kursni a`lo baxoga topshirib 3 kursga yo'llanma oldim va yozgi ta`tilga uyga qaytdim. Ta`tilning ikkinchi kunidanoq o'rtogim meni tug'ilgan kunga taklif qildi. O'sha kecha men birinchi sevgimni uchratdim. Shu kundan boshlab bir birimizga ko'ngil qo'ydik. U bilan 5 yil sevishdik, shu orada u ham men ham o'qishni bitirdik va ishga joylashdik. Uning va mening oila a'zolarimiz, do'stlarimiz umuman atrofdagi barcha bizning sevgimizdan xabarlari bor edi. Lekin oxirgi damlarda u mendan nimanidir yashirayotgandek edi, to'y haqida gapirsam: qochib ketaylik uydagilarimiz baribir bizni tushunishmaydi derdi, yoki sen shaxarliksan meni uyimdagilarni shaxardan kelin olishga qurbi yetmaganligi sabab rozi bo'lishmayabdi derdi, shu damda men ham uydagilarim bilan har kuni baxslashardim u harbiy bo'lganligi sababli meni sen bittayu bitta qizimizni harbiyga bermaymiz derdi. Shu shu bo'ldi uni ota - onasi uylantirdi. Men ham uni qattiq sevganim uchun har bir kelayotgan sovchilardan baxona topib rad javobi berardim, lekin uni uylanayotganini eshitib yolg'ondan men ham turmush qurayabman, unashtirildim deb unga azob berardim. U to'y kunigacha tinmay qo'ng'iroq qilardi meni esa g'ururim yo'l qo'ymasdi va qo'ng'iroqlariga javob bermasdim, to'yidan keyin esa o'sha bitta qo'ng'irog'iga zor edim. Tinmay yig'lardim, azoblanardim o'sha vaqtlardagi xolatim yolg'iz xudoga ayon edi. Xudodan menga sevgi berishini va uni unutishga yordam berishini iltijo qilardim. Oradan bir oy o'tgach bir yigit menga qo'ng'iroq qilib tanishishni taklif qila boshladi men esa unga har doimgidek qo'pol rad javobini berardim, lekin u boshqalardan ajralib chiqdi u har bir rad javobimga o'nta shirin so'z aytardi va meni tanishmagunimcha o'z xolimga qo'ymasdi. Shu odati tufayli men u bilan tanishdim, suxbatlasha boshladik, sirlashardim, dardlashardim. Bir oy do'stlashib keyin uchrashishga qaror qildik. Uchrashdik va do'stligimiz asta sekin iliq tuyg'ularga yetaklardi bizni, u ham o'z odatlarini o'zgartirardi va menga birinchi sevgimni unutib xayotga qayta kulib boqishga xarakat qilardi. Oradan 5 oy o'tdi biz bir birimizni sevishimizni tan oldik va oila qurishga qaror qildik. U onasi bilan meni tanishtirdi, men esa o'z onam bilan uni tanishtirdim. Xamma rozi, faqatgina u o'qishini bitirgach to'yni qilamiz deyishdi bunga rozi bo'ldik. Meni daxshatga solgani shuki menga shuncha quvonchni bag'ishlagan inson xali to'yimiz bo'lib ulgurmasdan unday qilma, bunday qilma, juda katta chegaralar qo'ya boshladi va har bir chegara ortidan sen majbursan derdi, men uni bunday gaplarini eshitib daxshatga tushardim. Bu gaplari meni birinchi muxabbatimni sog'inishga uni qumsashga majbur qiladi. Men uni yoqtiraman lekin seva olmayman va uni bu o'zgarishlari meni qo'rqitib qo'ygan, men shunchaki unga qattiq bog'lanib qolganman xolos buni unga qanday aytishni bilmayman? Meni undan o'zgaga ham rozi bo'la olmayabman. Nima qilishga xayronman??? Baribir endi xech kimni birinchi muxabbatim kabi seva olmayman……
Maqola nomi : Sevgi azobi kammidi . . .
Vaqti : 10.06.2014|10:23
Ko'rilgan : 2354
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 297/314
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :11 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика