UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Hayot davom etaverarkan…
Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga, soatlar kunlarga, kunlar oylarga, oylar esa yillarga aylanaverarkan… Hamma hamma narsa kelib ketaverarkan…
Lekin…
To tirik ekansan sevgi yurakda yashayverarkan… Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan…


Kunlar o’tdi, o’tdi beshavqat yillar
Qalbimda sevgingla yolg’iz qolding
Yolg’on ersa agar barcha sevgilar
Shu kecha xayolim yana sen olding


Oydin kecha. Xiyobonda bir o’zim, Sensiz yolg’iz sayr qilmoqdaman…
Yo’q yolg’iz emasman… Xotiralar ham men bilan birga… Yaxshiyam shular bor bo’lmasam… Agar sendan shu shirin xotiralar yodgor bo’lib qolmaganida qanday yashardim… Bilmadim…
Sevilmoq – ayrilmoq! Ayrilmoq – sog’inmoq! Sog’inmoq – ko’rishmoq ! Hayot deganlari shumi bilolmadim… Anglolmadim…
Men ham Sevdim, sevildim, ayrildim, sog’indim lek ko’risha olmayman… faqat oydin kechada osmondagi mayus oy qiyofasidan seni axtarib ko’kka termulaman halos…


Sevgini ovunchoq etar beboshlar
Unuttim derkanu yangisin boshlar
O’tmishim eslasam ko’zimda yoshlar
Shu kecha xayolim yana sen olding


Barchasini unutib, yangidan hayot boshlayman deymanu… Lek…
Men uchun yangi sevgilar… Muhabbat to’la qalblar… Bisyordir… Biroq ularni aldagim kelmaydi… Beboshlarcha seni unutib yangi sevgini qalbimga joylagim keladi… Ammo… Qalbimda sen bilan bo’g’liq o’tmish borki, yangi sevgini sig’dirmaydi… Yangidan sevdirmaydi… Seni bir on bo’lsada unutishga yo’l qo’ymaydi…

Men, qalbim va xotiralar har tunda hiyobonda oy nuri ostida sayr qilamiz. Seni eslaymiz…
Mayus oy shulasidan nigohingni izlaymaysiz…


Men uchun sen hamon farqlisan ishon
Har joyda xotirang qalbimda yarang
Seni unutmadim yillardir bir on
Shu kecha xayolim yana sen olding


Endi diydorin nasib etmasligini bilsak ham har tun seni eslayveramiz…. Izlayveramiz…
Hayot davom etaverarkan…
Ammo…
Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan…
Maqola nomi : Shu kecha xayolim yana sen olding
Vaqti : 10.06.2014|09:47
Ko'rilgan : 1514
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 255/276
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :26 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика