UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kuz ham kelmay hazon to’ldi bu bo’glarga
Sho’rlik yurak to’lib ketdi xun dog’larda
Boshim olib ketsammikan sahrolarga.
Xiyonatkor go’zallarning borligidan


Kimnidir sevasan. Ishqida yonasan. Hajrida kuyasan. Bazida o’zindan ham tonasan. Joningni fido ham qilasan. Shuncha fidoiylik evaziga esa xiyonat bilan siylanasan. Yuraginda xun olish istagi bilan ayriliq sahrosida umrbod qolib ketasan.
Bularga sabab muhabbat sharobidan qalbingda tuygan rohatbaxsh tuyg’u aql ko’zlaringni ko’r qilganimi yoki boshqa buni faqat boshing toshga tekkanida bilasan. Biroq unda kech bo’ladi…


Shayton sabab makri bo’ldi ayol tomon
Ne yigitlar holi zabun, rangi samon
Ne bokira ayollar ham bo’ldi yomon
Xiyonatkor go’zallarnig borligidan


Ul hurliqoni makrlari oldida manaman degan yigitlar ham ip esholmay qoladi. Sen esa navbatdagi o’lja bo’lganingni bilmaysan. Buni bilasan qachonki yangi o’lja uning to’riga ilinganda. Shunga qadar unga boringni shaylab, istaklarin bajo aylab yuravesan.
So’ngi damda shunday ustomonlik bilan xayrlashadiki unga hatto qo’lingni uchini tekkazguday bo’lsang, barbod umrningga butunlay nuqta qo’yishga majbur bo’lasan.
Undan bir amallab voz kecharsan, lekin davom etayotgan hayotinda senga uchragan malaklarga Xiyonatkor go’zalga qaraganday qarab o’tasan. Bu o’sha "Lanati sevging” mevasi bo’ladi.


Ogohmikin bu go’zallar qiyomatdan
Nega endi yuz burarlar diyonatdan
Bir bo’z yigit ado bo’ldi xiyonatdan
Xiyonatkor bir go’zalga yorligidan


Xiyonatdan ado bo’lgan yuraging baribir uni qumsayveradi. Oldiga ham borasan hijron tunlarida. Biroq endi uni bag’rida sen emas boshqa. Shu onda ko’zlaring to’ladi yoshga. Yana ne-ne azob tushadi boshga… Bularga chidayolmay dod solasan dunyoga…
Bu azoblardan qutulish uchun xatto o’z joningga qasd qilishni o’ylaysan.
Biroq bundan foyda bormi ? Ha bor.
Sen bu qilgan ishingdan so’ng qiyomatda to'rg'i do’zaxga tushasan. Mana foyda….
O’lim so’ngi chora emas. Bir qiz umringga nuqta qo’yishinga arzimaydi. Sen o’lib ketarsan lek u ortindan o’zini o’ldirmaydiku. Xatto eslamasa ham kerak. Chunki u uchun hechkimsan.

Bo’lib o’tgan voqealarni shunday qabul qilginki ular sen uchun eslashga arzimaydigan bir tush bo’lib qo’lsin.


Tushlarimda ko’rdim faqat Laylolarni
Chin yor uchun joni fido Zuhrolarni
O’xshashini topmadim Ranolarni
Xiyonatkor go’zallarnig borligidan


Bilaman xiyonatni va uni qalbingga joylagan go’zalni unitish qiyin…
Lekin shuni ham bilamanki… Bir kun seni Xiyonatning azobli zindonidan ozod qilgani Laylodak go’zal, Zuhrodak oqila, Ranodak vafodor bir "Farishta” keladi… Sen uni kutsang bo’lgani… U seni albatta topadi… Biroq bunga biroz vaqt kerak…
Maqola nomi : Xiyonatkor go’zallarnig borligidan . . .
Vaqti : 10.06.2014|09:49
Ko'rilgan : 1609
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 297/232
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :11 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика