UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bolama o’n uchga ham kirolmagan bolama

Dard ko’rib yo’rug dunyo ko’rolmagan bolama.

Gullamay so’lgan gulim, bag’rimdan yuldi o’lim

Kelin bo’lib oq ro’mol o’rolmagan bolama


2011 yil 8 mart. Shifoxona. Feruzani bayram bilan tabriklash uchun sinf rahbari va sinfdoshlari kelishdi. Hammalari birin ketin Feruza bilan qo’l berib ko’rishishardi. Jamshidga navbat kelganda Feruzani qo’lida narsalar yerga sochilib ketdi va birdan ikki yuzi biroz qizardi. Ular maktabga bo’lgan qiziq hodisalarni aytib bemor sinfdoshlarini ko’nglini ko’tarishda harakat qilishardi. Bolalarcha sof mehr va samimiyat o’z tasirini ko’rsatdi o’tgan ikki oy davomida tabassum nima bilmagan labbar kulgudan bahramand bo’ldi. Feruza biroz bo’lsada kasalligini unutdi.

Sinfdoshlarini ortidan xavas bilan boqib turgan Feruza Jamshid uni qo’lini ushlaganda yuragi tez – tez urgani va ichida qandaydir yoqimli hisni tuyganini onasiga aytdi. Onaizor ko’zlari yoshga to’lgancha qizini bag’riga bosdida keyin xonani tark etdi. Tashqarida esa …

To’rt oydan buyon tuzalmas dard bilan olishayotgan hali o’n uchga ham to’lmagan bu qizning qalbi sinfdosh bolaning qo’li taftidan hali murg’ak vujudi bilmagan sevgini tuygan edi. Buni anglagan ona esa xona tashqarisida ko’z yoshlarini to’xtata olmas edi.

Gulday qizi ko’z o’ngida so’lmoqda . Opalari kabi u ham kelin libosini kiyishga bolalarcha xavas qilardi biroq endi bu ham unga armon bo’lib qoladi.


Yelkamga tog’ tushsa jim

Chidar edim yo tangrim

Yana o’gir nimang bor

Farzandnig tobutidan

Ona qizim hur qizim

Oydinim oltin qizim

So’ngi yo’lga otangdan

Kettingmi oldin qizim


2011 yil 14 mart. Katta yo’l uzra tobut ko’targan odamlar qabriston tomon odimlamoqda. Tobut ichida hali o’n uchga ham to’lmagan Feruza yotardi.

O’z dilbandi tobutini yelkasi uzra ko’tarib taqdirning beshavqatligini, bedavo dard sabab gulday so’lgan qizi qismatin o’ylab otani ko’zlaridan yoshdan tinmasdi.


Endi farishtaday go’zal qizi bu dunyoda yo’q….

Bir nafaslik yo’l ekan ikki dunyo orasi

Qalbimni dog’lab ketting ko’zim oqu qarosi

Men qaydanam bilibman shum taqdirni qahrini

Totish nasibamligin farzand dog’ing zahrini

Qora ko’zim qo’limdan uchib ketgan yulduzim

Ko’z tekkan ko’z munchog’im o’rgilay sendan o’zim



2011 yil 15 mart. Qabriston. Feruzani qabri ustida o’rik gullari paydo bo’ldi. Naqadar o’xshash qismatlar.

O’n uchga ham to’lmay, dunyoni bedavo kasallik bilan tark etgan Feruza qabr ichida …

Daraxtda ochilganiga o’n uch kun ham bo’lmagan bahor shamoli sabab o’z bandidan uzilgan o’rik barglari esa qabr ustida …

O’rik guli o’z bandiga qanday omonat o’rnashgan bo’lsa bizning umrimiz ham shunday omonat.

Qadrdonim bugun do’stimizga u biz uchun dunyoda eng aziz inson ekanligini, suygan yorimizga merhrinmiz cheksiz ekanligini, Ota-onanmizga esa umrimizni oxirigacha chin dildan xizmat qilmoqchiligimizni aytaylik. Bularing hammasiga bugun qilaylik. Chunki ertaga bunday imkoniyat bo’ladimi yoki yo’qmi bilmaymiz…. Bilolmaymiz…
Maqola nomi : Ko’z tekkan ko’z munchog’im
Vaqti : 10.06.2014|09:55
Ko'rilgan : 1549
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 306/256
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :34 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика