UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bu kunlar nima uchun sekin o'tayapti. Xuddi atay qilganga o'xshaydi taqdir. Men bundan 1-yil oldin sevgiga ishonmas edim. Nima bo'ldiki bir yigit xayotimga qanday kirib qolganini xam bilolmay qoldim. Bu menga Ollox tomonidan berilgan inommi yoki jazomi xayronman. Biz juda baxtli edik. Xattoki to'yimizni xam oila azolarimiz belgilashmoqchi bo'ldilar. Nima bo'ldiyu xammasi teskari ketdi. Sababini bilsam Avaz akamning Onasi o'z jiyanini kelin qilmoqchi ekan. Shuning uchun hamma bo'layotkan ishlarni,bizning sevgimizni,yakunlamoqchi bo'libdi. Xattoki niyatiga xam erishdi. Avaz akam qarshilik bildirdi xattoki qochib ketamiz dedi. Men esa rozi bo'lmadim.Nimagaki Ota-ona rozi bo'lmasa baribir Baxtli bo'lish qiyin masala. To'g'risi qiz bolaga qiyin bo'lar ekan. Oilamdegilarni oldida juda xijolatl bo'ldim. Avaz akamni to'yi bo'lganiga xam ancha bo'ldi. Unga baxt tilashdan boshqa yaxshi yo'l topolmadim. Iloxim baxtli bo'lsin. Chunki Avaz akam juda ko'ngli ochiq, mexribon, shirinso'z inson edi. Unga o'xshash yigit men uchun dunyoda yo'q edi go'yo! Lekin u inson baribir xayotimning so'ngi kunlariga qadar faqat qalbimda qoladi. Men Alloxdan o'tinib so'rayman bu dunyoda bizni birga qilmadi keyingi dunyoda bizlarni baxtli qilsin!


Nafasim oxirlab qolguncha
Alloxim qarzini olguncha
Yuragim sevishdan tonguncha
Men sizni sevaman o'lguncha...!!!
Maqola nomi : Baxtli bo'lishni istayman
Vaqti : 10.06.2014|09:53
Ko'rilgan : 1885
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 432/364
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :37 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика