UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Ertasi kuni o'rtog'im bilan xiyobonga chiqdik. Bor gapni unga aytdim.
-Elyor, kecha uyimizga singlimni dugonalari kelganidan xabaring bor.
-Xo'sh ?
-Shu desang ...
-Nima ???
-Haligi ... Sen o'shanda haq eding.
-Nimani aytiyapsan o'rto ?
-Ovqatni olib kelgan qiz ...
-E, ha-a-a-a, bo'ldi. Xo'sh-xo'sh ???
-O'sha qiz, rostdan ham yuragimdan urdi ...
-Ha-ha-ha-ha (Kulib ketdi)
-Nega kulasan ? Elyor, shu kulguli gapmi ?
-Voy, kechirasan o'rto. O'zimni tutib turolmadim. Bilasanmi Otabek, buni birinchi o'zgarib qolgan parishonxotirligingdan sezgandim. Ko'zlaring kimnidir qattiq sevib qolganingni ta'kidlab turardi. Xo'sh, endi nima qilmoqchisan ?
-Eh, hamma gap shunda-da ... U qizni tanimayman ham ...
-Hmm ... Mayli siqilma o'rto. Bir iloji topilar. Aytgancha, Singlingni dugonasi ekan. Singlingdan so'rasangchi ?
-So'ramoqchi bo'ldim, ammo jur'atim yetmadi.
-Singling-ku axir ! So'rayvermaysanmi. Eh, senga ham qoyilman-da ...
-Singlimdan uyalmay shuni so'rash, oson deb o'ylaysanmi ??? ...
Shu so'zimni aytib, Elyorni oldidan turib ketdim.
-Iye, qayoqga ? Shoshmasangchi !
Ortimga qaramasdan uyga keldim ... Shu ishimga jahl qilibmi bilmadim, Elyor hammasini o'zi aniqlabdi. Oradan 2 kun o'tib Elyor uyim keldi. Xonamga kirib, ozroq suhbatlashdik.
-Otabek, qani telefoningni olib yozchi.
-Nimani Elyor ?
-Bitta nomer aytaman yoz.
-Iye ...
-Qani yoz-yoz ...
-Nima uchun ?
-E, yozsangchi tez-tez. Keyin aytaman.
-Xo'sh ...
-+998 .........
-Xo'p yozdim. Kimni telefon raqami bu ?
-Maftunani.
-Maftuna ?
-Hmm ...
-Kim-u Maftuna ?
-Qalbingni, keyin aql-u hushingni o'g'irlagan qiznida !
-Nima ? Qanaqasiga ???
-Shunaqasiga ! O'zing ismini, kimligini bilmoqchi eding. Mana, senga birgina ismi emas, telefon raqami ham. Endi sevgingni unga bildir.
-Qanday aniqlading buni ?
-Uzumini yegin-u, bog'ini surishtirma o'rto. Qani endi olg'a ! Bo'pti, men ketdim. Haliroq senga qo'ng'iroq qilib, nima bo'lganini so'rayman. Omadingni bersin !
Elyor uydan chiqib ketdi. Men esa bir so'z deyolmadim. Chunki kutmagandim. Bu so'zlaridan bir quvongim kelardi, bir shubhalanardim. Shubham esa, asosli ekan. Keyinroq bilsam, Singlimdan so'rab, aniqlashtirgan ekan. Yolg'ondan: "U qiz meni kelajakda kelinoyim bo'ladi, nomeri kerak edi. Faqat o'zi bilmasin Shahnoz. U qizda 2 og'iz gapim bor edi, iltimos" deb, singlimdan qo'l telefon raqamini olgan ekan. Mayli, unga nima ham derdim. Har holda buni men uchun qilgan-u ... Shuni o'ylab biroz tinchlandim. Qo'l telefonimda uning raqamlari terilgan holda, ko'z o'ngimda turardi. Qalbimda esa "Maftuna" ismi jaranglardi. Eh Maftuna ... Meni o'ziga Maftun etdi ... Ismi, o'ziga juda ham mos ekan. "Maftuna" ... "Maftuna" ... "Maftuna" ... Yuragim tez ura boshladi. Telefonimdan Trupkacha belgisini bosdim ... Biron soniya o'tib, gudok keta boshladi. Yuragim esa, yanada tez urardi. Ammo go'shakni hechkim ko'tarmadi ... Yana qaytib qo'ng'iroq qilishga, haddim sig'madi va qo'ng'iroq qilmadim. Oradan yarim soatlar o'tar-o'tmas, menga qo'ng'iroq bo'ldi ...
-Alo, Assalom, kim-bu ? ...
-A-aaa ... Men ... Haligi ...
-Shu nomerdan qo'ng'iroq bo'libdi menga. Kimsiz ?
-Men, haligi ... Ha-ya, qo'ng'iroqni men qiluvdim. Uzr ...
-Tushunmadim ? Nega uzr so'rayapsiz ?
-Qo'ng'iroq qilib, bezovta qilganim uchun ...
-Iye ... Kimsiz o'zi ? Qayerga telefon qilyapsiz ?
-Ismim, Otabek ... Haligi ... Siz Maftunamisiz ?
-Otabek ? Ha, Maftuna menman. Meni taniysizmi ?
-Yo'q ...
-Unda nega qo'ng'iroq qildiz ? Ee-ey, Kim bo'lsangiz ham, bu nomerga boshqa qo'ng'iroq qilmang !!!
Tut ... Tut ... Tut ... Tut ...
Shu tariqa telefonni o'chirdi. Shunchalik ham jahl qiladimi-a ? Og'zimga gap ham, kelmay qoldi. Biroz vaqt o'tib, menga qo'ng'iroq bo'ldi. Shoshib telefonimni oldim. Elyor ekan ... Unga nima bo'lganini gapirib berdim. U esa, meni koyiy ketdi ... Maftunaga boshqa qo'ng'iroq qilmadim. G'ururim yo'l qo'ymadi. Telefon qilib, nima ham derdim. "Tanishaylik" yoki "Men sizni sevib qoldim" derdim-mi ? Yo'q ! Men bunday qilolmayman ... Ko'p ham o'ylayvermaslik uchun, o'zimni korxona ishlari bilan chalg'itishga urundim. Baribir foyda qilmadi ... Boshim ish haqida o'ylasada, yuragim "Muhabbat" ni qo'msardi. Shu tariqa kunlar o'ta boshladi ... Qaysidir kun Elyor uyimiz kelib, menga zarur gapi borligini, uydan hechqayerga chiqib ketmasligimni tayinladi ...
Elyordan yana shubha qila boshladim. Nimanidir rejalashtirgani aniq edi ...

ORADAN 5 OY O'TDI ...
-Alo ? Maftun, qayerdasan ?
-Voo-oy, sizni 1 soatdan beri kutib o'tiribman-u ! O'ziz qayerdasiz ? Nega kelmayapsiz ?
-Maftun, uyga qaytgin. Men borolmayman.
-Nima ? Bu nima deganiz ?
-Shunaqa bo'lib qoldi ...
-Nima gap o'zi ? Tinchlikmi ?
-Tinchlikga-tinchlikku-ya, lekin endi uchrasholmaymiz. Meni kechir ...
-Axir ... Axir ...
-Maftun, Ortinga bir qarachi !
Ortida men telefonim bilan turgandim. Uni bir hazil qilib, qo'rqitmoqchi bo'ldim. Ortiga qayrilib, meni ko'rishi bilan, suyunib ketdi.
Maqola nomi : BU YERLARDAN QOCHIB KETAMIZ, ALBATTA KETAMIZ ! (2-qism)
Vaqti : 10.06.2014|09:31
Ko'rilgan : 2897
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 266/243
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :35 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика